Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

vernadskiy va Teyar de 
Sharden nazariyasi
darvinizm
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


19
tortilgan, balki o‘zida uni ifodalaydi. bunday yondashish asosida 
hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi doirasida insonning paydo 
bo‘lishi to‘g‘risida muayyan nuqtayi nazarni ilgari surish mumkin 
bo‘ladi. v.i.vernadskiy hayotni koinotiy hodisa hisoblab, unga 
tadrijiylikning qonuniy mahsuli sifatida qaragan. 
v.i.vernadskiy yerda hayotning kelib chiqishi va u bilan bog‘liq 
holda biosferaning paydo bo‘lishi insonning kelib chiqishidan 
boshlangan antropokoinotiy tizim fan rivojlanishining insoniy 
yo‘nalishi bilan qo‘shilib noosfera qaror topishini bashorat qilgan 
edi.
kelib chiqishi fransuz bo‘lgan, paleontologiya, qadimshunoslik, 
biologiya sohalarida taniqli olim va mutafakkir teyar de sharden 
diniy-mafkuraviy tamoyillarga tayangan holda «tadrijiy-koinotiy-
nasroniylik» nazariyasini ilgari suradi. bu nazariyaga ko‘ra, olamdagi 
butun mavjudot ruh uchqunlaridan tashkil topgan. Olam hodisalari 
oddiydan murakkabga tomon, pastdan yuqoriga qarab doimo 
o‘zgarishdadir. bunda ular o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lib, miqdoriy 
yoki sifatiy tomonlari bir-biriga o‘tib turadi. «barcha sohalarda, – 
ta’kidlaydi olim, – qandaydir miqdor yetarli darajada kuchaysa
ularning ko‘rinishi, holati yoki tabiati keskin o‘zgaradi: qiyshiqlik 
harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi, tekislik nuqtaga aylanadi, barqarorlik 
yo‘qoladi, suyuqlik qaynaydi, butun bo‘laklarga ajraladi». teyar de 
sharden inson kelib chiqishini ham o‘z ichiga olgan koinot o‘zgarishi 
jarayonlari bosqichlarini quyidagicha tushuntiradi: noorganik tabiat 
(«ilk hayot»), organik olam («hayot»), ma’naviy olam («fikr»), 
(«noosfera») va Xudo («Omega nuqtasi») yoki ulkan hayot «fikr» 
bosqichida o‘zida ruhiy quvvatni mujassamlaydigan inson kelib 
chiqadi.
bu nazariyadagi, diniy asosda bo‘lsa-da, amal qiladigan qat’iy 
determinizm tadrijiylikda hech qanday tasodifga o‘rin qoldirmaydi. 
mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga 
tirik mavjudotlar ichida alohida maqom 
berib, uning kelib chiqishini sakrashlar
inqilobiy jarayonlar tarzida talqin etadilar. bu jarayonlarda mehnatning 
tutgan o‘rni belgilovchi deb olinadi. bu nazariyaga ko‘ra insonning 
qaysi hayvondan va qanday tarzda kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi 
masalaga javob berish lozim edi. Charlz darvin va uning maslakdoshi 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə