Xaydarova sevara



Yüklə 181,31 Kb.
səhifə5/8
tarix09.05.2023
ölçüsü181,31 Kb.
#109332
1   2   3   4   5   6   7   8
xaydarova sevara kurs ishi 2023

Yaqin o`tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan bir oz oldin, ammo so`zlovchining ko`z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go`zal vodiydagi Gullar bog`i ko`klam libosi bilan bezandi .
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ancha oldin bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so`zlanib turgan paytda xabar qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko`ylak; nimcha, durra, peshonabog`, xullas bor boricha yo`q holicha yasalgan.
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda eslash, eshitilganlik kabi qo`shimcha modal ma’nolarga ham ega bo`ladi. Uzoq o`tgan zamonning bo`lib o`tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan edim, o`qigan eding, o`qigan edi; o`qigan edik, o`qigan edingiz, o`qigan edilar kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o`qigan ekanman, o`qigan ekansan, o`qigan ekan; o`qigan ekanmiz, o`qigan ekansiz, o`qigan ekanlar kabi; bo`lib o`tgan ishharakatning so`zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish (qisqa shakli –mish) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan emishman, o`qigan emishsan, o`qigan emish; o`qigan emishmiz, o`qigan emishsiz, o`qigan emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo`g`riqish yo`qolib, uning o`rnida nafislik paydo bo`lgan edi (X.No`’mon). Mirza Bahrom unday ma’no chiqishini sira ko`zda tutmagan ekan, o`sal bo`ldi (A.Qahhor).
O`tgan zamon hikoya fe’li kutilmaganda, qisqa vaqt ichida nutq so`zlanib turgan paytdan ilgari bajarilgan (yoki bajarilmagan) ish-harakatni hikoya qilish, tasvirlash yo`li bilan ifodalaydi. Masalan: Halol rizq istab, mehnat qilib, charchab uxlagan kishi shu kechani ma’rifat qilingan holda o`tkazibdi (Hadisdan).
O`tgan zamon hikoya fe’lining eslay (eslatish) ma’no ko`rinishi ham bor. Bu shakl o`tgan zamon –b (-ib) ravishdoshiga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali hosil bo`ladi.
O`tgan zamon maqsad fe’li nutq so`zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo`lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko`nglidagi hamma sir-asrorini to`kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi.
Hozirgi zamon. Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi.
Hozirgi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra 2 turga bo`linadi:
1) hozirgi-kelasi zamon fe’li,
2) hozirgi zamon davom fe’li.
Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytda va undan keyin ro`y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu chigal tugunlarni o`zi echilmasligini sezadi
Kelasi zamon. Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi.
Kelasi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra ikki turga bo`linadi:
1) kelasi zamon gumon fe’li;
2) kelasi zamon maqsad fe’li. Kelasi zamon gumon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish-bajarilmasligi mo`ljallanishini, taxmin qilinishini ifodalaydi.
Masalan: Bugun havo ochiq bo`lar.
Kelasi zamon maqsad fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilishi maqsad qilib olingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: Men kuzdan boshlab o`qishni davom ettirmoqchiman, so`ngra qishloq xo`jalik institutiga kirmoqchiman.


    1. Yüklə 181,31 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə