Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə45/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erishishda jamoatchilik nazoratidan ko‘ra samarali vosita yo q.
Buyuk yunon olimi Aflotun shunday degan edi. «Xalq qonunlarga ehtiyoj sezib, ularni puxta o'rgansa, bu faqat uning o‘ziga
foyda keltiradi. Aks holda qonundan ko‘zlangan maqsadga erishib boMmaydi».
Haqiqatan ham, xalqimiz qonun buzilishiga qarshi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor shaxslar qanchalik urinmasin, qo­nun ustuvorligini ta’minlash qiyin bo‘ladi.
Bugun jamoatchiligimiz tom ma’noda uyg‘ondi, endi turli lavozimdagi shaxslaming xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, o‘z fikrini erkin ifoda etishga o‘rganmoqda.
Yakunlanayotgan yilda Davlat budjeti ilk bor keng muhokama eti- lib, ochiqlik va oshkoralik ruhida qabul qilindi. Unda turli vazirlik va idoralar har bir so‘mni nimaga va qanday xarajat qilishi aniq ko‘rsatib berildi.
Fuqarolarimiz va deputatlarimiz bildirgan fikrlar asosida maktablarga mebel va kompyuterlar xarid qilish uchun budjet xarajatlarini qisqartirish hisobidan 50 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Bunday ijobiy holat bizning tajribamizda birinchi marta yuz berayotganini alohida qayd etish lozim.
Yoki ko‘pchiligingiz xabardorsiz, keyingi paytda joylarda daraxtlami ommaviy ravishda kesish kuchayib ketgan edi. Bu odamlaming noroziligiga sabab bo‘ldi. Shuning uchun yaqinda daraxtlami sababsiz kesishga qarshi moratoriy e’lon qilindi. Bu ham jamoatchilik fikri qanday kuchli ta’sirga ega ekaniga misol bo‘la oladi.
Bulaming bari odamlarimizning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan mas’uliyat va daxldorlik hissi oshib borayotganini ko‘rsatadi.
Ayni vaqtda jamoatchilik nazorati «bir tomonlama vosita»ga aylanib qolmasligi kerak.
Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki o‘zlariga nisbatan tanqidiy fikrlami ham adolat bilan, xolis ko‘rib chiqishlari lo­zim. Shahar va qishloqlarimiz qiyofasini o‘zgartirish, qurilish va obodonchilikka oid qarorlar, dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart.
Yana bir masalaga diqqatingizni jalb qilmoqchiman.
Konstitutsiyaga asosan sudlar o‘z faoliyatida mustaqil, lekin □laming chinakam nazoratchisi xalq bo‘lishi kerak.
Sudlar va tergov idoralari biron-bir ish yuzasidan chiqarilgan qaror bo yicha fuqarolaming jamoaviy murojaatlariga tushuntirish va huquqiy izohlar berishi zarur.
Shuni aniq tushunib olish lozimki, jamoatchilik nazorati - bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.
Shuning uchun Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq bo‘yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan tizimini yaratishga bosh-qosh boMishi va tashabbus ko‘rsatishi lozim.
Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qi- luvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xojalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida bo‘lishi darker.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə