Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Anomal hodisalar 
nazariyasi
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


24
nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. bu nazariya ba’zi primat-
larning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini, 
dastlabki odamning ilk tosh qurollardan qadimiyroq ekanini va 
hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda 
tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani tasdiqlovchi misollar 
hozircha yetarli emas. shunday qilib, antropogenez muammolari 
bugunga qadar o‘z yechimlarini kutmoqda.
Asosiy tushunchalar

Antropogenez
(yunoncha, insonning kelib chiqishi) – inson 
zoti kelib chiqishi jarayoni, shart-sharoitlari va mexanizmini 
anglatadigan tushuncha.

din
– insonning xudoga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan 
dunyoqarashi, dunyosezishi va xatti-harakatlari tizimi bo‘lib, 
o‘z ichiga ijtimoiy me’yorlar, rollar, odatlar, e’tiqodlar, 
standartlar, tashkiliy shakllarni oladi. hozirgi vaqtda monistik 
nasroniy, islom va budda jahoniy dinlar hisoblanadi. bundan 
tashqari, uning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolgan shakllari ham 
uchraydi.

injil
(yunoncha: xushxabar, ezgu xabar) – iudaviy va nasroniy 
dinlarning muqaddas kitobi.

mehnat
– insonning maqsadga muvofiq faoliyati.

mif
(yunoncha: 
hikoya qilish, arabchada:
asotir – ertak) – 
kishilar qadimgi davr dunyoqarashining o‘ziga xos namoyon 
bo‘lish shakli bo‘lib, o‘zida uning unsurlarini (masalan, 
g‘ayritabiiylikni) jam etgan.

muhit
– inson o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jamiki shart-
sharoitlar yig‘indisi.

Tadrijiylik
– keng ma’noda Olam va uning turli sohalaridagi 
o‘zgarishlar kechishi to‘g‘risidagi falsafiy va ilmiy nazariya, tor 
ma’noda esa sekin-asta bo‘ladigan o‘zgarishlar tavsifi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə