Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə52/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

To‘rtinchidan, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qilish bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.
Shu maqsadda fuqarolarimizning muqaddas ziyoratlami ado etish bilan bog‘liq imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jumladan, umra ziyoratiga boruvchilar soni 10 mingdan 30 mingtaga, haj ziyoratiga boruvchilar esa 5 mingdan 7 ming 200 nafargacha oshiril- di, safar bilan bog‘liq xarajatlar esa kamaytirildi.
Umuman, so‘nggi yillarda mamlakatimizda vijdon erkinligi- ni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan katta ishlar sizlarga yaxshi ma’lum, deb o‘ylayman.
Bugungi kunda mahalliy va xorijiy nufuzli ekspertlar ishtirokida biz «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qo- nunning yangi tahriri ustida ish olib bormoqdamiz. Ushbu qonun fuqarolarimizning vijdon va e’tiqod erkinligi borasidagi konstitutsi- yaviy huquqlarini to‘la ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhtaram majlis ishtirokchilari!
Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan fuqarolarimiz va ulaming oila a’zolarini himoya qilish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tas qi me nat migratsiyasi masalalari bo‘yicha respublika ko- missiyasi tuzi i. Hukumat tarkibida Xorijda vaqtinchalik mehnat qilayotgan z e iston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qo llab-quwatlash masalalari departamenti tashkil etildi.
Biroq chet elga ishlash uchun fuqarolami jo‘natish bilan shug ullanayotgan ba zi bir xususiy firmalar odamlami aldayotgani haqidagi materiallar matbuot sahifalarida eTon qilinmoqda. Departament ushbu firmalar faoliyatini qat’iy nazoratga olishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi, mamlakat ichkarisida yoki tashqarisida boTishidan qat’i nazar, o‘z fuqarolarini huquqiy himoya qilish, ularga homiylik ko‘rsatishni bundan buyon ham kafolatlaydi va barcha choralarni ko‘radi.
Buning uchun, jumladan, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan konsullik xizmatlarini elektron shaklga o‘tkazish lozim. Toki chet eldagi fuqarolarimiz boshqa shahardan konsullik bo‘limlariga bevosita o‘zi kelib, ovora bo‘lib yurmasin.
Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari kelgusi yilda ushbu tizimni to‘liq ishga tushirishga mas’ul etib belgilanadi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə