Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə47/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

To‘rtinchidan, qabul qilinayotgan qonunlar olib borayotgan islohotlarimiz bilan uyg‘un bo‘lgan taqdirdagina ishlaydi.
Bu - ayni haqiqat, aksiomadir. Lekin ayrim qonunlarimiz zamon talablariga mos emas. Shu bois qonunlami ijro etish mexanizmlarini aniq tizim asosida yaratish - dolzarb vazifamizdir.
Kelgusi yildan boshlab Adliya vazirligi qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish bo‘yicha mutlaqo yangi ish uslubiga o‘tishi zarur. Bunda Konstitutsiyamiz normalari huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Beshinchidan, biz qanchalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar o‘tkazmayiik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli bo‘lmasa, kutilgan natijalarga erishish mushkul bo‘ladi.
Huquqshunos olimlaming bundan bir necha asr avval «Huquq- ni anglash mas’uliyat hissini rivojlantiradi», deb aytgan hikmatli so'zlari hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Boshqacha aytganda, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor shaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmog‘i kerak. Lekin ana shunday huquqiy mas uliyatni bugun hammada ham shakllantira olayapmizmi?
Afsuski, bu savolga hozircha ijobiy javob berolmaymiz. Misol uchun, dehqonlarimizning fidokorona mehnati bilan yaratilgan non- ni xalqimiz ulug‘ va aziz ne’mat sifatida g‘oyatda qadrlaydi. Non- ning qadrini ayniqsa rizq-ro‘zimiz bunyodkori bo‘lgan dehqon va fermerlarimiz juda yaxshi biladilar.
Bugun ushbu muhtasham saroyda ulaming eng munosib vakillarini ко‘rib turganimdan juda xursandman.
Bu yil Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni Konstitutsiya bayrami bilan bir kunda nishonlanayotgani bu ayyomga o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda.
Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha dehqon va fermerlami chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, ularga yuksak hurmat va ehtirom bildirishga ruxsat etgaysiz.
Biz uchun non qanchalik aziz va qadrli bo‘lsa, zahmatkash dehqonlarimiz, ulaming mehnati ham shunchalik aziz va qadrlidir.
Haqiqatan ham, urush va ocharchilikni boshidan kechirgan bobo va momolarimiz bizga bolalikdan boshlab nonni ko‘zimizga surtib e’zozlashni o‘rgatganlar. Bu bizning buyuk qadriyatimizga aylangan. Shu ma’noda, Yaratganning bebaho ne’matlarini, hayotdagi ijobiy o‘zgarishlami qadrlash tuyg‘usini farzandlarimiz qalbiga yoshligidan singdirib borishimiz zarur.
Yashirishning hojati yo‘q, oliy о quv yurtiga о qishga kirish, tadbirkorlikni boshlash uchun ruxsatnoma yoki litsenziya olish, so-
liq to lash kabi ko‘p-ko‘p kundalik hayotiy masalalami hal etishda «qonunni chetlab o‘tish» bizning sharoitimizda yomon bir odatga aylangan edi.
Bunday illatning ildizlarini qirqishga qaratilgan ishlami, qanday qiyin bo‘lmasin, asta-sekin amalga oshirmoqdamiz. Jumladan, bolalami bog‘chaga joylashtirishga elektron navbat, maktablar va oiiy ta’limga o‘qishga qabul qilishda ochiq va oshkora tartiblar yaratildi. Shuningdek, «yagona darcha» tamoyili asosida 100 dan or- tiq davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
Ammo bu o‘zgarishlar tufayli jamiyatimiz salbiy illatlardan, qonunga bepisandlik holatlaridan batamom qutuldi, deb aytishga hali erta.
Ochiq tan olish kerak, aksariyat odamlarimiz bu masalada loqayd va beparvo bo‘lib qolmoqda. Bugun olib borayotgan islohotlarimiz yo‘lidagi eng katta to‘siq ham aslida shu emasmi?
Ayrim fuqarolarimiz boshqaruv idoralaridan mas’uliyat talab qilishni yaxshi biladi-yu, lekin o‘zining jamiyat oldidagi, qonun oldidagi mas’uliyati va majburiyatini unutib qo‘yadi. Holbuki, O‘zbe- kistonni yangilash, milliy yuksalishni yangi bosqichga ko‘tarish bu - o‘z-o‘zidan, osonlikcha bo‘layotgani yo‘q.
Hammangiz ko‘rib turibsiz, qanchalik og‘ir va murakkab bo‘lmasin, bugungi kunda zarur kuch va imkoniyat, mablag4 topib, qancha-qancha katta dastur va loyihalami amalga oshirmoqdamiz. Yangi-yangi korxonalar, yo‘l va ko‘priklar, bog‘cha, maktab va shifoxonalar, madaniyat va sport inshootlari, ko‘plab uy- joylar quryapmiz va Xudo xohlasa, bunday ishlarimizni yanada ko‘paytiramiz.
Xalqimizda «Qars ikki qo4ldan chiqadi», degan maqol bor. Agar o‘ylab qarasak, bu maqol Konstitutsiyamiz normalariga ham to‘la mos keladi. Ya’ni Asosiy qonunimizda fuqarolaming huquq va erkinliklari bilan birga, ulaming burch va majburiyatlari ham aniq belgilab qo‘yilgan.
Ko‘pni ko‘rgan muhtaram keksalarimiz, faol fuqarolarimiz, aziz opa-singillarimiz, ziyolilar, navqiron yoshlarimiz bugungi
islohotlami har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularda fidoyilik bilan ishtirok etayotgani shaxsan menga katta kuch-quvvat bag‘ishlaydi.
Imkoniyatdan foydalanib, barchangizga, butun xalqimizga buning uchun chin yurakdan alohida minnatdorlik bildiraman.
Ishonchim komil, biz mana shunday tinch va osoyishta hayotimizni qadrlab, o‘zaro hurmat va ahilligimizni asrab- avaylab, shukrona qilib yashasak, Yaratganimiz o‘z ne’matini xalqimizga yanada ziyoda qilib beradi.
Aziz do‘stlar!
Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarimizni uzluksiz davom ettirishimiz zarur.
Huquqiy tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan boshlashimiz, bu boradagi ilk ko‘nikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olishi darker.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə