Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Asosiy tushunchalar

mehnat taqsimoti
– insoniyat rivojlanishi jarayonida faoliyat 
turlarining farqlanishi.

Antrobiologiyaviy instinkt
biologik jihatdan insonga 
o‘tmishdoshlaridan o‘tgan irsiy mayl.

Faoliyat
– insonning tevarak-atrofga va o‘ziga bo‘lgan spetsifik 
munosabati jarayonidirki, o‘z ichiga maqsad, vosita va natijani 
oladi.
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


32
Savollar va topshiriqlar
1. sotsiogenez antropogenezsiz kechadimi?
2. insonning kelib chiqishida sotsiogenez belgilovchi bo‘la 
oladimi?
3. inson kelib chiqishini tushuntiradigan yana qaysi ta’limotlarda 
qurollardan foydalanish, ularni yasash jarayonlari markaziy 
o‘ringa qo‘yiladi?
4. hozirgi inson ajdodlari miyasining tegishli qismlarida 
qurol yasash ko‘nikmalari bo‘lganligini qaysi fan tarmog‘i 
tushuntiradi?
5. mehnat qurollarining murakkablashib borishi qanday 
natijalarga olib keldi?
6-§. Ruhiyat
Ruhiyatda faqat ichki, fiziologik ja-
rayon lar emas, balki tashqi obyektlar 
ham ifodalanadi. bu jihatlar bilan ru-
hiyat yuksak rivojlangan hayvon va 
insonda umumiylikka ega. lekin insondagi ruhiyat boshlang‘ich 
ko‘rinishlaridayoq, 
dastavval,
anglanganlik tabiatiga ega.
 Ikkinchidan,
qurolsozlik faoliyati bilan jamoaviy taqozolangan, deb hisoblanadi. 
Uchinchidan,
insondagi ruhiyat birgalikdagi faoliyatda erishiladigan 
tajribaga tayanadi. 
To‘rtinchidan,
inson ruhiyati rivojlangan his-tuyg‘u 
ularni o‘z ichiga oladi.
sotsiogenez omili sifatida ruhiyatning ilk o‘rni inson ajdodlari-
dan boshlangan mizoj va 
fe’l-atvor
qay tarzda ularning birgalikdagi 
yashashiga olib kelganligi bilan belgilanadi. 
Neyrofiziologiya ma’lumotlariga ko‘ra, ruhiyat inson miyasining 
ham yaxlit, ham konkret bo‘lgan turlari faoliyatining natijasidir. 
masalan, miyaning chap yarim shari so‘zlar, belgilar bilan, o‘ng yarim 
shari esa obrazlar, turli ko‘rinishlar bilan bog‘liq vazifalarni bajaradi. 
Ayni vaqtda, neyrofiziologik va ruhiy jarayonlarning o‘zaro muvofiq 
kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham neyrofiziologiya jarayonlari 
bo‘yicha hatto yetuk mutaxassislar ham o‘zining ruhiyati jarayonlarini 
tanlashga qodir emas. gap shundaki, ruhiyat ideal tabiatga ega bo‘lib, 
unda voqelik belgilardagi ma’no tarzida o‘z ifodasini topadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə