Shaxs va jamiyat


Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


21
maymunlarni uzoq o‘rgangan zoologlar ularning eng sodda 
mehnat qurollari yasay olishini va o‘ziga xos ovchilik xususiyatlariga 
ega ekanliklarini qayd qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, maymunlar 
odamsifat hayvon ajdodlarining bir qismi bo‘lib, mehnat faoliyatini 
bajarolmagani tufayli o‘sha davr darajasida qolib ketgan. boshqa 
qismi esa ayni mehnat faoliyati tufayli insonga aylangan. biroq bu 
taxminlar ham hamon muammoligicha qolmoqda.
endi haqli savol tug‘iladi: insonning hayvon ajdodlari mehnat 
faoliyati qat’iy ma’noda tabiatda tayyor holda berilmagan mehnat 
qurollari yordamida amalga oshganmi? agar ushbu savolga ijobiy 
javob berilsa, ana shu hodisa inson kelib chiqishidagi 
birinchi sak-
rash 
hisoblangan bo‘lur edi. 
Ikkinchi sakrash
aqlli inson bosqichiga 
o‘tishda yuz bergan deb qaraladi. afsuski, bu har ikki holat ham 
o‘zining aniq ilmiy yechimini hamon topganicha yo‘q.
antropogenezning mehnat nazariyasi 
bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari 
xx asrning ikkinchi yarmida koinotni 
o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlan-
moqda. buning qator sabablari bor, albatta. masalan, uchuvchi 
boshqaradigan fazo kemalarining yer orbitasiga chiqarilishi, quyosh 
tizimidagi yaqin va uzoq sayyoralarga ilmiy-amaliy maqsadlarda 
kemalar uchirilishi, shuningdek, yerdan tashqari sivilizatsiyalar 
to‘g‘risidagi masalalarning fanda keng muhokama qilinishi shular 
jumlasiga kiradi.
Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis 
hisoblangan akademik n.p.bextereva nuqtayi nazariga ko‘ra inson 
koinotdan yerga kelib ko‘payib ketgan. haqiqatan ham, hozirgi 
zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi 
tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar 
to‘plangan. masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar 
va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat 
to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. lekin yerda inson 
miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha 
past. binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida 
koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib, 
hozirgacha saqlanib qolgan.
bu nazariya doirasida shveytsariyalik 
Erix Fon Denikenning

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə