Shavkat mirziyoyev


Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog‘i lozim



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə48/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan chuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini to‘liq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmog‘i lozim.
Har bir soha va yo‘nalish, ta’limning barcha bosqichlari uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanishi kerak. Bunda, awalambor, Konstitutsiyani o‘rganishga jiddiy yondashish lozim. Umumta’lim maktablari uchun «Konstitut- siya alifbosi», «Konstitutsiya saboqlari», «Konstitutsiya asoslari» kabi darsliklami yaratish zarur, deb hisoblayman.
Adliya, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bu ishlarga mas’ul bo‘ladi.
Ushbu fanlardan dars beradigan o‘qituvchilarni tayyor- lashda ularning siyosiy, huquqiy va ma’naviy saviyasiga alohida ahamiyat berish lozim. Shuningdek, hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haq-huquqlar tiklangani haqida qiziqarli ko‘rsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratish ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Umuman olganda, qonun va adolat tantanasi uchun kurasha- digan insonlar bugungi kunning qahramonlari bo lishi keiak. Aynan shunday odamlaming hayoti shoir va adiblar, rejissorlar, jumalistlar uchun ijodiy mavzu bo‘ladi, deb о у layman.
Qadrli vatandoshlar!
Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta’minlash, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir. Bunday prinsip Asosiy qonunimizda qat’iy belgilangan.
Konstitutsiyada xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayi sifatida muhrlab qo‘yilgan va bunda chuqur ma’no bor. Bu qoidalar mamlakatimizda demokratiya umuminsoniy tamoyillarga asoslani- shi, davlat o‘z faoliyatini faqat inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshirishini anglatadi. Buni birgina shu yilning o‘tgan davrida Xalq qabulxonalariga kelib tushgan 880 mingdan ortiq murojaatning 510 mingdan ziyodi ijobiy hal etilgani ham tasdiqlaydi.
Shu munosabat bilan hamma rahbarlarga yana bir bor eslatib o‘tmoqchiman. Bizga umid va ishonch bildirgan, bizni rahbar etib saylagan, el-yurtimizni, har bir fuqaroni rozi qilish asosiy burchimiz ekanini hech qachon unutmaylik. Xalq bizdan rozi bo‘lsa - Yaratgan ham bizdan rozi bo‘ladi.
Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida mujassam etilgani bejiz emas. Ana shu prinsipni amalga oshirish uchun bizda qat’iy siyosiy iroda va yetarli imkoniyatlar mavjud. Buning uchun biz, awalo, quyidagi muhim vazifalami hal etishimiz zarur.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə