Shaxs va jamiyat


Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


23
insonning kelib chiqishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida 
qayd qilingan kamchiliklarini bartaraf 
qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy 
zaminlariga e’tibor kuchaymoqda. Jumladan, bunda vulqonlarning 
tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, yerda iqlimning o‘zgarishi, 
quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radia - 
t siyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.
yana shuni ta’kidlash joizki, yuqorida sanalgan tabiiy asoslar 
avval ko‘rib chiqilgan nuqtayi nazarlarning ba’zilari, masalan, mehnat 
nazariyasi komponentlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu tasodifiy 
emas. Chunki hozirgi tadqiqotchilar ham qadimgi gominidlarning 
insonga aylanishi jarayonini o‘rganishdi. Faqat gap bu yerda mehnat 
nazariyasi to‘g‘risida bormay, balki tabiatdagi anomal hodisalarning 
inson kelib chiqishi jarayonida tutgan o‘rni haqidadir.
darhaqiqat, normal holatdagi o‘simlik yoki hayvon, shuningdek, 
inson ham anomal ta’sir ostida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarga 
uchrashi aniq. masalan, ota-onalarga o‘xshamaydigan odatdan 
tashqari qobiliyatli farzandlar dunyoga keladi. ular o‘zlari mansub 
bo‘lgan turning rivojlanishi qonunlariga go‘yo bo‘ysunmaydigan 
holdadir. agar bular insonni o‘zining qadimgi hayvon ajdodlaridan 
paydo bo‘lishi jarayoni tarzida mulohaza qilinsa, xiyla mantiqiylik 
kuzatiladi.
ma’lumki, afrika qit’asining janubida yer ostida jahondagi barcha 
uranning 70 foizi mavjud. Fan ma’lumotlariga ko‘ra, ayni shu mintaqa 
odamlarning ilk vatani – ularning kelib chiqqan joyidir. 
Radiatsiyaviy 
fon
yer qobig‘ining yorilishi, vulqonlarning faollashuvi, geomagnit 
anomaliyalar va hokazolar natijasida kuchayib, bu yerdagi odamsimon 
mavjudotlar tanasida 
mutatsiya
– jiddiy o‘zgarishlar hosil qilishi faraz 
qilinadi. mutatsiyalar tufayli primatlarda to‘la tarzda tik yurishga 
o‘tish, bosh suyagi hajmining kattalashuvi, jinsiy instinkt tabiatining 
o‘zgarishi va hokazolar ro‘y bergan. Jarayonning bundan keyingi 
davomi, ba’zi ilmiy farazlarga ko‘ra, qurollarning tayyorlaridan 
foydalanish, keyinroq esa ularni yasash va takomillashtirish tarzida 
kechgan. bu esa ilk odamning tubdan o‘zgarishiga va oxir-oqibatda 
aqlli odam bosqichiga o‘tishini ta’minlagan.
inson kelib chiqishining anomal nazariyasida boshqa nuqtayi 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə