Xaydarova sevara


Bob. Fe’lning ma’no jixatdan turlari



Yüklə 181,31 Kb.
səhifə2/8
tarix09.05.2023
ölçüsü181,31 Kb.
#109332
1   2   3   4   5   6   7   8
xaydarova sevara kurs ishi 2023

Bob. Fe’lning ma’no jixatdan turlari

  1. Fe’lning ta’rifi va leksik gramatik xususiyatlari

Feʼl — harakat bildiruvchi soʻzlar turkumi va shu turkumga oid har bir soʻz. Grammatikada "harakat" soʻzi keng tushunchali boʻlib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, mas: yugurmoq, sakramoq, yigʻlamoq, uxlamoq, oʻylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, koʻpaymoq va boshqa
Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega yoki ega emasligiga koʻra 2 turga boʻlinadi: mustaqil Feʼllar, yordamchi Feʼllar. Mustaqil Feʼllar, xuddi boshqa mustaqil soʻz turkumlariga oid soʻzlar kabi, lugʻaviy maʼnoga ega boʻladi, gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladi va h.k. (qarang Soʻz turkumlari). Yordamchi Feʼllar lugʻaviy maʼnoga ega boʻlmaydi. Ular turli yordamchi vazifalarda kelib, turli qoʻshimcha maʼnolar ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi Feʼllar oʻz vazifasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: 1) feʼl yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar: qil, et, ayla, boʻl (qabul qilmoq, taklif etmoq, tamom boʻlmoq kabi); 2) Feʼlning analitik shaklini yasash uchun xizmat qiluvchi yordamchi Feʼllar (bular, odatda, "koʻmakchi Feʼllar" deb yuritiladi). Feʼlning bunday shakllari turli grammatik, modal va boshqa maʼnolarni ifodalaydi: oʻqib boʻldi, koʻrib qoldi, qoʻrqib ketdi va boshqa; 3) bogʻlama vazifasini bajaruvchi yordamchi Feʼllar. Masalan, qil, boʻl: sportchi boʻlmoq, oʻqituvchi boʻlmoq.
Hozirgi oʻzbek tilida yordamchi Feʼllardan farklanuvchi "toʻliqsiz Feʼl" (lugʻaviy maʼnosini tamomila yoʻqotgan, hozirgi oʻzbek tilida maʼlum bir grammatik maʼno va vazifalarda qoʻllanuvchi Feʼl)ning edi, ekan, emish, esa shakllari ham qoʻllanadi.
Feʼl turkumi, boshqa soʻz turkumlari kabi, oʻziga xos soʻz yasalishi va shakl yasalishi tizimiga ega (qarang Soʻz yasalishi, Shakl yasalishi). Yasama Feʼllar la, lan, lash, lantir, lashtir affikslari hamda qil, et (ayla) yordamchi Feʼllari bilan hosil qilinadi: olqishlamoq, ruhlanmoq, birlashmoq, jabr qilmoq, ruxsat etmoq.
Feʼllar oʻziga xos murakkab grammatik kategoriyalar tizimiga ega. Xususiy maʼnolari bilan oʻzaro farklanuvchi, bir umumiy maʼnosiga koʻra birlashuvchi shakllar tizimi Feʼlning grammatik kategoriyalarini hosil qiladi. Oʻzbek tilida Feʼlning quyidagi grammatik kategoriyalari bor: nisbat kategoriyasi, boʻlishliboʻlishsizlik kategoriyasi, mayl kategoriyasi, zamon kategoriyasi, shaxsson kategoriyasi.
Nisbat kategoriyasi — harakatning subʼyekt va obyektga munosabatini koʻrsatuvchi grammatik kategoriya. Harakatning subʼyekt va obyektga munosabatini koʻrsatishiga koʻra nisbat kategoriyasining 5 turi farklanadi: bosh nisbat; oʻzlik nisbati; orttirma nisbat; majhul nisbat; birgalik nisbati. Har bir nisbat shakli maxsus qoʻshimcha yerdamida yasaladi. Faqat bosh nisbat maxsus yasovchi (koʻrsatkich)ga ega emas. Bosh nisbat harakatning ega bilan ifodalangan shaxs yoki predmet tomonidan bajarilishini bildiradi: oldi, keldi, soʻrayapti va boshqa Oʻzlik nisbati shakli (i)n, (i)l qoʻshimchalari yerdamida yasaladi va harakatning subʼyektning oʻziga obyekt sifatida karatilganligini yoki subʼyektning oʻzi doirasida yuzaga kelishini (bajarilishini) bildiradi: maqtanmoq, koʻrinmoq, tugʻilmoq va boshqa Orttirma nisbat shakli dir, ir, t affikslari yerdamida yasaladi va obyektsiz Feʼlni obyektiv Feʼlga aylantiradi, obyektli Feʼldan yasalganda esa unga yana obyekt qoʻshilganini bildiradi: keltir, kuldir, ichir, oʻqit va boshqa Majhul nisbat shakli (i)l, (i)n qoʻshimchalari bilan yasaladi va asosiy eʼtiborni harakatning bajaruvchisiga emas, balki obyekt bilan harakatning oʻziga qaratilishini bildiradi: keltirildi, tozalandi. Bu nisbat shakli obyektsiz (oʻtimsiz) Feʼllardan yasalganda, shaxssizlik maʼnosi ifodalanadi: (koʻprikdan) oʻtildi, (mehmonga) borildi va boshqa Birgalik nisbati sh affiksi yerdamida yasaladi va harakatning birdan ortiq shaxs tomonidan, birgalikda bajarilishini bildiradi: (yer) haydashdi, (meva) terishdi va boshqa Demak, nisbat shaklining oʻzgarishi bilan harakatning subʼyekt yoki obyektga munosabatida oʻzgarish boʻladi. Boʻlishli boʻlishsizlik kategoriyasi — harakatning tasdiq yoki inkori maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi. Bu kategoriyaning oʻzaro zidlik hosil qiluvchi 2 jihati bor: boʻlishlilik va boʻlishsizlik. Boʻlishli Feʼlning maxsus koʻrsatkichi yoʻq (nol koʻrsatkichli). Boʻlishsiz Feʼl shakli esa ma affiksi yerdamida yasaladi: keldi (boʻlishli shakl) — kelmadi (boʻlishsiz shakl). Boʻlishsizlik (inkor) maʼnosi "yoʻq" soʻzi va "emas" toʻliqsiz Feʼli bilan ham ifodalanadi: borgani yoʻq, borgan emas.
Mayl kategoriyasi — harakatning voqelikka munosabatini soʻzlovchi nuqtai nazaridan belgilovchi grammatik kategoriya. Oʻzbek tilida maylning quyidagi turlari bor: 1) buyruqistak mayli: ayt, aytgin, ayting kabi; 2) shart mayli. Bu mayl shakli sa affiksi yerdamida yasaladi: borsam, borsang, kursa kabi; 3) shartli mayl — bajarilishi shart ergash gapdan anglashilgan harakatning bajarilishiga bogʻliq boʻlgan (shartlangan) harakatni bildiruvchi mayl. Bu mayl shakli (a)r edi, maye edi yerdamida yasaladi va bu shakldagi Feʼl bosh gapning kesimi boʻlib keladi: Vaqting boʻlsa, kinoga borar edi k. Imkoning boʻlsa, bunday qiynalib yurmas eding; 4) maqsad mayli. Bu mayl shakli moqchi affiksi yerdamida yasaladi va harakatni bajarishbajarmaslik maqsadini bildiradi: soʻramoqchiman, oʻqimoqchiman, aytmoqchi emasman; 5) ijro mayli — harakatholatni uning bajarilishi (ijrosi) bilan kar uch zamondan birida ifodalaydigan mayl. Bu mayl turi zamon va shaxsson koʻrsatkichlari orqali shakllanadi: oʻqidim, oʻqiyapman, oʻqiyman; koʻrganman, koʻrgansan, koʻrgan.
Zamon kategoriyasi — harakatning nutq paytiga munosabatini bildiruvchi grammatik kategoriya. Harakatning nutq paytiga munosabatiga koʻra Feʼlning 3 zamon turi farqlanadi: oʻtgan zamon — keldi, oldim; hozirgi zamon • — kelyapman, kelyapti; kelasi zamon — kelaman, olasan va boshqa
Shaxsson kategoriyasi — harakatning 3 shaxs (soʻzlovchi, tinglovchi, oʻzga)dan biriga oidligi maʼnosini bildiruvchi grammatik turkum: keldi m (birinchi shaxs, birlik), keldik (birinchi shaxs, koʻplik), kelding (ikkinchi shaxs, birlik), keldingiz (ikkinchi shaxs koʻplik).
Oʻzbek tilida Feʼlni maʼlum bir vazifaga xoslovchi shakllar ham mavjud. Bular: sifatdosh (qarang), ravishdosh (qarang), harakat nomi (q) shakllaridir.
Bulardan tashqari Feʼlning turli modal maʼno, takror maʼnosi va boshqa maʼnolarni bildiruvchi shakllari ham bor. Ular maxsus qoʻshimchalar, koʻmakchi feʼllar yerdamida hosil qilinadi: keta qol, ketib qoddi, keta koʻrmoq, turtkilamoq, qoʻrqinqiramoq, kulimsiramoq va boshqa
Feʼllar qanday grammatik shaklda qoʻllanishiga qarab gapning turli boʻlagi vazifasida keladi. Mas, mayl, zamon, shaxsson paradigmasiga mansub shakllardan birida qoʻllanganda — kesim vazifasida; sifatdosh, ravishdosh shakllarida — anikdovchi, hol vazifasida; harakat nomi shaklida esa ot turkumiga oid soʻzlarga xos vazifalarda keladi.
1.Nutqiy faoliyat fe’llari: demoq, sо‘zlamoq, gapirmoq,va b.
2.Aqliy faoliyat fe’llari: о‘ylamoq, fikrlamoq.
3.Jismoniy faoliyat fe’llari: yurmoq, kо‘tarmoq va b.
4.Holat fe’llari: uxlamoq, yotmoq va b.
Fe’llar gapda asosan kesim bо‘lib keladi. Hol va tо‘ldiruvchi asosan fe’lga bog‘lanadi, lekin xohlagan gap bо‘lagi bо‘lib kela oladi.
Fe’llarning о‘timli-о‘timsiz, bо‘lishli-bо‘lishsiz, nisbat, zamon, mayl kategoriyalari, sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi xoslangan shakllari bor.
Fe’llardagi shaxs-son, zamon, mayl, tasdiq va inkor shakllari gap tuzilishi asosidir. Masalan, U ishlaydi, Men ishlayman, Sen ishlaysan. Fe’llar lug‘aviy ma’noga egaligiga kо‘ra ikki xil bо‘ladi: mustaqil fe’llar, yordamchi fe’llar.
Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’no bildiradi, grammatik kategoriyalarga, xoslangan shakllarga ega bо‘ladi. о‘qimoq, yozmoq, qilmoq kabi.
Nomustaqil fe’llar grammatik ma’nolarni ifodalash uchun qо‘llaniladi.
1. Sо‘z yasaydi: bо‘lmoq (sog‘ bо‘ling), qо‘ymoq (imzo qо‘ydi)...
2. Fe’llarga qо‘shilib turli ma’no ifodalaydi: tashlamoq (gapirib tashlamoq) olmoq, (yozib olmoq).
3. Fe’llarga qо‘shilib ma’noni aniqlashtiradi: edi, ekan, emish (aytgan emish) kabi.
О‘timli va о‘timsiz fe’llar
Fe’ldan anglashilgan harakatning predmetga о‘tgan yoki о‘tmaganligini ifodalovchi fe’llar о‘timli va о‘timsiz fe’llardir. Fe’l bilan bog‘langan sо‘z tushum kelishigini olsa, о‘timli(kitobni о‘qimoq), olmasa, о‘timsiz (kо‘chada ishlamoq) hisoblanadi.
Fe’l nisbatlari
Harakat va holat bilan uning bajaruvchisi va obyekti orasidagi munosabatlar fe’l nisbatlari orqali ifodalanadi. Masalan, fe’ldan anglashilgan harakat obyektga о‘tadi va bajaruvchi aniq bо‘ladi: Ular kitobni о‘qidi(aniq nisbat), obyektga о‘tmay shaxsda (ega) qoladi: Bolalar yuvindi (о‘zlik nisbati); harakat bajaruvchisi noaniq bо‘ladi: Oynalar yuvildi(majhul nisbat), harakat bir necha odam tomonidan birgalikda bajariladi: Bolalar bahslashdi (birgalik nisbati), harakat bajarilishiga kimlardir ta’sir qiladi: Dadam kitob о‘qitdi (orttirma nisbat) kabi shakllarda yuzaga keladi.
Fe’lning xoslangan shakllari
Fe’lning boshqa sо‘z turkumiga xos vazifani bajarish uchun moslangan
shakllari xoslangan shakllar deyiladi.

1. Ravishdosh: yugurib, о‘ylay-о‘ylay.
2. Sifatdosh: о‘qigan, oqar(suv).
3. Harakat nomi: о‘qigan, ishlamoq.
Fe’lning modal shakllari
-la, -gila, -g‘ila (-kila, -qila) qо‘shimchalari harakatning takrorlanishini, davomiyligini, kuchliligini bildiradi: M: ishqala, savala. -msira (-imsira), -nqira (-inqira) qо‘shimchalari harakatning kuchsizligini bildiradi: kulimsira, о‘ylanqira.
Fe’l zamonlari
Fe’l zamonlari harakatning nutq vaqtiga munosabatini
ifodalaydi. Harakat nutq vaqtdan oldin,
о‘sha vaqtda va keyin bajarilishi mumkin. Shunga kо‘ra fe’lda uchta zamon bor.
1. О‘tgan zamon: ketdi, uqigan, yozibdi
2. Hozirgi zamon: ketyapti, о‘qimoqda, yozmoqda
3. Kelasi zamon: ketadi, yozadi, kuladi, boradi
Fe’llarda shaxs-son
О‘zbek tilida harakat bajaruvchining shaxsi va sonini ifodalash –tuslanishning quyidagi shakllari mavjud.

Birlik Kо‘plik

I shaxs -m,-man(yozaman) -k,-miz:(yozamiz)
II shaxs -ng,-san(yozasan,) -ngiz,-siz:(yozasiz)
III shaxs -di(yozadi) di (lar): (yozadilar)




Fe’l mayllari
Harakatning bajarilishga munosabatini ifodalaydigan shakllar fe’l mayllaridir. Xabar (aniqlik) mayli: bordi. Buyruq-istak mayl: bor. Shart mayli: borsa. Maqsad mayli: bormoqchi.
Fe’llarning yasalishi
Fe’llar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Morfologik usul: sо‘z yasovchi qо‘shimchalar qо‘shish orqali fe’l yasalishi.
-la: gulla, о‘yla; -a (-y): yasha, qoray; -r (-ar): oqar; -ik (-iq): yо‘liq, hayiq;
-ir (-ur): gapir; -ira (-ila): yaltira, gurilla.
Sintaktik usul bilan murakkab va juft fe’llar yasaladi: xabar berdi, xursand bо‘ldi; sotib oldi; bordi-keldi.
Murakkab fe’llarda asosiy ma’no ifodalovchi birinchi sо‘z – yetakchi fe’l, qо‘shimcha ma’noli ikkinchi qism esa – kо‘makchi fe’l deyiladi: gapirib tashladi.
Mustaqil holda ma’no bildirmaydigan edi, ekan, emish tо‘liqsiz fe’llar tuslanadi: aytgan edim, aytgan eding, aytar ekansan.


1.2. Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari
Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg`otadi (Tafakkur jurnali).
Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi.
Fe’llarning barchasi bir umumiy nima kilmoq? degan so`roqqa javob bo‘ladi.
Fe’l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni:
1) ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe’l; o`tirmoq, chiniqmoq - o`timsiz fe’l;
2) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe’l;
3) ish-harakat bilan uning bajaruvchisi, obyekt va subyektlar orasidagi munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o`zlik nisbat, kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat;
4) ish-harakatning voqelikka munosabati mayl ma’nosida aks etadi: bordi, bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; borsa – shart mayli;
5) ish-harakatning nutq so`zlanib turgan payt bilan munosabati fe’ldagi zamon ma’nosini hosil qiladi: o`rgandim - o`tgan zamon, o`rganayapman - hozirgi zamon, o`rganmoqchiman – kelasi zamon;
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko`plikda) tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligi fe’ldagi shaxs-son ma’nosida aks etadi. Fe’l shaxs-son qo`shimchalari bilan tuslanadi: qiziqdim, qiziqding, qiziqdi; qiziqdik, qiziqdingiz, qiziqdilar.
Demak, fe’l o`timli-o`timsizlik, bo`lishli-bo`lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o`ziga xos morfologik belgilarga ega.
Shu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o`ziga xos vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – ravishdosh; ishonish, ishonmoq kerak - harakat nomi). Fe’lning bu vazifadagi shakllari gapda ma’lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo`ladi.
Fe’l o`ziga xos maxsus so`z yasalish tizimiga ham ega: bahola, ulg`ay, tinchi, suvsira – affiksatsiya usul bilan yasalgan fe’llar; xursand bo`lmoq, javob bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usuli bilan yasalgan yasama fe’llar.
Fe’llarda modal shakl yasalishi ham mavjud, u o`z ichida turli xil qo`shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, yozib bo`ldi – tugallanganlik kabi.
Fe’l o`ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega:
1) sof fe’l gapda, asosan, kesim vazifasini bajarib keladi. Masalan: Insonni mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi);
2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, hol, harakat nomi, ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi kabi gap bo`laklari vazifasini ham bajarib keladi. Masalan: O`zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko`r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o`zini bilib o`zgani unutib yashashdir (I.Karimov). Ilm-fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harkatlaridandir (Pedagogika tarixi).
O`timli va o`timsiz fe’llar
O`timli va o`timsiz fe’llar fe’l anglatgan harakatning predmetga munosabati orqali belgilanadi.
Fe’ldagi anglashilgan harakatning tushum kelishigi formasidagi ot bilan (yoki otlashgan so`z bilan) ifodlangan predmetga o`tganligini bildiradigan fe’llar o`timli fe’l deyiladi.
Masalan: Hammamiz shu tuproqning suvini ichganmiz, non-tuzini eganmiz (I.Karimov).
Bu gap ichganmiz, yeganmiz fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigi shaklidagi suvini, non-tuzini so`zlari bilan ifodalangan predmetga o`tadi. Demak, o`timli fe’llar tushum kelishigi shaklidagi ot bilan bog`lanadi.
Ba’zan fe’l anglatgan harakat yoki holat predmetning bir qismiga o`tishi yoki harakat o`tgan predmet shu harakatning bajarilishida vosita bo`lishi mumkin. Bunday holda o`timli fe’llar jo`nalish va chiqish kelishigi shaklida qo`llangan otlar bilan ham birikadi. Qiyoslang: nonni oling – nondan oling, otni mining – otga mining.
Biron predmetga bevosita o`tmaydigan harakatni anglatadigan fe’llar o`timsiz fe’l deyiladi. Masalan: Ko`ngil quvonchi uning kuchsizligidan dalolat beradi (Tafakkur gulshani). Pokiza aql insonni ayb va kamchiliklardan qutqaradi (U.Mahkamov).
Bu gaplardagi dalolat beradi, qutqaradi fe’llaridan anglashilgan harakat bevosita tushum kelishigida kelgan otni boshqarmagan, boshqa predmetga o`tmagan, balki harakat bajaruvchining o`zida qolgan.
Fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosi ikki xil usul bilan ifodalanadi:
1. Leksik-semantik usul. Bunda fe’llar o`z leksik ma’nosiga ko`ra biror affiks olmagan, hech qanday shakl o`zgarishisiz (o`zak-negiz holida) o`timli yoki o`timsiz bo`ladi. Masalan: ol, och, ko`r, yoz, ich, qo`y, so`ra, ber kabilar o`timli; bor, kel, o`tir, uxla, yot, yur kabilar o`timsiz fe’llardir.
2. Morfologik usul. Bunda fe’l o`zak-negiziga qo`shiladigan fe’l nisbatini yasaydigan qo`shimchalar (o`zlik, majhullik, orttirma nisbat qo`shimchalari) o`timli va o`timsiz fe’llarni belgilab beradi. Fe’l o`zak-negiziga nisbat qo`shimchalari qo`shilganda, fe’lning o`timli-o`timsizligi quyidagicha yuz beradi:
1) o`zlik va majhullik nisbat qo`shimchalari o`timli fe’lni o`timsiz fe’lga aylantiradi: so`radi - o`timli fe’l, so`raldi - o`timsiz fe’l; ko`rdi - o`timli fe’l, ko`rindi - o`timsiz fe’l. So`radi o`timli fe’liga qo`shilgan –l majhullik nisbat qo`shimchasi, ko`rdi o`timli fe’lga qo`shilgan –in o`zlik nisbat qo`shimchasi so`radi, ko`rdi fe’llarini o`timsiz fe’llarga aylantirdi;
2) orttirma nisbat qo`shimchalari, aksincha, o`timsiz fe’lni o`timli fe’lga aylantiradi: kuldi - o`timsiz fe’l, kuldirdi - o`timli fe’l; yurdi - o`timsiz fe’l, yurgizdi - o`timli fe’l; uxladi - o`timsiz fe’l, uxlatdi - o`timli fe’l.
3) orttirma nisbat qo`shimchalari orqali o`timli fe’ldan yana o`timli fe’l hosil qilinadi: esladi - o`timli fe’l, eslatdi - o`timli fe’l; ichdi - o`timli fe’l, ichirdi - o`timli fe’l.
Qo`shma fe’llarda o`timli va o`timsizlik ma’nosi yyetakchi qismga qarab belgilanadi. Masalan: aytib berdi, ko`ra boshladi, yozib chiqdi qo`shma fe’llarda aytib, ko`ra, yozib yetaksi qismning o`timli ekanligi shu fe’llarning o`timli ekanligini ko`rsatadi. Aksincha, qo`shma fe’llarning yyetakchi qismi o`timsiz fe’ldan bo`lsa, butun qo`shma fe’l o`timsiz bo`ladi: o`sa boshladi, quvonib ketdi, kulib qo`ydi kabi.
Bo`lishli va bo`lishsiz fe’llar
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkor tushunchasi fe’ldagi bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini anglatadi.
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiqni anglatuvchi fe’llar bo`lishli fe’l deyiladi. Fe’ldagi bo`lishlilik ma’nosini ifodalovchi maxsus grammatik ko`rsatkich yo`q: o`qi, eslat, qolgan, borsa, aytib bergan, o`qib chiqdi, hurmat qil kabi. Masalan: Ona so`zining o`zi har yurakka jarangli sado beradi (Hikmatlar guldastasi). O`z burchini bajarishdan mamnun odamligina erkin yashaydi (Tafakkur gulshani).
Ish-harakatning bajarilishi haqidagi inkorni anglatuvchi fe’llar bo`lishsiz fe’l deyiladi. Bo`lishli fe’l bo`lishsiz fe’lni hosil qilish uchun asos bo`ladi. Fe’lning bo`lishsiz shakli quyidagicha yasaladi:
1. Fe’l negiziga –ma (bu affiks urg`u olmaydi), -may, -mas, -masdan, -maslik affikslarini qo`shish: ko`rmadi, kelmagach, bajarmadi, yoqmas, avaylamasdan, o`smaslik kabi.
Ko`rinadiki –ma elementi –may, -mas, -masdan, maslik affikslarining tarkibida uchraydi. Bu affikslar sof fe’lga va fe’l shakllariga (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi) qo`shilib inkor ma’nosini ifodalashda asosiy morfologik ko`rsatkich sanaladi. Masalan: G`ulomjon darpardasi yonidan qalin qorni g`irchillatib o`tgan dupurni ham eshitmadi. (M.Ismoiliy). Tog` arqon bilan eshilmaydi (M.Qoshg`ariy). Mehnat qilmagan rohat ko`rmas (O`zbek xalq maqoli). Uydagilarga aytmasdan do`sti bilan Qudratnikiga ketibdi. Kasal tabib kasalni davolay olmas (Abu Ali ibn Sino). Bu voqeani ko`rmaslik uchun bolalar ko`zlarini chirt yumdilar.
-ma, -may affikslari qo`shma fe’llarga quyidagicha qo`shiladi:
a) asosiy qismga yetakchi fe’lga qo`shiladi: eshitmay qoldi, uxlamay chiqdi, ko`rmay qoldi kabi;
b) ko`makchi fe’lga qo`shiladi: sotib olmadi, javob bermadi, o`qib chiqmadi kabi;
d) qo`shma fe’lning har ikala qismiga qo`shiladi: aytmay qo`ymaydi, bormay qolmaydi. Bunday holda bo`lishsiz shakl orqali bo`lishlilik ma’nosi anglashiladi, ya’ni aytadi, boradi kabi.
Masalan: Buvijonimning aytishicha, astoydil yaxshi niyat qilgan odam murodi maqsadiga etmasdan qolmas ekan (X.To`xtaboev).
Eslatma: ravishdoshning –gani (-kani, -qani) affikslari bilan yasalgan shakliga bo`lishsizlik ifodalovchi affikslar qo`shilmaydi.
2. Fe’lning ayrim sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllaridan so`ng emas, yo`q so`zlarini kiritish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi: hayratlangan emas, boradigan emas, egib emas, tinchigani yo`q, ishonish emas kabi. Masalan: Lekin ularning nima o`qiganini ko`rgan ham, qanday o`qiganini eshitgan ham emas (P.Tursun).
3. Na inkor yuklamasini uyushiq bo`lak sifatida qo`llangan bo`lishi fe’ldan oldin keltirish bilan bo`lishsiz fe’l hosil qilinadi. Masalan: Keksa cholning kesatiq gapidan u dong qotib qoldi: na o`tirdi, na ketdi (A.Qodiriy).
4. Ba’zan ohang va fe’lga yuklamani (-mi, -a, -ya) qo`shish hamda fe’lni takrorlash orqali bo`lishsizlik ma’nosi ifodalanadi: oladi-ya oladi (olmaydi); aytasan-a, aytasan (aytmaysan).



Yüklə 181,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə