Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə42/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

To‘rtinchidan, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarish va uning samaradorligini oshirishning fursati keldi.
Vazirlar Mahkamasi parlamentga tayyorlab kiritilayotgan qonun loyihalari sifatini oshirishga jiddiy e’tibor qaratishi zarur. Hukumat, har bir vazirlik va idora qonunchilikni yangilash va tizimlashtirish bo‘yicha yangicha ish uslubiga o‘tishi lozim.
Qonunchilik palatasida qonun loyihalari hamkorlikda ко‘rib chiqilishini, Hukumat - qo‘mita - Qonunchilik palatasi o‘rtasida faoliyat uyg‘unligini ta’minlash zarur.
Yana bir muhim masala - ijro hokimiyati organlari rahbarlarining Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligini yanada oshirish kerak. Bu borada har yili Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Hukumat hisobo- tini eshitish tizimi joriy etildi. Endi ijro hokimiyati organlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan parlament palatalari oldida muntazam ravishda hisobot berishi zarur.
Mazkur hisobotlar jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkazilishi lozim. Bu — qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi o‘ziga xos muloqot maydoni sifatida ijo- biy natijasini ko‘rsatishiga menda hech qanday shubha yo‘q.
Qadrli do‘stlar!
Konstitutsiyamizning 98-moddasiga ko‘ra, Bosh vazir nom- zodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko‘p
dcputatlik о rinlarini qo Iga kiritgan siyosiy partiya tomonidan takhf etiladi. K 7
Xabaringiz bor ' saylovlarda 0‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qonunchilik palatasida eng ko‘p, ya’ni 53 nafar deputatlik o'rnini ega a i. Ushbu partiyadan saylangan deputatlami hamda 0‘zbekiston Li eral-demokratik partiyasining barcha a’zolarini ana shunday yuksak natija bilan samimiy tabriklayman.
Partiyaning kuni kecha bo lib o‘tgan Siyosiy kengashi majlisida Bosh vazir nomzodi ко rib chiqildi va Prezidentga taqdim etildi.
Bosh vazir lavozimiga nomzod tanlash va uni tasdiqlash haqida gap borar ekan, albatta, bu o‘ta murakkab va mas’uliyatli masala ekanini barchamiz juda yaxshi tushunamiz. Chunki bu lavozimga har tomonlama chuqur bilim va katta tajribaga, keng tafakkur va zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, jonkuyar, o‘ziga va boshqalarga talabchan hamda tashkilotchi nomzod tanlanishi zarur.
Albatta, turli sinovlarda toblangan, javobgarlikni zimmasiga olishga qodir, odamlar bilan til topisha oladigan, ulaming hurmatini qozongan, qisqacha aytganda, ko‘pni ko‘rgan va jonkuyar insonni topish ancha og‘ir va murakkab vazifadir.
Shu ma’noda, bugun Sizlaming muhokamangizga taqdim etiladigan nomzod o‘z faoliyati va awalgi lavozimlarida amalga oshirgan ishlari bilan el-yurtimiz erishgan yutuqlarga munosib hissa qo‘shgan shaxs bo‘lishi kerak.



Bildirilgan barcha fikr-mulohazalami inobatga olgan holda, men ushbu o‘ta mas’ulivatli lavozimga ham amahy sohada, ham markaziy idoralarda ko'p yillik boshqaruv ko'nikmasi va tajnbas.ga ega bo'lgan, so'nggi uch yil davom.da Bosh vazir lavozmuda faohyat ko'rsatib kelayotgan Abdulla Nigmatovich Anpov nomzodim tavs.ya

boMgan, so'nggi
Biz bu masala bo‘yicha juda ko‘p o‘ylab, tegishli maslahat va kengashlar o‘tkazdik. Jumladan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi rahbariyati va faollari bilan ham atioflicha maslahatlashib oldik.
etaman.
Abdulla Aripov bugungi kunda oldimizda turgan juda katta vazifalami hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil etish, Hukumat a’zolari, hokimlar va boshqa rahbarlar bilan bir yoqadan bosh chiqarib, barchani safarbar qilish salohiyatiga ega ekanini alohida ta’kidlashni istardim.
Shuning uchun siz, hurmatli deputat va senatorlardan O‘zbe- kiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tavsiya etilgan Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘ray man.
Hurmatli deputat va senatorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqin kunlarda parlamentga taqdim etiladigan Murojaatnomasida O‘zbekistonni ijti- moiy-iqtisodiy rivojlantirish, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq sohalari hamda xalqaro munosabatlardagi eng ustuvor vazifalami batafsil muhokama qilib olamiz.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlab aytmoqchimanki, jonajon Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida bir tan-u bir jon bo‘lib, belni mahkam bog‘lab harakat qilish, boshlagan islohotlarimizni jadal davom etti- rish - kelgusi 5 yilda Parlament uchun ham, Hukumat uchun ham g‘oyatda muhim va ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Shuning uchun barchangizni yaqin hamkorlikda ish olib borishga chaqiraman.
Shu yo‘lda hammangizga sihat-salomatlik, faoliyatingizda ulkan zafarlar, baxt va omadlar yor bo‘lishini tilayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.
О ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo ‘shma majlisidagi nutq
2020-yil 21-yanv ar

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə