Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə50/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlami faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirishimiz lozim.
O‘tgan uch yilda jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi- ning boshqa ishtirokchilarini himoya qilish tizimi yaratildi. Nodav- lat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berildi. Sohani rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va zarur chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Xabaringiz bor, o‘tgan yillarda tintuv jarayonini, olingan ko‘rsatmalami hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov ekspe- rimenti kabi protsessual harakatlami video tasvir orqali qayd etish shartligi qonuniy asosda belgilangan edi.
Biroq aholi bilan muloqotlar huquq buzilishi xavfi bo‘lgan boshqa holatlar bo‘yicha ham shunday choralami qo‘llash zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, shaxsni ushlab turish, unga protsessual huquqlarini tushuntirish kabi jarayonlami, agar u himoyachidan voz kechsa, bu holatni ham majburiy tarzda video tasvirga tushirish tartibini o‘matish zarur.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan shaxs maxsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila a’zolari darhol xabardor qilinishi kerak. Buni surishti- ruvchi, tergovchi va boshqa vakolatli shaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qo‘yishni taklif etaman.
Bundan tashqari, shaxsni ushlab turish va uning huquqini cheklaydigan boshqa protsessual majburlov choralarini qo‘llash holatlarini hisobga olishning elektron tizimiga o‘tish zarur. Bu jarayonda inson omili ishtirokini iloji boricha kamaytirish lozim.
Kelgusi уiIdan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etiladi. Shu orqali surishtiruv va dastlabki ter-
gov jarayonida muvozanatni, ya’ni o‘zaro tiyib turish tamoyillarini ta min as im oni yaratiladi. Bunday muhim o‘zgarish ham bizning tajnbamizda birmchi marta joriy etilmoqda.
Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, ta bir joiz bo‘lsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qancha-qancha odamlar nohaq jabr chekkani, adolatsizlikka duchor bo Igani ham ayni haqiqat. Qanchalik og‘ir va noxush bo Imasin, biz shu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirishga kirishdik.
Ishonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qi- lish bo yicha rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etish hayotimizda adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam bo‘ladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə