Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Asotirlar va dinlarda 
insonning yaratilganligi 
to‘g‘risida
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


16
uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‘sinda odam 
tirik jon 
bo‘ldi»
1
.
Qur’oni karimda
bu jarayon quyidagicha ifodalangan: «…biz 
insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. so‘ngra uni (inson 
naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. 
so‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha 
go‘sht qilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni suyaklar qilib yaratib, (bu) 
suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan 
butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik»
2
.
Buddaviy
dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha 
hisoblangan dxarma harakatidan iborat. bunda har bir alohida 
mavjudotga doim harakatda bo‘lgan kuchlarning o‘tkinchi yig‘indisi 
sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko‘ra va 
ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi.
ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma-
xil. shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga 
harakat qilishgan. albatta, bunda tayanch nuqta bo‘lib asta-sekin 
to‘planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan.
diniy ta’limotlarga muqobil ilgari 
surilgan nazariyalar o‘tmishda, ayniqsa, 
yangi zamonning boshlaridan yevropada 
to‘plangan ma’lumotlar insonning paydo bo‘lishiga doir avvalgi diniy 
nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. masalan, tasodifan yoki 
maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil 
suyaklarning
, garchi ular 
boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga 
ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. bundan tashqari, hayvonlarning 
ayrim yuqori turlaridagi ba’zi sifatlar maymunlarning 
morfologik
tuzilishi va qushlarning 
ikki oyoqda yurishi,
ko‘pgina jonzotlarning 
eng sodda qurollar yordamida 
«uy-joy» qurish
, o‘ziga xos tarzda 
tildan, raqsdan 
foydalanishi, 
jamoa
bo‘lib yashashi va hokazolar 
ham e’tibordan tashqarida qolmagan. O‘z navbatida, bular odamning 
yaratilishi to‘g‘risidagi diniy qarashlarga bog‘liq bo‘lmagan holda 
tushuntirilishi lozim edi. yoki topilgan 
tosh qurollarning
kimga 
tegishliligi ko‘p bahslarga sabab bo‘ldi. bu qurollarni hayvonlar 
yasamaganliklari uchun ularniki bo‘lolmasligi aniq edi.
1
injil. 2–3-betlar.
2
«qur’oni karim». «mo‘minun» surasi. 12–14-oyatlar. «Cho‘lpon»t., 2001, 
342-bet.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə