Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Tabiatshunoslik 
dalillari
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


17
inson kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilmiy 
yo‘nalish organik olamdagi barcha 
mavjudotlarning rivojlanishi to‘g‘risida 
xix asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o‘laroq 
xiyla asoslab berilgan. tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya, 
fiziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy 
ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya 
materiallari har tomonlama o‘rganilgan edi. bu nazariya o‘z ichiga 
kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi.
antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba’zi jihatlardan xviii 
asrda yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida 
maydonga kelgan. masalan, shotlandiyalik geolog olim 
Jeymas Petton
(1726–1795) ilgari surgan geologiyaviy farmatsiyalar to‘g‘risidagi 
tadrijiylik nazariyasida yer sayyorasining geologik tarixi, uning u 
yoki bu qismining yemirilishi va boshqa qismi kelib chiqishining 
qaytarilib turishi sikllari sifatida talqin qilingan edi. keyinroq, 1796-
yilda fransuz olimi 
Pyer Simon Laplas
(1749–1827) quyosh tizimi-
ning «dastlabki» tumanliklardan kelib chiqqanligi nazariyasini ilgari 
surdi. bu nazariya Olamning 
I. Nyuton
mexanikasiga asoslangan
statik qiyofasi o‘rniga, tadrijiy mexanika qiyofasi to‘g‘risidagi 
qarashlarini ifodalagan edi.
laplasning zamondoshi ingliz vrachi va tabiatshunosi 
Erazm 
Darvin 
(Charlz darvinning bobosi) o‘zining «zoonomiya» dostonida 
(1796) ilgari surgan nazariyasida tashqi muhit ta’sirida hayvonlar 
hayotini tadrijiy tushuntirib berdi.
Jan Batist Lamark
(Fransiya, 1744–1829) organik dunyo tadriji 
to‘g‘risida o‘ziga qadar yaratilgan ta’limotlar ichida xiyla mukammal 
nazariyani asosladi. unga ko‘ra hayvonlar, o‘simliklar turlari 
doimo o‘zgarib boradi. bunda tashqi ta’sir ostida ularning tuzilishi 
murakkablashib va ichki salohiyatiga binoan ular takomillashib 
boradi. Olim tadrijiylik tamoyilini jonli tabiatning yagona qonuni deb 
ko‘rsatgan.
tabiatshunoslik dalillariga tayangan holda aytish mumkinki, 
insonning kelib chiqishi to‘g‘risida turli-tuman qarashlar mavjud. 
Jumladan, ulardan biriga ko‘ra, o‘tmishi 100 million yillarga borib 
taqaladigan
xordalilar
(Chordata) tipiga mansub bo‘lib, qandaydir 
koinotiy falokat tufayli qirilib ketgan umurtqalilarning kichik avlodi – 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə