Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə40/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, har bir ijro organi o‘zi mas’ul boTgan sohani o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha aniq reja va dasturlarga ega bo‘lishi zarur.
Afsuski, hozirgi kunda hamma rahbarlar ham bu talabni to liq tushunayotgani va ahamiyatini chuqur anglab yetayotgani yo q, desak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Aksariyat mutasaddilar muammolar- ning o‘z vaqtida oldini olish o'rniga, bor kuch varesurslarni ularning oqibatlarini bartaraf etishga samarasiz sarflamoqda.
Endi ish faoliyatini faqat ishxonasida o'tkazgan va qog'ozboz- likka berilib, amaliy natijani keying, o'ringa tush.nb qo ygan rahbarlar bilan xayrlashamiz. Qonunchilik palatasi deputatlaridan ham Vazirlar Mahkamasi yangi tarkibini ko‘rib chiqishda ushbu masalalarga alohida e’tibor berishlarini so‘ragan bo‘lar edim.
Tarmoq va hududlar rahbarlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun zamonaviy menejment tizimiga o‘tishimiz lozim. Vazirlik va idoralar rahbarlari ish uslubini o‘zgartirib, mas’uliyat va javobgar- likni o‘z zimmasiga olishni o‘rganishi kerak.
Aholi va tadbirkorlar muammolarini hal etish bo‘yicha yan­gi tashabbuslami ilgari surib, ulami hayotga joriy etish rahbarlar faoliyatini baholashning asosiy mezoniga aylanishi lozim.
O‘z vaqtida hal qilinmagan muammolar joylardagi aholi kayfiyati va turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bir soniya bo‘lsa ham unutmasligimiz zarur.
Bosh vazir va Hukumat a’zolaridan boshlab ijro hokimiya- ti organlarining barcha darajadagi rahbar va xodimlari faoliyatiga natijadorlik mezonlari (KRI) asosida baholash tizimini joriy etish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu tizimni xalqaro reyting va indeks ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish talab etiladi. Binobarin, ulardagi baholash mezonlarining barchasi xalqimizning mushkulini oson etishga xizmat qiladi. Axir, biz uchun eng muhim, aytish mumkinki, birlamchi vazifa aynan shu emasmi?
Misol uchun, Jahon bankining o‘tgan yilgi «Davlat boshqaruvi indikatori»da mamlakatimiz 5 ta ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z о‘mini yaxshiladi. Bunga erishish uchun xalq dardini eshitadigan, uning og‘irini yengil qiladigan samarali tizim yaratdik, matbuot erkinli- gi hamda davlat idoralarining aholi oldidagi hisobdorligini ta’min- lashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlami boshladik.
Bundan foyda bo‘ldimi? Albatta, foyda bo‘ldi.
Yoki yana bir misol, 2 ta soliq turini birlashtirganimiz «Biznes yuritish» reytingining soliqqa tortish yo‘nalishidagi ko‘rsatkichimiz yaxshilanishiga sabab bo‘ldi. Bundan kim ko‘p manfaat ko‘rdi? Albatta, tadbirkor va ishbilarmonlarimiz. Chunki soliq to‘lash shakli va jarayonlari keskin soddalashdi.
uning e , ma a ly jjro hokimiyati organlari faoliyatini komp- |eks а 0|а$п ^y^m yaratish maqsadida Hududlaming rivojlanish inde si is a c iqi ishi lozim. Hukumat mazkur indeks asosida hudud arga oid siyosatni belgilashi, mahalliy budjetlarga moliyaviy ko‘mak bensh hamda rahbarlami rag‘batlantirish masalalarini puxta ко‘rib chiqishi kerak.
Xususan, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qaysi hududda infratuzilma yetishmayapti, qaysi hududga ko‘proq bank resurslari va subsidiyalar kerak, degan savollarga javobni ana shu indeks ko‘rsatib berishi zarur.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə