Shaxs va jamiyat


Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


29
8. sinergetika antroposotsiogenezni tushuntirishda nimaga 
asoslanadi?
9. Antroposotsiogenezda tasodifiylarning turi qanday?
10. inson shakllanishi ilk davrlari tezlashganini sinergetika 
qanday tushuntiradi?
5-§. Sotsiogenezning boshlanishi
antropogenez nazariyalaridan ko‘ ri na-
diki, ularda insonning ke lib chiqishida 
aniqlanmagan va tushuntirilmagan jihat lar 
anchagina. insondek murakkab mavjudot tadrijini izohlashda, balki 
bu tabiiy holdir. shunga ko‘ra, bu nazariyalar bir-birini to‘ldiradi, 
deb hisoblash mumkin. ulardan mantiqan o‘zini oqlaganlaridan 
(masalan, qurolsozlik, mehnat nazariyalaridan) 
ishchi nazariya 
sifatida foydalanish tavsiya etiladi. insonning kelib chiqishida tabiiy 
jarayonlarning o‘rni alohida bo‘lsa-da, boshqa jihatlarni ham inkor 
etib bo‘lmaydi. 
antropogenez jarayoni sotsiogenez (lotinchada socialis umumiy-
ijtimoiy va genesis – kelib chiqish) jarayoni bilan to‘ldirilganda xiyla 
oqilona tushuntirilishi mumkin. 
insonning sotsiogenezi haqidagi farazlar antropogenezni izoh-
laydigan ta’limotlardan anchagina ortiqligi bilan ajralib turadi. 
Antropogenez tabiatshunoslik, birinchi navbatda, biologiyaviy fanlar 
bilan izohlansa, sotsiogenez kishilik hayoti turlicha tashkil etilganligini 
o‘rganadigan ijtimoiy-gumanitar bilimlar orqali tushuntiriladi.
bu 
bilimlar tabiatidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqilsa, sotsiogenezning 
bayoni qanchalik murakkabligi ravshanlashadi. shunga ko‘ra, 
sotsiogenez nazariyalarida ko‘p jihatlardan formal mantiq kuchiga 
tayanishga to‘g‘ri keladi.
Oldinroq aytilganidek, antropogenez tarixi bir necha million 
yil avval boshlangan bo‘lib, dastlab primatlar qurollar bilan ishlash 
faoliyatiga ega bo‘lmagan. bular tayoqlar va toshlardan faqat himoya 
va hujum vositasi sifatida foydalanganlar.
inson tadrijining sotsiogenezi (bu jarayon 2 million yildan 
beri davom etadi) kishilarning sotsiumga mansub zotlar bo‘lib 
shakllanishini anglatadi. bunday shakllanish kishilarning muayyan 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə