Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə53/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Beshinchidan, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida huquqiy tenglik- ni mustahkamlashga mamlakatimizda jiddiy e’tibor berilmoqda.
Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy boTimlari butunlay yangitdan tashkil etilgani, ularga qo‘shimcha vakolat va imkoniyatlar berilib, toTaqonli faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilgani bu yo‘lda yangi qadam boTdi.
Joriy yilda Konstitutsiyamizning 46-moddasiga asosan «Xotin- qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi hamda «Xotin-qizlarni tazyiq va zo ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qi- lindi. Mazkur qonunlami izchil amalga oshirishda parlament va jamoatchilik nazorati nihoyatda zarur, deb о ylayman.
Kelgusida ham onalik va bolalikni himoya qilish, xotin-qizlaming ijtimoiy muammolarini hal etish davlatimizning diqqat markazida boTadi.
Keyingi paytda ko‘plab ayollarimiz davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya-bank, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va boshqa sohalarda mas’ul rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilmoqda.
O‘zingiz ayting, joylarda odamlaming dard-u tashvishlarini, oila va mahalladagi ahvolni kirn hammadan ko‘ra ko‘proq biladi, kim hammadan yaxshiroq his qiladi? Albatta, hurmatli va mehribon ayollarimiz emasmi?
Hech shubhasiz, ijtimoiy muammolami aniqlash va ulami o‘z vaqtida hal etishda, boshqaruv samarasini oshirishda opa- singillarimizning o‘mi va ta’siri juda katta. Shuning uchun biz xotin- qizlaming jamiyatdagi o‘mi va mavqeyini oshirish, ularga turli mas’ul vazifalami ishonib topshirishga qaratilgan siyosatni yanada faol davom ettiramiz.
Oltinchidan, fuqarolaming Konstitutsiyada belgilangan mulk huquqi daxlsizdir va doim davlat himoyasida bo‘ladi.
Biz o‘tgan yillar davomida tadbirkorlik yo‘lidagi ortiqcha cheklovlami bartaraf qilish, ulaming faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralashuvini qat’iy cheklash borasida salmoqli ishlami amalga oshirdik. Jumladan, korrupsiyaga yo‘l ochib berayotgan yer ajratish amaliyoti tubdan isloh qilindi. Bu jarayon endilikda yer ajratish elektron tizimi orqali amalga oshirilmoqda.
Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab hokimlaming qishloq xo‘jaligiga moMjallangan yerlami olib qo‘yish bo‘yicha vakolati xalq deputatlari Kengashlariga beriladi. Bu o‘zgarish ham mulk daxlsizligini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy qadamlardan biridir.
Bundan tashqari, yemi olib qo‘yish va kompensatsiya to‘lashning yangi tartibi, yer faqat mulk egasining roziligi bilan olinishiga oid qoidalar joriy qilindi. Shu bilan birga, mulk daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunlarga amal qilmagan mansabdor shaxslarga nisbatan, ular qan- day lavozim egasi bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlik kuchaytirildi. Shuningdek, kompensatsiya miqdori to‘g‘risida taraflarda kelishmov- chilik vujudga kelsa, endi bunday holatlar faqat sud yo‘li bilan hal etiladi.
Ma’lumki, shu paytga qadar hokimlar yerdan foydalanish huquqi- ni beradigan qarorlarni o‘zlari qabul qilar, vaqti kelganda esa, ulami
о zlari bekor qilishi ham mumkin edi. Endi ana shu vakolatni cheklashning fursati yetdi. Chunki bunday vakolat faqat hokimga berilishi turli adolatsizliklarga sabab boMishini ko‘p misollar ко rsatmoqda. Bunday masalalar endi faqat sud tartibida hal qilinadi.
Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik subyektlarining mulkiy huquqlarini noqonuniy cheklash bilan bog‘liq holatlar aniqlangan taqdirda, unga tadbirkor manfaatlarini ko‘zlab sudga murojaat qilish huquqini berish lozim.
Sohada ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun hokimlaming fuqarolarga yer berish haqidagi qarorlarini tegishli saytlarda e’lon qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerak.
Biz jismoniy va yuridik shaxslaming mulk huquqi kafolatlarini ta’minlash maqsadida xalqaro andozalarga javob beradigan islohotlarimizni bundan buyon ham qat’iy davom ettiramiz.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun biz hayotimizning barcha jabhalarida konstitutsiyaviy nazoratni kuchaytirishimiz zarur. Bu esa pirovard natijada inson huquq va erkinliklarini, uning sha’ni, qadr-qimmati, mol-mulkining daxlsizligini saqlash, fuqarolaming mehnat qilish, ta’lim olish, tibbiy yordamdan foydalanish kabi eng asosiy huquqlarini to‘la ta’minlash imkonini beradi.
Qadrli yurtdoshlar!
Ma’lumki, shu yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə