Xaydarova sevara



Yüklə 181,31 Kb.
səhifə1/8
tarix09.05.2023
ölçüsü181,31 Kb.
#109332
  1   2   3   4   5   6   7   8
xaydarova sevara kurs ishi 2023


RENESSANS TA’LIM UNVERSITETI


FE’L SO‘Z TURKUMINING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

mavzusidagi

KURS ISHI


Bajardi: FTO‘ – 302 guruh talabasi
XAYDAROVA SEVARA


Ilmiy rahbar: “Pedagogika va ijtimoiy fanlar”
Kafedra dotsenti v.b. Marufova Z.N.,
fil. fan. falsafa doktori (PhD)_____________

TOSHKENT - 2023
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………..……..3

  1. Bob. Fe’lning ma’no jixatdan turlari…………………………….…6

    1. Fe’lning ta’rifi va leksik gramatik xususiyatlari………………………6

    2. Fe’lning tuslanishi……………………………………………………12

    3. Fe’llarning zamon ko‘rsatkichlari……………………………………18

  2. Bob. Fe’llarning yasalishi…………………………………………..22

    1. Fe’llarda zamon ko’rsatgichlari……………………………………...22

    2. Fe’llarning yasalishi………………………………………………….25

Xulosa………………………………………………………………………….31
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...32


Kirish
“Fe’l” mavzusini o‘rganishda asosiy vazifalar: so‘z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shaklantirish, o‘quvchilar nutqini fe‘llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to‘g’ri foydalanish ko‘nikmasini o‘stirish, o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim orfografik qoidalarni o‘zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bog’liq holda hal etiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang’ich sinf o‘quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligini hisobga olinadi.
Fe’lga so‘roq berishga o‘rgatish yuzaki bo‘lmasligi, o‘quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi? Nima qilayapti? Nima qilmoqchi? So‘roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so‘roqlarga javob berishga o‘rgatish o‘z navbatida, fe‘l zamonlarini o„rgatishga tayyorlash demakdir. Bu bosqichning asosiy vazifasi “fe‘l–so‘z turkumi” degan tushunchani shakllantirish, bo‘lishliva bo‘lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko‘nikmasini hosil qilish, bo‘lishsizlik qo‘shimchasining talaffuzi va imlosini o‘rgatish hisoblanadi.
Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o‘quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o‘qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni bolalarning o‘zlari bajaryotgan ishharakatni aytishni so‘raydi, suhbat o‘tkazadi. Suhbatda “O‘qituvchi nima qildi? O‘quvchilar nima qildilar? Hozir o‘qituvchi nima qilayapti? O‘quvchilar nima qilayaptilar? Endi o‘quvchilar nima qiladilar? O‘qituvchi nima qiladi?” kabi savollardan ham foydalanadi. Suhbat jarayonida o‘qituvchilar o‘qituvchi rahbarligida fe’llarni so‘rog’i bilan yozib boradilar. Masalan, nima qildi? So‘zladi, tushuntirdi; nima qildilar? Tingladilar, yozdilar; nima qilayapti? Tushuntirayapti, so‘rayapti, tinglayapti, nima qilayaptilar? Javob berayaptilar, yozayaptilar, tinglayaptilar; nima qiladi? Tekshiradi, ko‘radi; nima qiladilar? Ishlaydilar, bajaradilar, yozadilar. Suhbat va o‘quvchilar aytgan gaplardan birini gap bo‘lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi? Nima qilayapti? Nima qiladi? Kabi so‘roqlarga javob bo‘lib, predmet harakatini bildirgan so‘zlar fe’l deyiladi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi.
Mavzu yuzasidan o‘quvchilarda ko‘nikma hosil qilish uchun so‘roq berib fe’lni aniqlash, gap mazmuniga mos fe’lni tanlab qo‘yish, aralash berilgan so‘zlardan, shuningdek, rasmga qarab gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Dasturga ko‘ra bu sinfda bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar o‘rganiladi. Mavzu suhbat asosida tushuntiriladi. Suhbat o‘qish darsida kimlar o‘qidi? Rahim ham o‘qidimi? Kim so‘zladi? Ravshan so‘zladimi? Ra’no kutubxonaga boradimi? Abdulla-chi? U qachon bormoqchi? Hozir kim tushuntirayapti? Hozir Halima gapirayaptimi? Savollaridan ham foydalaniladi. O‘quvchilar so‘roq berib fe’llarni topadilar, ma’nosini qiyoslaydila va o‘qituvchi rahbarligida tushuntiradilar.
Xulosa chiqariladi: fe’l harakatning yuza chiqqanini, ya‘ni bajarilganligini (o‘qidi, so‘zladi, hozir bajarilayotganini (tushuntirayapti), endi bajarilishini (boradi) bildiradi. Bu fe’llar bo‘lishli fe’llar deyiladi. Ayrim fe’llar harakatning bajarilmaganligini (o‘qimadi, so‘zlamadi), hozir bajarilmayotganini (o‘qimayapti), keyin ham bajarilmasligini (bormaydi) bildiradi. Bunday fe’llar bo‘lishsiz fe’llar deyiladi. 4-sinfda fe’lni o‘rganish. Bu sinfda fe’lni o‘rganishning vazifasi:
1. Fe’lning shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanishi, zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgarishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko‘nikma hosil qilish fe’lning leksik ma’nolari, bo‘lishli va bo‘lishsizligi, gapdagi vazifasi haqidagi bilimni chuqurlashtirish.
2. Nutqda fe’ldan ongli foydalanish masalasini rivojlantirish. Shu maqsadda nutqda sinonim va antonim fe’llarning matn bilan bog’liq holda va ko‘chma ma’noda ishlatilgan fe’llar bilan tanishtirib borishga qaratilgan mashqlardan foydalanish.
3. O‘tgan zamon qo‘shimchasining talaqquzi va yozilishi haqidagi ko‘nikmani hosil qilish.
4. Qo‘shma fe’llar va ularning doim alohida yozilishi haqidagi tushunchani berish va dastlabki ko‘nikmani hosil qilish hisoblanadi.



  1. Yüklə 181,31 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə