Shavkat mirziyoyev


KONSTITUTSIYA VA QONUN USTUVORLIGI - HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATINING ENG MUHIM MEZONI



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə43/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

KONSTITUTSIYA VA QONUN USTUVORLIGI -
HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK
JAMIYATINING ENG MUHIM MEZONI

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Xonimlar va janoblar!
Avvalo, barchangizni, butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yillik bayrami bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Hurmatli do‘stlar!
Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi - Asosiy qonunida mustahkam- lab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.
Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan ma’naviy- axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini ko‘ramiz.
Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va er- kin yashash, mulkka ega bo‘lish, ta’lim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, so‘z hamda e’tiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi.
Mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamiz shaxs, jamiyat va davlat o$rtasidagi munosabatlarda о zaro huquq va majburiyatlar hamda ulaming kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi.
Bosh qomusimiz, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kehb chi- qishidan qat’i nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlamshini e’tirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uchun zamin yaratdi.
Aynan shu sababli Konstitutsiyamizni ehtirom bilan ulugUashimiz, har tomonlama o‘rganishimiz, unga izchil amal qilishimiz, Asosiy qonunimizda mujassam bo‘lgan ajdodlarimiz- ning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlami yoshlarimiz qalbiga singdirishimiz zarur.
Hurmatli yurtdoshlar!
Sohibqiron Amir Temur bobomiz «Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi», deb ta’kidlagan edilar. Shu nuqtayi nazardan, Konsti- tutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash biz bunyod etayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanadi.
Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq.
Qonun ustuvorligi - bu davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari chiqarayotgan hujjatlar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bo‘lishi shart, deganidir.
Shu boisdan ham barcha bo‘g‘indagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro bo‘lsin, Konstitutsiya va qonunlami puxta bilishi, ulaming ijrosini to‘g‘ri tashkil etishi hamda birinchi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat a’zolari qat’iy amal qilishi shart bo‘lgan muhit yaratishimiz zarur.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə