Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

quvvat-axborot 
nazariyasi
oqsil nazariyasi
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


26
bo‘lgan bir nazariyaga ko‘ra, oliy primatlar o‘simlik mahsulotlariga 
oqsillarni qo‘shish ehtiyoji tufayli murdalarni ham iste’mol qilishgan. 
murda go‘shtlarini iste’mol holiga keltirish uchun turli moslamalar 
va olovdan foydalanishga uringan. shu yo‘l bilan inson kelib chiqishi 
ta’minlangan, deb qaraladi.
Mazkur nazariyani to‘ldiradigan yana boshqa fikrlar ham 
birmuncha to‘plangan. masalan, insonning o‘tmish qarindoshi bo‘lgan 
maymunlar o‘simlik mahsulotlari bilan bir qatorda go‘sht iste’mol 
qilishi va ularda o‘ziga xos ovchilik faoliyati borligi fanda ma’lum.
antropogenezning mehnat nazariyasiga 
muqobil bo‘lgan boshqa bir nuqtayi 
nazarga ko‘ra (uning asoschisi mutafakkir 
Lyuis Memford, 1845–1990
), ma’naviy 
madaniyatga belgilovchi o‘rin berib mashina va qurollarning o‘rni 
shubhaga olinadi. to‘g‘rirog‘i, ularning ahamiyati aql faolligining 
ko‘rsatkichi bo‘lish uchun yetarli hisoblanmaydi. ya’ni, inson 
ajdodlari o‘z o‘tmishining qaysidir bosqichida qurollardan foydalanib, 
o‘zlarini takomillashtirganlari belgilovchi omil bo‘la olmaydi. inson 
avval boshdan asosiy quroli – aqli yordamida o‘zining tanasini 
harakatlantiruvchi, aqlidan foydalanib o‘z-o‘zini takomillashtiruvchi 
mavjudotdir. bu jarayonda texnika yordamchi vazifani bajaradi. 
uning o‘zi hech qachon madaniy yaxlitlikdan ajratilmaydi. bu 
yaxlitlikdagi marosimlarning umumiy aniqligi qo‘l mehnatining zarur 
ko‘nikmalarini shakllantiradi.
yuqorida keltirilgan nazariya larning 
kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha 
ilgari surilgan noan’anaviy ta’limotlar 
ichida keyingi vaqtda tarqalayotgan l. mak lyuen qarashlari e’ti-
borni tortmoqda. amerikalik olim antropogenez nazariyasida bosh 
omil sifatida aloqa va munosabatga e’tibor qaratish lozim deb 
hisoblaydi. 
xx asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
an’anaviy, ratsionalizmga asoslangan 
mum toz fan tamoyillarini qayta baholash, 
ko‘rib chiqish jarayoni kechmoqda. uning 
hozircha ko‘zga tashlangan natijasi o‘laroq, «insonning tabiat bilan 
yangi suhbati, muloqoti» qayd qilinmoqda. ilmda 
sinergetika
deb 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə