Shavkat mirziyoyev


Sudlarning chinakam mustaqilligini ta minlash biz uchun eng ustuvor vazifadir



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə51/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Sudlarning chinakam mustaqilligini ta minlash biz uchun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor shaxsning qo‘li yetadigan idoraga aylanib qolishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik shart. Shu sababli sud ishlariga aralashgani yoki sudga bosim o‘tkazgani uchun javobgarlikni kuchaytirish lozim.
Keyingi paytda Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlaming aksariyati sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari faoliyatidagi kamchiliklarga taalluqli. Shuni inobatga olib, ushbu idoralar xalqimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimini yaratishi zarur. Har bir ariza va shikoyatning qonuniy yechimi ana shu idora­lar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho bo‘ladi.
Bunday yangi o^garishlami awalo, xalqimiz, jumladan, yurtimizda qonun ustuvor ekaniga ishonib sarmoya kiritayotgan chet ellik hamkorlarimiz har tomonlama his qilishlarini istardim.
Uchinchidan, advokatura institutini takomillashtirish orqali in- son huquqlarini ta’minlashni yangi bosqichga ko‘tarish zarur.
Bu tizimning huquqiy maqomini kuchaytirish, advokatlar vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshiril- di. Lekin hali o‘z yechimini topmagan muammolar ham bor. Misol uchun, 33 milliondan ortiq O‘zbekiston aholisiga faqatgina 4 mingta advokat xizmat ko‘rsatayotganini ijobiy baholab bo Imaydi.
Hozirgi kunda mamlakatimizdagi advokatlaming 60 foizi 50 yoshdan oshgan shaxslardir. Ular orasida 30 yoshga to‘lmagan yoshlar 70 nafarga ham yetmasligini qanday izohlash mumkin?!
Bunday achinarli holatga barham berish uchun avvalo advokatlar nufuzi va maqomini oshirish, advokatura institutining mustaqilligini ta’minlashimiz shart.
Yaqin istiqbolda Advokatura institutini rivojlantirish konsepsiya- sini ishlab chiqish lozim. Hech bir idora advokatlaming faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi shart.
Ayni vaqtda advokatlarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablari ham ushbu konsepsiyada to‘liq aks etishi zarur. Bu borada biz rivojlangan davlatlaming ilg‘or tajribasini har tomonlama o‘rganishimiz kerak.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə