Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Asosiy tushunchalar

B
ilish
– insonning tashqi dunyo hodisalari va o‘zi to‘g‘risida 
zarur bilimlarga ega bo‘lish salohiyati.

Bilim
– bilish jarayonining yakuniy ifodasi.

haqiqat
– bilimlarning voqelikka mos kelishidir.
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


15

Fan
– tartiblangan va turmushda qo‘llanilayotgan bilimlarning 
keng maqomda, ijtimoiy institut sifatida olinishi.

Falsafa
– alohida taxlitdagi bilimlar tizimi bo‘lib har qanday 
dunyoqarashning umummag‘zini t
ashkil etadi.
Savollar va topshiriqlar
1. inson bilishi o‘z-o‘zidan
kechadimi yoki maxsus amalga 
oshiriladimi?
2. inson bilishi o‘zini o‘zi bilishdan boshlanadimi yoki tashqi 
dunyoni bilishdan?
3. bilish jarayoni qanday tarzda kechadi?
4. haqiqat muammolarini mulohaza qilib ko‘ring.
5. Falsafiy donolik bilan fan haqiqati umumiylikka egami?
6. hozirgi zamon bilimlarining postnomumtoz tabiatini 
tushuntirib bering.
3-§. insonning yaratilishi to‘g‘risidagi diniy 
qarashlar va kelib chiqqanligi haqidagi 
an’anaviy ilmiy nazariyalar
dastlabki asotiriy tushunchalarga ko‘ra 
inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. 
Shumerliklarning
saqlanib qolgan mif-
laridan birida tasvirlanishicha, erkak 
va ayol xudolar suv xudosi bo‘lgan eng dono 
Enkiga
oziq-ovqat 
va ichimlik miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab mu-
rojaat qiladilar. u yer boyliklari xudosi bo‘lgan xotini 
Ninmax
bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli
qilib yasaydi. loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol 
bo‘lgan.
birinchi insonning paydo bo‘lishi xususida qadimgi yunon 
miflarida hikoya qilinishicha, 
Olimp
cho‘qqisida yashagan xudolardan 
odamlar tug‘ilgan. 
Nasroniylikning
muqaddas kitobi 
«Injil»da
aytilishicha, 
«…Yana 
Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik. 
U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun 
yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik 
qilsin»,
dedi … xudovandi karim yerning tuprog‘idan odamni yasab, 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə