Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə46/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Uchinchidan, ommaviy axborot vositalari qonuniylikni qaror toptirishda chinakam «jamiyat ko‘zgusi»ga aylanishi kerak.
So‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar o‘tgan uch yilda jamiyatimiz hayotida tub burilish yasadi.
Bugungi kunda xalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan ijtimoiy muammolami ko‘rsatib berayotgan eng katta kuch - bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari vakillaridir.
Demokratik islohotlarimiz natijasida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar mansabdor shaxslarni о z ishini qonuniy asosda to4g4ri tashkil etishga undamoqda. Shu sababli ham davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
jamoatchilikka to‘liq va tezkor yetkazish maqsadida ularning har birida matbuot xizmati ish boshladi.
Aslida, demokratik jamiyatda barcha davlat xizmatchilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilishga o‘rganishi kerak.
Ma’lumki, bugungi kunda an’anaviy axborot vositalari bilan birga Internet, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar jamoatchilik fikrini shakllantirishda katta rol o‘ynamoqda.
Davlat va jamiyat boshqaruvida, kundalik faoliyatimizda ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini kuchaytirish maqsadida biz fuqarolaming so‘z erkinligi, axborot olish va tarqatishga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda to‘liq ta’minlashimiz zarur. Buning uchun esa birinchi galda ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunchilikni takomillashtirish kerak va biz bu borada faol ish olib bormoqdamiz.
Shu munosabat bilan jamoatchilik nazorati ham, ommaviy axbo­rot vositalari ham yagona bir maqsadga, ya’ni xalqimizni rozi qilish va uning turmushini yaxshilashga qaratilganini hammamiz birdek anglashimizni istardim.
Har bir davlat organi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifasiga ega bo‘lishi, amalga oshirayotgan ishlari haqida, kerak bo‘lsa, har kuni batafsil ma’lumot berib borishi shart.
Yana bir marta takrorlayman, O‘zbekistonda jamoatchilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga hech qanday shaklda tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə