Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Bilish – insonning 
ehtiyoji
Bilish darajalari
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


12
boshlanib, shu sezgilarning oddiy tarzi – tuyg‘ular, so‘ngra 
idrok
yoki hissiy qabul qilish va tasavvurdan tashkil topadi. bu uning 
hissiy
bilish
deb atalgan birinchi darajasini bildiradi.
hissiy bilishdan boshlangan jarayon 
aqliy (ratsional) bilish 
darajasi bilan yakunlanadi. uning shakllari bo‘lib 
tushuncha
(muayyan 
turdagi narsa, hodisa yoki voqea to‘g‘risida umumlashma fikr), 
hukm 
(tasdiq yoki inkorni bildirgan fikr) va 
xulos
a (olingan yangi 
fikr) hisoblanadi. Umuman olganda, bilish hissiylik va ratsionallik 
birligidan iboratdir.
bilishning bu o‘zaro taqozolangan ikki darajasi inson hayot 
faoliyatining barcha sohalarida va u aloqada bo‘lgan voqelikni 
o‘rganishda ham amal qiladi.
bilishning natijasi 
bilim
bo‘lib, xilma-xil tarzlarda mavjuddir.
voqelik haqida bilimlarga ega bo‘lishda bilish jarayoni doirasida 
xotira, xayol, intuitsiya
va 
ijod
hodisalari ham kuzatiladi. agar xotira 
yordamida inson hissiy va aqliy shakllarda olingan bilimlarni saqlab 
qolsa va tiklasa, xayol yordamida esa ilgari ma’lum bo‘lgan yoki 
yangi his-tuyg‘ular va fikrlar gavdalantiriladi. Odatda, xayolda har 
doim yangilik unsurlari bo‘ladi.
intuitsiya (e’tiborli qarash) yordamida inson dalillar va muloha-
zalarsiz muayyan bilimga ega bo‘ladi. qator mutafakkirlar intuitsiyani 
inson va uni o‘rab turgan Olam o‘rtasidagi har doim mavjud bo‘lgan 
muvofiqlik deb qaraydilar.
bilish insonning ajralmas salohiyati ekanligidan uning tabiatan 
ijodkorligi kelib chiqadi. ijod – bu ilgari bo‘lmagan bilimni yoki uning 
asosida u yoki bu moddiy obyektni yaratishdir. ijodkorlik darajalari 
farqlanadi. 
Geniallik
tufayli eng ko‘p natijaga erishish mumkin. 
talantlilik ham insonning yuksak salohiyati ifodasidir.
bilimning voqelikka qanchalik mos 
kelishligi – haqiqat masalasi qadimdan 
hozirgacha mutafakkirlarni o‘ylantirib 
keladi. Bunda, ayniqsa, hozirgi davrda bu xususda xilma-xil fikrlar 
o‘rtaga tashlanmoqda. ulardan biriga, 
muvofiqlik konsepsiyasi
deb 
atalganiga ko‘ra, fikrning u ifodalagan obyektga aynan mos kelishi 
haqiqat bo‘lib, uni har qanday sharoitda tekshirish mumkin.
haqiqatning 
boshqa bir konsepsiyasiga
ko‘ra, obyekt haqidagi 
bilimlar o‘zaro olinganda ziddiyatli bo‘lmasligi kerak. bu jihatdan 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə