Shavkat mirziyoyev


Biz bugun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo y.b, marrani baland oldik



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə55/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Biz bugun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo y.b, marrani baland oldik.
O‘zbekistonda demokratik islohotlar muqarrar tus oldi va hech kim, hech qanday kuch bizni o‘z tanlagan yo‘limizdan qaytara olmaydi.
Bu — bugungi hayot, bugungi zamon talabi.
Bu - ko‘pmillatli, bag‘rikeng, mehnatkash va olijanob xalqimizning xohish-istagi. Va biz xalqimizning tub manfaatlari, uning ezgu orzu-intilishlarini ifoda etadigan ana shunday siyosat- ni jadal davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki uni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘taramiz.
El-yurtimiz, jahon hamjamiyati bizga katta ishonch bilan qaramoqda. Ana shu yuksak ishonchga har tomonlama mu- nosib bo‘lib, qat’iyat bilan olg‘a intilib, ko‘zlagan ulug‘ maqsadlarimizga birgalikda albatta yetamiz.
Fursatdan foydalanib, bugungi marosimda ishtirok etayotgan, ezgu tashabbus va islohotlarimizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muhtaram elchilarga, xalqaro tashkilotlar vakillariga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan cheksiz minnatdorchilik bildirishga ruxsat bergaysiz.
Sizlami, butun xalqimizni qutlug‘ ayyom - Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayz-u baraka tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
О ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27уilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma 'ruza
2019-yil 7-dekabr
HARBIY-VATANPARVARLIK TARBIYASINI
KUCHAYTIRISH - DOLZARB VAZIFAMIZDIR

Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!
Keyingi uch yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurol- li Kuchlarini isloh qilish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qo‘shinlami boshqarish tizimiga zamonaviy usullami joriy etish, askar va ofitserlaming jangovar tayyorgarligini oshirish, ulaming xizmat sharoitini, oilalarining uy-joy va ijtimoiy ta’minotini yaxshilash borasida ulkan ishlar olib borilmoqda.
Birgina 2019-yiIning o‘zida mudofaa sohasida 7 ta qonun, 50 ta farmon va qarorlar, 20 dan ortiq dasturlar va «yo‘l xaritalari» qabul qilingani ana shu masalalami kompleks hal etishga davlat miqyosida qanchalik muhim ahamiyat berilayotganini ko‘rsatadi.
Ayni vaqtda Qurolli Kuchlarimiz saflarida va butun jamiyatimizda harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini, milliy ruhni kuchaytirish, dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ish bo‘lgan Vatan himoyachisi sifatida o‘zining muqaddas yigitlik burchini ado etayotgan askar va ofitserlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlami samarali olib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tarixdan yaxshi ma’lumki, yer yuzida qaysi mamlakat o‘z davlat mustaqilligi, chegaralari daxlsizligi, xalqining tinch va osoyishta hayotini himoya qilib, taraqqiyot borasidagi yuksak maqsad-muddaolariga erishmoqchi bo‘lsa, awalo, milliy armiyasini mustahkamlashga, uning hal qiluvchi kuchi bo‘lgan jangovar tarkib, ya’ni, askar va ofitserlar tarbiyasiga birinchi darajali ahamiyat beradi.
Albatta, bunday tarbiya jarayonining yo‘nalishlari, soha va tarmoqlari ko‘p. Lekin, mening nazarimda, uning eng muhim yo‘nalishi - bu ma’naviy-ma’rifiy tarbiyadir.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə