Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə49/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Birinchidan, inson huquqlarini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish uchun milliy strategiyamiz bo‘lishi lozim.
Keyingi yillarda mamlakatimizda bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani sizlarga yaxshi ma’lum.
Bu yilning o‘zida «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi, «Jabrlanuvchi, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining «Majburiy mehnat to‘g6risida»gi, «Sanoat va savdoda mehnat inspek- siyasi to‘g‘risida»gi konvensiyalari ratifikatsiya qilindi. Bu bizning majburiy mehnatga qarshi kurashish borasidagi qat’iy va o‘zgarmas pozitsiyamizni ifoda etadi.
So nggi yillarda jinoyat sodir etgan shaxslami afv etish bo‘yicha 8 ta farmon qabul qilinib, 4 mingdan ziyod shaxs jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi. Ana shu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida kuni kecha navbatdagi farmonga imzo chekdim. Unga binoan jinoiy qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo liga qat iy о tgan 92 nafar mahkum afv etilib, ular erkin hayotga qaytariladi.
Bu yil Jasliq qo‘rg‘onidagi jazoni ijro etish koloniyasini yopganimiz ham ana shunday insonparvar siyosatning amaliy namunasi bo‘ldi.
Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiya va ijtimoiy sug‘urta to‘lash tartibi birinchi marta amaliyotga kiritildi. Natijada manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan pensiya yoshidagi 709 nafar mahkumga pensiya pullari to‘lab berilmoqda.
Biz avval yo‘l qo‘ygan xatomizni tuzatib, ushbu toifadagi fuqarolaming Konstitutsiyamizda belgilangan pensiya olish huquqi- ni ta’minlash yo‘lida dastlabki qadamni qo‘ydik.
Joriy yilda «Mehr-1» va «Mehr-2» insonparvarlik tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Ana shu tadbirlar doirasida Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar maydonidan, Afg‘onistondan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelindi. Ularga zarur tibbiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.
Inson huquqlarini ta’minlash haqida gapirganda, o‘tgan uch yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, ushbu yilda 5 ming 868 nafar yurt- doshimiz 0‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilinganini ta’kidlashni istar edim. Lekin bu sohada hali qiladigan ishlarimiz ko‘p.
Avvalo, yuqorida zikr etilgan Milliy strategiyani ishlab chiqib, shu asosda mazkur yo‘nalishdagi siyosatimizni izchil amalga oshi- rishimiz kerak. Ushbu strategiyada inson huquq va erkinliklariga oid konstitutsiyaviy tamoyillami ro‘yobga chiqarish mexanizmlari aniq- ravshan belgilanishi lozim.
Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniya- tini shakllantirish, shu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishimiz zarur.
Milliy strategiya doirasida inson huquqlarini o‘qitishning uzluk- siz tizimini yaratish, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv yurtlari, kadrlami qayta tayyorlash markazlarida «Inson huquqlari», «Bola huquqlari», «Ayollar huquqlari» nomli maxsus o‘quv kurslarini joriy etishning vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə