Shavkat mirziyoyev


«Yangi 0‘zbekiston - yangi saylovlar»



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə54/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

«Yangi 0‘zbekiston - yangi saylovlar» shiori ostida o‘tayotgan bu kampaniya mamlakatimiz siyosiy hayotidagi g oyat muhim voqeadir.
Konstitutsiyamizga muvofiq, fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Saylovda o'ziga ma’qul bo‘lgan nomzod yoki biron- bir partiya ilgari surayotgan dastur uchun ovoz berish, ulami qo'llab- quwatlash vakillik demokratiyasining yaqqol ko'rimshidir.
O‘tgan qisqa davrda saylovga oid 21 ta qonun tizimlashtirilib, О zbekiston tarixida ilk bor yagona Saylov kodeksi qabul qilindi. Bu milliy qonunchiligimizni mustahkamlash, demokratik saylovlami o‘tkazishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Mazkur kodeksdagi eng katta yangilik siyosiy maydonning to‘liq siyosiy partiyalarga berilishi bilan bog‘liq, desak, adashmagan bo‘lamiz. Unga muvofiq, siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tadigan saylovda ilgaridek 135 ta emas, balki to‘liq - 150 ta saylov okrugidan o‘z nomzodlarini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Ekologik harakati uchun belgilangan kvotaning bekor qilingani ham siyosiy maydonda sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Saylov kodeksiga muvofiq siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlari ham kengaytirildi. Endi vakil saylov komissiya- si majlislarida, hujjatlami topshirishda, imzo varaqalari qanday to‘ldirilganini tekshirishda qatnashadi. Shuningdek, u saylov uchastkasida ovozlami sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ham ega.
Bulaming barchasi saylov jarayonida ochiqlik va oshkoralikni, jamoatchilik nazoratini oshirishga xizmat qiladi.
Bu yilgi saylovlarda fuqarolarimiz erkin ovoz berishlari uchun joylarda 6 ming 720 ta okrug va 10 ming 253 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.
Fuqarolaming say lash va saylanishga oid huquqlari yanada kengaytirildi va amalda bo‘lgan ko‘plab cheklovlar bekor qilindi.
Konstitutsiyamizda belgilangan fuqarolaming saylovda ishtirok etish huquqini ta’minlash maqsadida bu yil yangi bir qadam qo‘ydik. Endi og‘ir va o‘ta og‘ir bo‘lmagan jinoyatlami sodir etgan shaxslar ham saylovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi. Shu asosda bo‘lajak saylovlarda ozodlikdan mahrum etilgan 1 ming 905 nafar shaxs ham ishtirok etishi uchun qonuniy imkoniyat yaratildi.
Hech shubhasiz, yangi Saylov kodeksi va undagi 30 dan or- tiq yangi demokratik qoidalar saylov qonunchiligimizni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Bu yil rnamiakatimizda 5 ta siyosiy partiya saylovda ishti- rok etmoqda. Xalqimiz hayotiy muammolar va ulaming yechimi- ni yaxshi biladigan, islohotlar samarasiga xizmat qiladigan qonun va qarorlar qabul qilishda jonbozlik ko‘rsatadigan, katta bilim va malakaga ega insonlar deputat bo‘lishini xohlaydi. Shuning uchun ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan yangi parlamentimiz, birin- chi navbatda, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lgan deputatlardan iborat bo‘lishi lozim.
Saylov jarayonida o‘nlab xalqaro tashkilotlar, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining to‘laqonli missiyasi kuzatuvchilari hamda 40 dan ortiq xorijiy davlatdan 600 dan ziyod kuzatuvchi qatnashishi kutilmoqda.
Ushbu saylovlar orqali xalqimiz bugungi islohotlarimizga baho bersa, jahon hamjamiyati yangilanayotgan O‘zbekistonga baho beradi.
O‘ylaymanki, har bir yurtdoshimiz o‘zining konstitutsiya- viy va fuqarolik burchini, Vatanimiz taqdiri va kelajagi oldidagi mas’uliyatini anglab, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz tinchligi va farovon hayoti uchun, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun ovoz beradi.
Aziz va muhtaram vatandoshlarim!
Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda dunyo shiddat bi lan o4zgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Jahon miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar, savdo urushlari g‘oyat keskin tus olmoqda.
Mana shunday murakkab sharoitda biz faqat xalqimizning aql-zakovati, bukilmas irodasi va salohiyatiga, о z kuch va imkoniyatlarimizga tayanib, ayni vaqtda dunyo hamjamiyati bilan hamkor bo‘lib, dadil oldinga borishimiz shart. Bu borada bizga Kons- titutsiyamiz hamisha rahnamo bo‘lib, beqiyos kuch-qudrat manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə