Shaxs va jamiyat


Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


11
2-§. insonning o‘zini o‘zi hamda tashqi dunyoni bilishi 
zarurligi va imkoniyatlari
inson o‘zini o‘rab turgan voqelik bi lan 
munosabatga kirishishga, uni bilish ga
majbur. bilish inson bilan dunyo o‘rta -
si dagi asosiy munosabatdir. 
Birinchidan
, inson tabiatan har narsaga 
qiziquvchan mavjudot. U o‘zi atrofida yuz berayotgan voqea lar-
dan hayratlanadi, ularning tag ildizlarini bilishga harakat qiladi. 
Ikkinchidan
, insonning muayyan ehtiyojlari uni atrof-muhitga mosla-
shi shini taqozo qiladiki, bu ham bilishga undaydi. 
Uchinchidan

insonda oqilona tushuntirish qiyin bo‘lgan ichki bir jihat ham 
borki, u insonning bilishga doir xatti-harakatini stixiyali bo‘lsa-da, 
belgilaydi.
shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, biluvchi mavjudot bo‘l-
gan inson o‘zini o‘zi bilishga ham harakat qiladi. Odatda, insonning 
qaysi ijtimoiy-madaniy muhitda shakllanganligiga ko‘ra, uning bilishi 
belgilanadi. sharqona an’analarda insonning o‘zini o‘zi bilishiga katta 
ahamiyat berilgan.
O‘zini o‘zi bilish tashqi dunyoning bilishi zaruriyati bilan 
bog‘liqlikda kechadi. lekin inson har doim ham o‘zi to‘g‘risida 
obyektiv va mukammal bilimga ega bo‘lavermaydi. uning o‘zini 
o‘zi bilishi boshqalarning u to‘g‘risidagi bilimlari va tashqi dunyoni 
bilishi natijalari bilan muqoyasa etilmog‘i, to‘ldirilmog‘i lozim. bunda 
nazarda tutish kerakki, g‘arb – yevropa madaniyatida insonning tashqi 
dunyoni o‘zlashtirishi, egallashi muhim hisoblanadi.
insonning bilishida har doim tevarak-atrof hodisalarini 
(dunyo 
qanday tuzilgan? Uning sir-u sinoati nimada? va h.k.),
o‘zining 
imkoniyatlarini 
(dunyoni bilishi muammolari)
va yashashi shartlarini 
(yashashning ma’nosi, maqsadi va h.k.)
mulohaza qilishi lozim. 
Bular, ayni vaqtda, falsafiy bilishning tegishli tarzda, uchta katta 
qismi – ontologiya (qadimgi yunoncha ontos – voqelik, borliq, logos – 
ta’limot), 
gnoseologiya
(gnosus – bilish) va 
antropologiya
(antropos – 
inson) muammolari jumlasiga kiradi.
bilish insonning ko‘rish, eshitish, hid 
bilish, ta’m bilish va tuyish 
sezgilari
orqali voqelikdan olgan ta’sirlaridan 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə