Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

hozirgi bilimda 
inson sifatlarining 
umumlashtirilishi
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


10
Ikkinchidan,
inson ijtimoiy tabiatiga ko‘ra mehnat qurollari 
yasaydi, olovdan foydalanadi. Tilga ega bo‘lib, o‘z fikr-o‘ylari va 
g‘oyalarini ifodalay oladi; o‘ziga ma’lum bo‘lgan va bo‘lmagan 
narsalarni yarata oladi, ishlab chiqara oladi, unga hech narsa yot emas: 
nozik did egasi, saxiy va xudbin, yumshoq va qat’iyatli, mehrli va 
g‘azabli.
Uchinchidan,
inson o‘zining ruhiy-ma’naviy mavjudot maqomiga 
binoan yuksak intellekt, xotiraga, tengsiz hissiyotga egaligi, o‘ylash, 
rad qilish, hisob-kitob qilish, rejalashtirish, xayol surish va hokazo 
imkoniyatlari bilan mo‘jizalidir. Faqat u o‘zining o‘limini oldindan 
ko‘ra oladi. voqelikka eng yuksak darajada mehr qo‘ya bilishi, 
aldashi, va’da berishi, hayratlanishi, qayg‘urishi, nafratlanishi, kinoya 
qilishi, rollarni bajarishi mumkin va h.k. bularni mulohaza qilish o‘z 
navbatida inson bilishining falsafa, fan va din kabi sohalaridagi jiddiy 
muammolardandir.
Asosiy tushunchalar

inson
– sayyoradagi jonli tabiatning eng yuksak bosqichini 
ifodalab, jamoaviy va anglangan hayot tarziga ega mavjudot.

inson tabiati
– odamzod mavjudligining biologik, ruhiy, 
ijtimoiy va hozirgi vaqtda koinotiy jihatlar yig‘indisi sifatida 
qaralishi.

donishmand
– inson va uning olamga munosabatini mulohaza 
qilish hamda boshqalarga tushuntirish salohiyatiga ega 
mutafakkir.
Savollar va topshiriqlar
1. Inson fenomenining ko‘p tavsifliligi ijobiy hodisami yoki 
salbiy hodisami?
2. insonni hayvondan farqlaydigan eng umumiy jihatlar 
nimalarda ko‘rinadi?
3. Ijtimoiy-ruhiy jihatdan inson qanday tavsiflanadi?
4. «mo‘jizalar ichida eng ajoyibi insondir» iborasini siz qanday 
tushunasiz?

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə