Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə58/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

9 - SH. Mirziyoycv. 4-jild
Oxirgi 3 yilda o‘qituvchilaming ish haqi o‘rtacha 2,5 barobar oshirildi. Olis tumanlardagi maktablarda ishlayotgan pedagog kadrlar mehnatini rag‘ batlantirish bo ‘ у icha aniq mezonlar belgilandi. Natij ada ularga 50 foizgacha qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanmoqda. Bu - mazkur hududlarda yetishmayotgan mingdan ziyod o‘qituvchini jalb etish imkonini berdi.
Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan o‘qituvchilarga pensiyani to‘liq miqdorda to‘lash tartibi belgilandi. Natijada pensiya yoshidagi minglab tajribali, jonkuyar o‘qituvchilar tizimga qaytdi.
Olib borilayotgan islohotlar va ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, sohada tizimli muammolar hamon saqlanib qolmoqda.
Birinchidan, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, aksariyat pedagog xodimlaming bilim va malakasi bugungi zamon talablaridan ortda qolmoqda.
Tan olishimiz kerak - yilda bir marta O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayramini o'tkazib, bir guruh muallimlarga mukofot berib, ulami faqat ruhlantirish mumkin. Lekin, bu bilan ulami to‘liq rag‘batlantirayapmiz, deb o‘ylamaslik kerak. Bu borada ularga yanada qulay shart-sharoit yaratish uchun ta’lim muassasalari bi- nosi, jihozlanishi zamon talablariga har tomonlama mos bo‘lishi lozim.
O‘quv jarayoni zarur darslik va qo‘llanmalar, informatsion texnologiyalar bilan to‘ liq ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Tabiiy savol tug‘iladi - viloyat, shahar va tuman hokimlari bir oyda necha marotaba maktabga borib bolalar bilan uchrashuv o‘tkazayapti? Yoki bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlar to‘g‘risida yosh avlodga dars berayapti?
Afsuski, shu zalda o‘tirgan viloyat hokimlari ham, joylardagi tuman va shahar hokimlari ham bu haqida hatto о ‘ylab ham ко ‘ rmagan. Ular maktab masalasida nari borsa, yangi o‘quv yili boshlanishidan awal bir-ikki majlis o‘tkazish bilan cheklanadilar.
Nima uchun har kuni fermer bilan, klaster bilan yoki mana endi tadbirkorlar bilan ham uchrashadi-yu, maktabga borib, o‘zining bolasi yoki nevarasining ustozidan yoki o‘zi ta’lim-tarbiya olgan maskan- dan umuman xabar olmaydi? Chunki maktabni yuzinchi darajali masala deb, nazar-pisand qilmaydi. O‘zicha o‘ta bandligini bahona qilib, maktabga borishga vaqt topa olmaydi. Bu o‘ta ma’naviyatsizlik emasmi?!
Bu kelajakka nisbatan mas’uliyatsizlikdan boshqa narsa emas. Men o‘ylaymanki, bu - eng katta fojiamizdir.
Maktablarda «vazir soati», «tadbirkor va bankirlar sabog‘i» kabi dars amaliyotlarini joriy qilish lozim. Ularda ijro organlari rahbarlari, salohiyatli tadbirkorlar, malakali bank xodimlari dars o‘tishi kerak.
Shuningdek, diniy ulamolarimiz ham maktablarda ma’ri fat, bag‘rikenglik, odob va axloq ilmlarini, Imom Buxoriy, Termiziy, Moturidiy, Naqshband kabi ulug‘ ajdodlarimiz ma’naviy merosini o‘rgatishi maqsadga muvofiq.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə