Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

miya va asab tizimi – 
ruhiyatning moddiy 
tashuvchilari
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


33
Ruhiyatning tarkibiy tuzilishini, yuqorida aytilganidek, eng oddiy 
ko‘rinishda 
hislar, iroda
va 
idrok
holida olish mumkin. bu ularning 
har biri o‘z tashuvchisi faoliyatining tegishli shaklini, masalan, hislar 
kishilarning ilk uyushmalari ichida 
hamkorlikni,
iroda – dushmanlar 
bilan kurashishda 
qat’iyatni,
idrok esa u yoki bu tarzda bularni 
boshqarishni
ta’minlagan.
hozirgi zamon fani ruhiy jarayonlar kechishini qator jihatlarga 
ko‘ra irsiyat bilan ham bog‘liqligini isbotladi. ya’ni, inson eng 
qadimgi avlodlari populyatsiyalari o‘rtasida genlar almashuvi – irsiy 
xususiyatlar ham ruhiyatning sotsiogenez omili bo‘lishiga ko‘mak 
bergan.
sotsiogenez tizimida inson shakllani-
shining uning ruhiyatida qaror topayot gan 
tafakkuri bilan aloqadorligi ham muhim 
hisoblanadi. bu yerda butun va bo‘lak aloqadorligini eslash o‘rinli. 
negaki, shakllanayotgan tafakkur inson sotsiogenezi omillaridan 
sanalgani holda, o‘z tashuvchisi bo‘lgan insonga to‘laligicha 
tegishli. 
inson tafakkuri markazida uning yashashga bo‘lgan 
intilishini

erishilgan 
tajribani
mulohaza qilib undagi zarur jihatlarni ajratib 
olish orqali vaziyatga ta’sir etish yotadi. ilk insonda dastlab tashqi 
dunyo jarayonlari o‘rtasidagi aloqani 
anglash,
yuzaki 
qiyoslash
va 
muvofiqligini
bilish tasodifiy yuz bergan deb hisoblanadi. Bunda inson 
ajdodlari tafakkuri doirasi butun va bo‘lak munosabatni tushunish, 
makon va vaqt bog‘liqligini anglash hamda obyektlarni o‘zaro 
solishtirishda ularning tafakkur mantiqi hali ratsionallikdan xiyla 
uzoq bo‘lgan. ya’ni, tabiiy, hissiy bo‘lib, obyektni qamrashga harakat 
qilingan.
ibtidoiy kishilar tafakkuri moddiy ifodasini tilda topgan. lekin 
tafakkur va til tarkibiy tuzilishi jihatidan farq qiladi. ilk davrdanoq 
tafakkur shakllari va qonunlari uning tashuvchisiga nisbatan bir xil 
bo‘lgan. tafakkur har doim muayyan tildagi aqliy faoliyatdir. til 
bundan farqli holda tashuvchisi guruhi doirasi bilan cheklangan. 
uning moddiy ko‘rinishi bo‘lgan nutqning kelib chiqishi gominidlar 
kichik oilasi (pitekantrop, neandertal) davriga to‘g‘ri keladi. har bir 
til o‘ziga xos tarkib va ma’nodan iborat bo‘ladi. bu davrda til 
og‘zaki 
nutq
– vokalizatsiya shaklida, mimika, gavdaning holati va ishora 
yordamida olib borilgan aloqa ko‘rinishida mavjud bo‘lgan.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə