Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə35/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

Yettinchidan, korrupsiyaga qarshi keskin kurashish muhitini yaratishda Senatning rolini kuchaytirish zarur.
Bugungi kunda davlat xizmatchilari, hatto yuqori lavozimlardagi mas’ul shaxslar tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar ham fosh etilmoqda. Bu haqdagi xabarlar ommaviy axborot vositalarida tez-tez e’lon qilinmoqda. Ayniqsa, muayyan hudud taqdiri ishonib topshirilgan ayrim mansabdorlaming poraxo‘rlik va korrupsiya jinoyatiga qo‘l urayotgani tashvishli holdir.
Joylardagi rahbarlaming qonunga zid faoliyati doimo hududlarda faoliyat olib borayotgan senatorlaming e’tibor markazida bo‘lishi kerak. Bir so‘z bilan aytganda, har bir senator korrupsiyaga qarshi kurashning oldingi saflarida bo‘lishi shart. Senat a’zolari jamiyatda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lgan holatlar yuzasidan, yalpi majlisni ku- tib o‘tirmasdan, tezkor eshituvlar tashkil etib, mutasaddi shaxslardan izoh talab qilishi zarur.
Sakkizinchidan, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning barvaqt oldini olish masalasi Senatning doimiy e’tiborida bo‘ lishi kerak.
So‘nggi yillarda jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qator ishlami amalga oshirdik. Biroq, bu sohada oldimizda hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar mavjud. Masalan, o‘tgan yili mamlakatimiz bo‘yicha jinoyat sodir etgan 47 mingdan ortiq shaxsning 12 ming nafari yoki 25 foizini yoshlar tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri da 39 foizdan iborat bo‘lsa, Andijon va Namangan viloyatlarida 38 foizdan oshgan. Lekin, ming afsuski, ana shu viloyatlar va Tosh­kent shahrida Senatning sayyor majlislari o‘tkazilib, bunday o‘ta tashvishli holat jiddiy muhokama qilinmagan. Hamma chetda tomoshabin bo‘lib o‘tiribdi.
q01SiZ aytingbU ahV01da erta®a 4anday vaziyatga tushib Г BUnianatboX701i\Va etib°rSiZ,ik endi ^ixda qolishi kerak. Ya"gl Ь " V ?ar bir masa,a b0‘y^a tezkor munosabat bndmshlan va zarur chora-tadbirlar ko‘rib borishlan lozim.
ВиП uT 38 ^аГ? eZOr'l'k va firibgarlik bilan bogdiq jinoyatlar soni orti ormoq a. Shuning uchun joylarda jinoyatchilikka qarshi kuras101ora igan idoralar faoliyati senatorlaming doimiy nazoratida bo‘lishi lozim.
Xabaringiz bor, so‘nggi 3 yilda o‘z qilmishiga chin dildan pushaymon bo Igan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 mingdan or- tiq shaxs afv etilib, о z yaqinlari bag‘riga qaytarildi. O‘ylaymanki, bu insonlar kelgusida hayotda o‘z o'rinlarini topishida ham senatorlaming alohida hissasi bo‘ladi.
Agar o‘z vaqtida zarur choralami ко‘rib, afv etilganlaming ijti- moiy hayotga moslashuvini ta’minlamasak, afv etish to‘g‘risida biz qabul qilgan farmonlaming obro‘si, ta’siri nima bo‘ladi?

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə