Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

mehnat nazariyasi
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


20
Alferd Uollesning
tadrijiylik nazariyasi tarafdori bo‘lgan ingliz 
tabiatshunosi 
Tomas Gekslining
1863-yilda bosilib chiqqan 
«Tabiatda 
insonning o‘rni»
asarida birinchi marta maymunlar, xususan, 
shimpanze va gorillo bilan insonning o‘xshash tomonlari to‘g‘risidagi 
g‘oyani asoslashga jiddiy urinilgan.Oradan o‘n yilcha o‘tgandan so‘ng 
Ch. darvinning kishilar ajdodlarining kelib chiqqanligi haqida yangi 
dalillar keltirilgan navbatdagi tadqiqoti – 
«Insonning kelib chiqishi va 
jinsiy tanlov»
asari yaratildi. unda inson allaqachonlar qirilib ketgan 
qandaydir neytral mavjudotlardan kelib chiqqan degan g‘oya ilgari 
surilgan. Lekin bu fikrlarga qaramay F.Engelsning 
«Maymunning 
odamga aylanishi jarayonida mehnatning roli»
asari ta’sirida inson 
va maymun yaqinligi to‘g‘risidagi faraz keng tarqaldi.
mehnat nazariyasiga ko‘ra insonning maymundan qanday kelib 
chiqqanligini asoslash muammoligicha qolmoqda. bunda, ayniqsa, 
insonning maymundan uchta asosiy farqi – 
tik yurishi, qo‘llarining 
rivojlanganligi
hamda katta hajm va vaznga ega bo‘lgan 
miyaga 
egaligi o‘z izohini talab qilmoqda.
Olimlar, jumladan, fransuz atropologi 
Buje da Pert
qo‘yilgan 
masalaning javobini inson ilk ajdodlarining mehnat qurollarini yasash 
faoliyatidan topishga harakat qildi. tik yurishni izohlashda esa yashash 
muhitining o‘zgarishi, masalan, inson ajdodlarining o‘rmondan keng 
tekislikka chiqishi yoki qoyali joyda hayot kechirishiga o‘tish va h. k. 
bilan bog‘liq omillarni asos qilib oladi.
miyaning hajmi va og‘irligi hamda qo‘llarning rivojlanishi 
to‘g‘risida ham ko‘pdan ko‘p o‘zaro yaqin bo‘lgan qarashlar ilgari 
surildi.
lekin keyingi yarim asrcha vaqt ichida qadimshunoslik 
(arxeologiya), genetika, zoologiya kabi fanlarda qilingan kashfiyotlar 
tadrijiylikning mehnat nazariyasi pozitsiyasini muayyan darajada 
kuchsizlantirdi. xususan, arxeologlarning hindiston va sharqiy 
Afrikada qilgan kashfiyotlari, ya’ni, topilgan suyak qoldiqlari
ibtidoiy odamlarga tegishliligi yoki ayrim jihatdan hozirgacha 
topilgan tosh qurollardan ham qadimiyligi ma’lum bo‘ldi. buni 
esa ba’zi olimlar ajdodlarimiz avval inson ko‘rinishini olganligi va 
so‘ngra esa tosh qurollar yasaganligi tarzida izohlaydilar. genetika 
fani ma’lumotlariga ko‘ra, inson qadimgi ajdodlarining qurollar 
yasash faoliyati genda qayd etilmaydi va irsiy yo‘l bilan avloddan 
avlodga o‘tmaydi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə