Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Tadrijiylik ilmiy 
yo‘nalishi
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


18
dinozavrlardan 60
million yil avval 
sutemizuvchilar
(Matalia) sinfidan 
kelib chiqqan so‘nggi primat (primates)ning 
gominid
(hominid) 
oilasi insonning qadimiy ajdodlaridir. 2–3 million yil avval tadrijiy 
shakllana boshlagan inson (homo) zoti dastlabki 
mohir odam
(homo 
habilis)ning turli avlodlari nutq kurtaklariga, rivojlangan panjalariga 
ega, qo‘l cho‘qmorlari tayyorlashga qodir 
maymun-odam
(pitekos 
antropos), keyin esa qadimgi odam (arhantropos) va 150 ming yil 
avval kelib chiqqan, miyasi rivojlangan, nutqi ravon va xilma-xil 
mehnat qurollarini yasay oladigan va tik yuruvchi odam (homo 
erectus) bosqichlarini bosib o‘tgan. hozirgi odam – 
aqlli odam
(homo 
sapiens) turi yer sharida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 90–100 ming 
yildan beri yashab keladi.
tadrijiylik doirasidagi darvin ta’li motiga 
ko‘ra insonning kelib chiqishi va mav-
judligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, 
irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi.
Charlz Robert Darvin
(angliya, 1809–1892) 
«Tabiiy tanlanish 
yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda 
maqbul zotlarning saqlanishi»
(1859), 
«Madaniy o‘simliklarning va 
uy hayvonlarining o‘zgarishi»
(1859), 
«Madaniy o‘simliklar va uy 
hayvonlarining o‘zgarishi»
(2 jildlik, 1871), 
«Inson va hayvonlarda 
emotsiyaning ifodalanishi»
(1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning 
tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. biologiyaviy tushuntirish me’yorlari 
va ideallarini qayta qurdi. lamarkning chiziqli determinizmi bartaraf 
etilgan edi.
darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to‘la 
shakllanib bo‘lmagan edi. shuning uchun ham unda insonning 
biologiyaviy, ruhiy
va 
ijtimoiy
jihatlari o‘z aksini topmagan. k. marks 
va boshqalarning ijtimoiy omillar to‘g‘risidagi nazariyalari bu 
ta’limot muallifiga noma’lum edi. Shu va boshqa sabablarga ko‘ra, 
darvinizmning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar nazarga 
olinmagan.
darvinning tadrijiylik nazariyasi nuqsonlarini dastlab tad-
rijiylikning mehnat nazariyasi to‘ldirishga qodirday ko‘ringan edi.
bu nazariyaga ko‘ra moddiy obyektlar 
harakati maqsadga yo‘naltirilgan tarzda 
kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə