Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə59/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, jamiyatning tarbiyaga bo‘lgan munosabatini butunlay o‘zgartirmasdan turib, sohani tubdan takomillashtirish mumkin emas.
Biz Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir» degan so‘zlarini ko‘p bora esga olamiz. Biroq unga e’tibor qilish u yoqda tursin, ko‘p hollarda bu da’vatning mohiyati va ahamiyatini tushuntirib ham berolmaymiz.
Boshqacha aytganda, ushbu tizimning sifati bugungi va ertangi hayotimiz darajasini belgilashi kerak. Bu borada milliy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishda bir omil borki, uni ro‘yobga chiqarish uchun faqat istak, mablag‘, vaqtning o‘zi kifoya emas.
U ham bo‘lsa, tarbiyachi, o‘qituvchi, ustoz omilidir. Agar uni to4iq yuzaga chiqarolmasak, barcha harakat va xarajatlarimizdan hech qanday samara bo‘lmaydi.
Butun dunyo tan olgan ulug‘ mutafakkir bobolarimiz - bu Imom Buxoriy yoki Imom Termiziy bo‘ladimi, Beruniy yoki Mir- zo Ulug bek, Alisher Navoiy yoki Bobur Mirzo bo‘ladimi - barcha- barchasi o‘z vaqtida mohir, mehribon va talabchan ustozlar qo‘lida ta’lim olganlar.
Xalqimizga xos ibratli bir xususiyat bor. Qaysi sohada bo‘lmasin, kimdandir saboq olgan, ish o‘rgangan inson o‘z mustaqil faoliyatini boshlashdan oldin albatta ustozidan duoyi fotiha oladi.
Kimki ustoz duosini olsa, uning ishi albatta yurishadi, u kamolga erishadi. Shuning uchun ham siz, aziz o‘qituvchilar, dunyodagi eng ezgu va olijanob kasb egalarisiz, desak, ayni haqiqat boMadi.
Nafaqat kelajak avlodning taqdiri, balki butun millatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri muhtaram muallimlarimizga bog‘liq.
Ta’lim-tarbiya kabi muhim va strategik masalaga eskicha qarash, eskicha bilim va tizim bilan yondashish mutlaqo munikin emas. Bu borada eng zamonaviy va ilg‘or tizimni yaratmasak, oldimizda ko‘ndalang turgan bironta muammoni yecholmaymiz.
Uchinchidan, biz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish uchun «Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari» degan tamoyilga asoslangan holda, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqishimiz kerak.
Milliy g‘oyani farzandlarimiz ongiga aynan bolalik davridan, bog‘chadan va maktabdan boshlashimiz zarur. Buning uchun tarixni, ajdodlarimiz merosini, dunyo tajribasini, turli xalqlaming yutuq va kamchiliklarini atroflicha o‘rganish kerak.
Shu ma’noda, «Besh tashabbus», «Obod qishloq», «Obod mahalla» singari yangi ijtimoiy harakatlar zamirida ham ta’lim- tarbiya, yuksak ma’naviyat kabi ezgu g‘oyalarimiz mujassam.
Hokimlar shuni yaxshi tushunib olishlari kerak: «Besh tashabbus» joriy etilmagan maktabning kelajagi boMmaydi, bu maktabga yangilik, innovatsion g‘oyalar, axborot texnologiyalari kirmaydi.
Mana, kitobxonlik masalasiga aholimiz, birinchi navbatda, yoshlarimizning munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartira olayapmiz. Demak, astoydil bel bog lasak, qo‘limizdan kelar ekan-ku!

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə