Shavkat mirziyoyev


Agar jismoniy va jangovar tayyorgarlik orqali harbiy xizmatchilar jismonan toblanib, kuch-quwatga to'lsa



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə56/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Agar jismoniy va jangovar tayyorgarlik orqali harbiy xizmatchilar jismonan toblanib, kuch-quwatga to'lsa, o 113
8 - SH. Mirziyoyev, 4-jild
ma’naviy-ma’rifiy tarbiya orqali ularning qalbi, ruhi, irodasi mustahkamlanadi.
Biz qahramon ota-bobolarimiz, jasur harbiylarimiz haqida so‘z yuritganda, «mard», «botir», «fidoyi», «matonatli», «qo‘rqmas»> «sheryurak», «bahodir», «pahlavon» degan so‘zlami alohida tilga olamiz. Har bir insonda ana shunday olijanob fazilatlami shakllantirib, yosh yigitlarimizni Vatan uchun qalqon, haqiqiy mardi maydon bo‘lishga, kerak bo‘lganda hatto o‘z jonini qurbon qilishga undaydigan kuch - bu avvalo ma’naviy-ma’rifiy tarbiya emasmi?
Bunday tarbiyaning asosida o‘zak masala bo‘lib turadigan tushuncha - bu milliy ruhdir. Milliy ruh insonda ona allasi, uning oq suti bilan birga shakllanadi, desak, to‘g‘ri bo‘Iadi. Shuning uchun Qurolli Kuchlarimizda, umuman, butun ijtimoiy hayotimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlami olib borishda avvalo «ota-опа», «oila», «qadrdon qishloq», «qadrdon mahalla», «ona shahar», «ona Vatan» degan tushunchalaming mag‘zini ochib berishga alohida e’tibor be- rish kerak.
Albatta, bu juda murakkab ish bo‘lib, quruq so‘zlar bilan bunday muqaddas tushunchalaming mohiyatini yoshlarimiz qalbiga yetkazib bo‘lmaydi. Buning uchun, birinchi navbatda, ulami ana shunday ezgu qadriyatlar dunyosiga olib kirish kerak.
Keying! paytda ma’naviy-ma’rifiy ishlarda aynan ana shu kerakli bo‘g‘in va nuqtani topib, ulami jonlantirishga, shu orqali harbiy xizmatchilarda milliy ruhni kuchaytirishga ahamiyat bera boshladik. Xususan, harbiylar va jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat targ‘ibot guruhlari tomonidan mahallalar va ta’lim muassasalarida 9 mingdan ziyod profilaktik, harbiy-vatanparvarlik va sport tadbirlari o‘tkazildi.
Harbiy xizmatchilar ongiga Vatanga va harbiy burchga sadoqat tuyg‘usini yanada chuqur singdirish maqsadida «Harbiy qasamyod» matni qayta ko‘rib chiqildi. Mazmun va mohiyat jihatidan yan- gi bo‘lgan, milliy o‘zligimiz, shonli tariximiz va ajdodlarimizning
yuksak vatanparvarlik ruhini aks ettirgan «Vatanga qasamyod» matnini qabul qildik.
Barchangiz yaxshi xabardorsiz, bugungi kunda dunyoda, yon- atrofimizda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib bormoqda. Turli hududlarda qonli mojarolar, qurol- ]i to qnashuvlar yuz bermoqda, yangi ziddiyat o‘choqlari yuzaga kelmoqda.
Hozirgi vaqtda dunyoda «tinchlik» degan so‘z, «osoyishtalik» degan tushuncha g oyat omonat bo‘lib qolganiga, bu borada kechagi vaziyat, kechagi tahlil va prognozlar bugungi kunga to‘g‘ri kelmayotganiga hammamiz guvoh bo‘lib turibmiz.
Albatta, bizning Qurolli Kuchlarimiz faqat tinchlik maqsadla- riga, Vatanimiz mudofaasiga xizmat qiladi. Lekin, bugungi keskin va tahlikali vaziyatda biz turli tahdidlarga munosib javob berishga doimo tayyor bo‘lishimiz, O‘zbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun Qurolli Kuchlarimizning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini muntazam oshirib borishimiz zarur.
Hammangiz bilasiz, men o‘tgan vaqt davomida ko‘plab poligonlami, harbiy qismlami borib ko‘rdim, harbiylar bilan suhbatlashdim, Qurolli Kuchlarimizning holatini atroflicha tahlil qil- dim. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, armiyamizda vatanparvarlik tarbiyasi, milliy ruhni yuksaltirish hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Harbiy xizmatchilaming qalbi va ongida milliy g‘urur, ona yurtga sadoqat, vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish, barcha yoshlarimizni shu asosda tarbiyalash borasida jiddiy tizimli kamchiliklar mavjud.
Mudofaa sohasidagi eng muhim omil - bu harbiy xizmatchilaming o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi, mening ortimda buyuk Vatanim, buyuk xalqim turibdi, ularning himoyasi menga ishonib topshirilgan, shu yo‘lda jonimni berishga ham tayyorman, degan muqaddas e’tiqoddir.
O^zingiz o^ylang, Ikkinchi jahon urushida jasur ota-bobolarimiz fashizm ustidan g‘alaba qozonish uchun jon olib, jon berganlarida avvalo nimadan, qanday qadriyatlardan kuch olgan edilar? Birinchi 115
navbatda ular, mo‘tabar otam-onam, Vatanim, suyukli yorim, mush- nq va mehribon opa-singillarim menga umid va ishonch bilan qarab turibdi, men hech qachon ulami yov qo‘liga berib qo‘ymayman, yovuz dushmanni yo‘q qilmaguncha ortimga qaytmayman, degan qalb da’vati bilan jangga kirganlar.
Biz o‘tgan yillar mobaynida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyadek o‘ta muhim, nozik va hal qiluvchi masalaga yetarlicha ahamiyat qaratmadik. Ota-bobolarimizning ana sbunday ulug‘ jasorat maktabini o‘rgandik, lekin biryoqlama o‘rgandik. Uning tarkibidan «vatanparvarlik», «milliy ruh» degan eng muhim omillarni olib tashlab o‘rgandik.
Ruhsiz tana o‘lik kabi bo‘lganidek, milliy ruhsiz ham tarix shunchaki ma’lumot va axborotlar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi. Inson qalbida milliy g‘urur tuyg‘usi, o‘z xalqi va Vataniga mehr hissi uyg‘onmasa, har qanday noyob ma’lumot ham uning qalbiga chuqur kirib bormaydi. Biz bunga aslo yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida o‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklami bartaraf etish maqsadida askar va ofitserlarimizning harbiy ta’lim va tarbiya sifatini yaxshilash, soha xizmatchilarining ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan bir qancha tadbirlar belgilagan edik. Jumladan, harbiy xizmatchilar qasamyod qabul qilishidan awal ulaming 0‘zbekiston tarixi va «Temur tuzuklari» fanidan bilimlarini sinovdan o‘tkazamiz, deb kelishib olgan edik. Lekin bu ishlaming samarasi hali-beri aniq ko‘zga tashlanayotgani yo‘q. Chunki bu borada olib borayotgan ishlarimizda aniq tizim yo‘q, ta’sirchanlik yo‘q, hayot bilan, uning o‘tkir talablari bilan uzviy hamohanglik yo‘q. Amalga oshirayotgan barcha ish va tadbirlarimiz ilm-fan yutuqlariga, ma’rifatga asoslanmagan.
Haqiqiy jasorat qachon paydo bo‘ladi? Qachonki, insonning qalbi, yuragi yonsa, ruhi uyg‘onsa. Men istardimki, har bir o‘zbek askari va ofitseri qalbida Alpomish, Shiroq, Farhod, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Bobur Mirzo singari mil­liy qahramonlarimiz ruhi tug‘yon urishi kerak. Lekin biz bunga qanday erishamiz? Farzandlarimiz «Alpomish» dostonini o‘qimagan yoki baxshilarimiz og‘zidan eshitmagan bo‘lsa, bunga erishish mum- kinmi о zi? Boshqa qahramonlarimiz haqida ham ta’sirchan kitoblar, kinofilmlar, sahna asarlari orqali xabardor bo‘lmasa, bunga erishish mumkinmi? Yo‘q, albatta!
Xabaringiz bor, yaqinda buyuk adibimiz Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligini keng nishonladik. Kuni kecha «oynayi jahonwda ко rgan bo‘lsalaringiz kerak, amerikalik Mark Edvard Riz degan tadqiqotchi «O‘tkan kunlar» romanini 15 yil davomida o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilib, AQSHda nashr ettirdi. U menga o‘z xati bilan birga ana shu kitobning bir nusxasini sovg‘a qilib yuboribdi. O‘zbek xalqini, uning qadriyatlarini yaxshi ko‘rib qolgan bu olijanob inson o‘z maktubida «O‘tkan kunlar» romaniga Markaziy Osiyo va dunyoda o‘xshashi yo‘q asar, deb yuksak baho beradi. Ayniqsa, romanning milliy ruhiga qoyil qolganini alohida e’tirof etadi. Eng muhimi, bu roman uning taqdirida katta burilish yasaganini minnatdorlik bilan qayd etadi.
Bunday e’tirof barchamizga, o‘zini o‘zbek, o‘zbekistonlik deb biladigan har bir insonga g‘urur va iftixor bag‘ishlashi kerak emasmi?
Afsuski, oramizda dunyo miqyosida shunday katta qiziqish uyg‘otayotgan bu buyuk asami o‘qimagan odamlar, jumladan, harbiylarimiz ham yo‘q emas. Kinosini ko‘rib, romanning ma’no- mazmuni, undagi qahramonlaming murakkab taqdiri, o‘y- kechinmalarini, eng asosiysi, bu asardagi milliy ruh, dard va iztirob- ni bilaman, degan odam adashadi. Kino - boshqa, kitob - butunlay boshqa olam.
O‘zbek xalqining turmush tarzi, ma’naviy olamining o‘ziga xos qomusi bo‘lgan bunday milliy asarlami askar va ofitserlarimiz albatta chuqur bilishlari zarur. Takror aytaman, masalan, Alisher Navoiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho Ipon, Abdulla Qodiriy, Oybek, Hamid Olimjon, Zulfiya, Usmon Nosir, Ibrohim Yusupov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf kabi ulug‘ shoirlarimiz ijodidan bexabar, loaqal ulaming ikki- uchta she rini yod bilmagan harbiy xizmatchi chinakam Vatan hi- moyachisi boTishi mumkinmi? Axir, milliy adabiyotimiz, mumtoz san atimiz biz uchun suv bilan havodek zarur bo‘lgan ma’naviy kuch-qudrat manbayi-ku!
Biz armiyani zamonaviy texnika va qurol-yarog‘lar bilan jihozlashimiz, harbiylarimizni moddiy jihatdan to‘Ia ta’minlashimiz mumkin. Lekin, o‘zingiz o‘ylang, faqat shulaming o‘zi bilan biz kutgan, xalqimiz kutgan natijaga erisha olamizmi?
Yuksak vatanparvarlik, millatparvarlik tuyg‘usini Vatan himo- yachisi bo‘lgan insonning hayotiy e’tiqodiga aylantirishimiz kerak. Shundagina bunday askar, bunday armiya har qanday og‘ ir sinovlarga, tahdid va xatarlarga bardosh bera oladi. Bu masalalar meni albatta qiynaydi. Ular sizlami ham qiynashi kerak.
Shonli tariximizda Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk sarkardalarimizning oz sonli qo‘shin bilan dushmanning katta lashkari ustidan g‘alaba qozongani haqida misollar ko‘p. Albatta, ularning harbiy salohiyati, jang maydonida qo‘llagan taktika va strategiyalari - bu alohida mavzu. Lekin bu ulug‘ sarkardalaming o‘z askarlari qalbiga chinakam vatanparvarlikni, jangovar ruhni singdira olgani biz uchun bugun ham ibratlidir.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning: «Mardlik va shijoat sohi- bi boMgan, azmi qat’iy, hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan afzaldir», degan chuqur hikmatli so‘zlari aynan harbiylar to‘g‘risida aytilgan, desak, xato boMmaydi.
Aziz do‘stlar!
Xabaringiz bor, biz mamlakatimizda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha qaror qabul qildik. Ochig‘i, men shundan keyin tarixchilar, yozuvchi va shoirlar, jumalistlarimiz, harbiy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari xalqimizning jang maydonlari va front ortida ko‘rsatgan jasorati va matonati haqida, milliy qahramonlarimiz to‘g‘risida yangi maqolalar, kitob va risolalar, ko‘rsatuv va eshittinshlar yaratishlarini kutgan edim. Shu sana bahonasida yoshlarimizni mardlik va jasorat, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarimiz yangi bosqichga ko‘tariladi, deb о ylagan edim. Afsuski, biz faqat 9-may sanasi yaqinlashganda bu mavzuni eslab qolamiz.
I lozirgi vaqtda Prezident Administratsiyasi tomonidan o‘zbek xalqining g alabaga qo shgan ulkan hissasi haqida maxsus farmoyish asosida katta bir kitob-albom tayyorlanmoqda. Bu kitobga shu paytgacha ко pchilikka ma’lum bo‘lmagan qanchadan qancha no- yob ma lumotlar kiritilmoqda. Lekin nega boshqalar jim? Holbuki, Ikkinchi jahon urushida ota-bobolarimiz ko‘rsatgan jasorat haqida har qancha faxrlanib gapirsak, arziydi.
Birgina misol. Abdusamat Taymetov degan birinchi o‘zbek uchuvchisi fashistlar Germaniyasining kapitulyatsiyasi, ya’ni, taslim bo‘lishi haqidagi hujjatni samolyotda Berlindan Moskvaga olib kelganini bugun birov biladi, birov bilmaydi. Bu qahramon yurtdoshimiz haqida faqat Qurolli Kuchlar muzeyida qisqagina ma’lumot berilgan, xolos. Nima uchun yoshlarimiz, askarlarimiz qalbida milliy ruhni tarbiyalashga xizmat qiladigan mana shunday xalq qahramonlarining mardligi va jasoratini keng targ‘ib etmaymiz? Nega ulami farzandlarimizga o‘mak qilib ko‘rsatmaymiz?
Ana shu qarorga binoan biz hozirgi vaqtda poytaxtimizning Olmazor tumanida muhtasham G‘alaba bog‘ini bunyod etmoqdamiz. Asosiy maqsadimiz - xalqimiz, ota-bobolarimizning fashizm ustidan qozonilgan buyuk g‘alabaga barcha tinchliksevar kuchlar qatorida qo‘shgan beqiyos hissasini, ulaming mardlik va matonatini abadiy muhrlab qo‘yishdan iborat.
Nasib etsa, bu yil 9-may - G'alaba bayramini, Xotira va qadrlash kunini mana shu ulkan bog‘da keng nishonlaymiz. Bu yangi majmua aholimiz, avvalo, yoshlarimizni Vatanga, ajdodlai jasoratiga sadoqatli' insonlar etib tarbiyalashda albatta ulkan ahamiyatga ega bo'ladi. Lekin buning uchun biz G‘alaba bog‘ida yil davomida qanday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o'tkazish, qanday tarb.yaviy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha hozirdan boshlab aniq dastur va rejalarga ega bo‘lishimiz kerak.
Shu borada yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qarat- moqchiman. Yuqorida tilga olingan qarorda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, o‘sha og‘ir yillarda front ortida mehnat qilgan keksa avlod vakillariga munosib hurmat-e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish vazifasi alohida belgilangan. Shuning uchun joylarda hududlaming rahbarlari tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan birga bu muhim ishlami faqat may oyida emas, balki butun yil davomida amalga oshirishlari kerak. Bunday savobli ishlar hayotimizda doimiy ezgu an’anaga aylanishi lozim. Axir, bizning bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun fidoyilik ko‘rsatib kurashgan bunday insonlar barchamiz uchun g‘animat. Ulami e’zozlash, holidan xabar olish, muammolarini hal qilish, har tomonlama qo‘llab-quwatlash barchamizning odamiylik burchimiz bo‘lishi lozim. Bu muhim ishda butun jamiyatimiz faol ishtirok etishi, u umumxalq harakatiga aylanishi kerak.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasida ayniqsa ijodkor ziyolilarimiz, olimlar, madaniyat va matbuot xodimlari, ma’naviyat targ‘ibot- chilari bilan birga harbiy xizmatchilar, ofitser va generallarimiz yanada faol bo‘lishlarini istardim.
Hurmatli majlis ishtirokchilari!
Bugungi global makonda, qarama-qarshiliklar, inson, ayniqsa, yoshlaming ongi va qalbini egallash uchun kurash nihoyatda kuchaygan hozirgi sharoitda yosh avlod tarbiyasining о4 mi va ahamiyati har qachongidan ham ortib borayotgani hech kimga sir emas. Siz bilan biz yashayotgan zamonning achchiq haqiqati shundan iboratki, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan yoshlami agar sogMorn kuchlar to‘g‘ri yo‘lga boshlamasa, g‘arazli niyatlar bilan yurgan buzg‘unchi kuchlar o‘z ortidan ergashtirib ketadi.
Afsuski, biz jahondagi ana shunday keskin va murakkab sharoitni hisobga olib, milliy ruhni izchil tarbiyalab, kamolga yetkazish, shu orqali uni milliy g‘oyani amalga oshirishning, barcha sohalar,
t* 1 * 1 • yangi avlod kadrlarini, yan-
i * * j . * < g qudratli vositasiga aylantirish
ustida samara i ish olib borayotganimiz yo‘q. Dunyodagi raqobatga bardoshli, ja on maydonida o‘z o‘mimga ega bo‘laman, degan har bir xalq shu masalalar haqida jiddiy o‘ylaydi, bu borada amaliy choralami ко radi. Zarur choralami ko‘rmasa, hech shubhasiz, xalq va millat sifatida o‘zligini boy beradi.
Biz so nggi yillarda Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini yuksaltirish uchun uni harbiy xizmatga xos bo‘lmagan barcha ishlardan ozod etdik. Xalqimizda «Qars — ikki qo‘ldan», degan maqol bor. Shu ma’noda, armiya davlatimiz va xalqimizning bunday yuksak e tiboriga qanday javob bermoqda, degan haqli savol tug‘iladi.
Albatta, Qurolli Kuchlarimizning tezkor va ixcham, har qanday tahdidlarga munosib zarba berishga qodir bo‘lgan jangovar kuchga aylanib borayotgani biz uchun o‘ta muhim. Lekin, ayni paytda mil- liy armiyamiz xalqimizning ma’naviy hayotida, farzandlarimizning kamolotida ham munosib o‘rin egallashi zarur.
Boshqacha aytganda, shavkatli Qurolli Kuchlarimiz faqat milliy ruhni ifoda etuvchi tuzilma bo‘lib qolmasdan, uni butun jamiyatimiz, ayniqsa, yoshlarimizga singdiruvchi ham bo‘lishlari shart. Harbiy libosdagi mard va jasur o‘g‘lonlarimizni, ulaming mag‘rur va shaxdam qadam tashlashlarini, jangovar texnikalami mohirlik bilan boshqarishlarini, yurtimizga ko‘z olaytirgan yovuz dushmanning adabini berishlarini ko‘rganida, har bir yurtdoshimiz to‘lqinlanib, «Bu - mening armiyam, bu - mening posbonlarim», deb, ko‘ksi g‘urur-iftixordan tog‘dek ko‘ tarilishi kerak.
Mana bu haqiqiy milliy ruh timsoli bo‘ladi! Mana bu chinakam kuch-qudrat manbayi bo‘ladi! Shu asosda jamiyat, xalq birlashadi, yanada azm-u shijoatli, mard va matonatli bo ladi.
Bugungi kunda milliy armiyamizning jamiyatimiz о rtasida hurmat-e’tibori ortib bormoqda. Biz mana shunday yuksak obro va nufuzga ega bo‘lgan katta va ta’sirchan kuchdan aholi, ayniqsa, yoshlarimizning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini samarali tashkil etishda foydalanishimiz zarur.
Avvalo, yuksak bilim va dunyoqarashga ega bo‘lgan ofitser va qo mondonlarimiz o‘zlarining mardligi va jasurligi, azm-u shijoati, el-yurt ishiga fidoyiligi bilan o‘z qo‘l ostidagi askar va serjantlarga namuna bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, ular o‘zlari xizmat qiladigan okrug hududida, yashaydigan mahallasida, u yerdagi ta’lim, madaniyat va sport maskanlarida yoshlarga har tomonlama o‘mak bo‘lishlari kerak.
Harbiylarimiz orasida jahon maydonlarida katta g‘alabalami qo‘lga kiritib kelayotgan mashhur sportchilarimiz ko‘pchilik- ni tashkil etadi. Afsuski, harbiy sportchilarimizning yoshlar bilan aloqasi, ulaming do‘stona munosabati, o‘zaro muloqotlari yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagan.
Bugun xalqimiz, jamoatchiligimiz, mana, hokimlarimiz ham asta-sekin armiyaning ichiga kirib bormoqda, uning tashvish va quvonchlari bilan yashamoqda. Lekin armiya hali ham xalqning ichiga kirmasdan, bu bizga mumkinmi o‘zi, deb, qandaydir tortinib turganga o‘xshaydi.
Holbuki, armiya xalqning joni, g‘urur-iftixori bo‘lishi, butun kuch-qudratni el-yurtimizdan olishi shart. Boshqacha bo‘Iishi mumkin emas. Shundagina hech qanday yovuz kuch Qurolli Kuchlarimizni yengolmaydi.
Er yigitning er yigitga aytgan gapining ta’siri boshqacha bo‘ladi. Harbiy xizmatchilar yoshlarimizga, kerak bo‘Isa, ota bo‘lib, kerak bo‘lsa, do‘st, tengdosh, sirdosh bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsa, zarur paytda mardona tarbiya, amaliy ko‘mak bersa, o‘ylaymanki, buning samarasi juda yuqori bo‘ladi.
Yoshlar tarbiyasidaoiladaotaningo‘mig‘oyatmuhimbo‘lganidek, jamiyatda ham mard o‘g‘lonlaming ta’siri beqiyos ekanini har biri- miz yaxshi anglab olishimizni istardim.
Biz bugun «Armiya va xalq - bir tan-u bir jon» degan olijanob g‘oya asosida ish olib bormoqdamiz. Binobarin, armiya va xalq bir tan-u bir jon ekan, bir-birimizdan qandaydir begonasirab turish aslo yarashmaydi.
Oramizda butun hayotini ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga bag ishlagan, bu yo‘lda qanchadan qancha og‘ir sinov va mushku vaziyatlarga duch kelgan hamda ulami mardona yengib о tgan Qurolli Kuchlarimiz faxriylari bor. Nima uchun ulaming mana shunday katta va ta sirchan tajribasidan yoshlarimiz tarbiyasida foydalanmayapmiz?
Bugun о rinli bir savolni o‘rtaga qo‘yishga haqlimiz. Ya’ni, qaysi qo mondon, qaysi ofitser nechta maktabga bordi, qancha ta’lim maskani harbiy qismlarga biriktirildi, nechta adashgan yoshga e’ti- bor qaratib, ulami to‘g‘ri yo‘lga qaytardi?
Afsuski, tegishli rahbar va mutasaddilar, qo‘mondonlar bu masalalar bilan jiddiy shug‘ullanmayapti. Shuning uchun ham yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etish, giyohvandlik, ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketish, ota-onalarga, o‘qituvchilarga bepisand munosabat kabi salbiy holatlar ko‘payib bormoqda.
Yana bir bor aytaman, biz shu paytgacha yoshlarimizni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini zamonaviy ilmiy asosda yo‘lga qo‘ya olmadik va buni tan olishimiz kerak. Yurtimizda bolalar va o‘smirlaming vatanparvarlik tashkilotlari mavjud emas. Vaholanki, xorijiy mamlakatlarda allaqachon o‘rganishimiz va joriy etishimiz zarur bo‘lgan bunday ijobiy tajriba mavjud.
Yoshlaming harbiy qismlarga, harbiy xizmatchilarning ta’lim muassasalariga tashrif buyurishi bilan bog‘liq tadbirlar, shuning- dek, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik o‘yinlari va musobaqalarini tashkil etishda yuzakilik, sustkashlikka yo 1 qo‘yilmoqda. Holbuki, bizda bu borada ijobiy namunalar ham bor. Qoraqalpog‘istonda tajriba tariqasida yo Iga qo yilgan ich- ki ishlar organlari xodimlarini harbiy qismlarda о qitish va eng asosiysi, harbiylarimiz, ichki ishlar xodimlari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan mahalla va ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy, harbiy-vatanparvarlik tad- birlarini 0‘tkazish yaxshi samara berdi. Natijada jinoyatchihk sezilarli daraiada kamaydi.
Ana shu tajriba Andijon, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ham joriy etilgan bo‘lib, uni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Shuning- dek, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tomonidan Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridagi respublika o‘g‘il va qiz bolalar o‘quv- tarbiya muassasalarining tarbiyaviy va moddiy jihatdan otaliqqa olingani yana bir ijobiy holdir.
Biz uchun muhim bo‘lgan yana bir muhim yo‘nalishga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Yoshlami turli zararli diniy oqimlardan, «ommaviy madaniyat» niqobi ostida kirib kelayotgan buzg‘unchi va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolami sog‘lom turmush tarziga qaytarish maqsadida olib borilayotgan ishlar biz kutgan natijani bermayapti.
Meni doimo bir savol o‘ylantiradi: harbiy qism atrofidagi mahallalarda yot g‘oyalarga sig‘inadigan kishilar bo‘lsa, ulami komandirlar bilmasa yoki bunday holatlarga beparvo bo‘lsa, unda qanday qilib xalqimiz xavfsizligini ta’minlash mumkin?
Barcha bo‘g‘indagi harbiy komandirlar shuni anglab yeti- shi kerakki, adashgan kimsalami to‘g‘ri yo‘Iga qaytarish, ulami tarbiyalash bu faqatgina tegishli idoralaming ishi emas, balki barchamizning vazifamizdir. Generallik, ofitserlik formasini kiyib yurish - oson, lekin unga munosib boMish - bu juda mas’uliyatli, mashaqqatli vazifa.
Men hayotimizda o‘zining necha bor isbotini topgan bir haqiqatni bugun yana eslatmoqchiman: «O‘z uyingizni, o‘z bolangizni o‘zingiz asrang!». Bu shior, bu da’vat hech qachon kun tartibidan tushmasligi kerak.
Farzandlarimizni o‘zimiz asramasak, o‘zimiz avaylamasak, o‘zimiz tarbiyalamasak, birov chetdan kelib bu ishni biz uchun bajarib bermaydi. Shu sababli har bir ofitser ta’sirchan shakl va usullardan foydalanib, adashgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarishni harbiy xizmat kabi o‘zining muhim burchi deb bi- lishi kerak.
Bun an keyin okrug qo‘mondonlari va harbiy qism koman- dirlanmng faoliyatiga, birinchi navbatda, ular tomonidan yoshlami vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va yot g‘oyalardan himoya qilish yo‘nalishida ohb borayotgan ishlariga qarab baho beriladi.
Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar - mard va jasur Vatan himoyachilari yuqorida bayon qilingan fikr-mulohazalardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlami chetdan kuzatuvchilar emas, balki bu ijtimoiy jarayonlaming faol ishtirokchi- si bo ladilar, nafaqat jangovar tayyorgarlik, balki ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham ibrat namunasini ko‘rsatadilar, deb ishonaman.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə