Xaydarova sevara



Yüklə 181,31 Kb.
səhifə7/8
tarix09.05.2023
ölçüsü181,31 Kb.
#109332
1   2   3   4   5   6   7   8
xaydarova sevara kurs ishi 2023

To`liqsiz fe’llar. Mustaqil holda ish-harakat ma’nosini ifodalamay, turli fe’l shakllaridan so`ng (keng ma’noda ot bilan) qo`llanib, faqat grammatik modal ma’no ifodalaydigan fe’llar to`liqsiz fe’llar deyiladi. To`liqsiz fe’llarga edi (-di), 36 ekan (-kan), emish (-mish) kabi fe’l shakllari kiradi. Yozar edi – yozardi, yozar ekan – yozarkan, yozar emish – yozarmish kabi. Bu fe’llar aslida bir e (arxaik er) fe’l negizining turli shakllari bo`lib, ular hozir ayrim-ayrim so`z sifatida tushuniladi.
To`liqsiz fe’l sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi bilan birikib, fe’l zamonlarining analitik usul bilan yasalgan shakllarini hosil qiladi. To`liqsiz fe’llar edi, ekan, emish turlicha modal ma’nolar ifodalaydi:
1) edi to`liqsiz fe’li qatnashgan fe’l shaklida ta’kidlash, eslatish, hikoya, davomiylik, takror kabi ma’nolarni bildiradi: Bo`shagan erlarning bag`rini pluglarning o`tkir tig`lari tilka-tilka qilmoqda edi (H.N.). Shu kuni endi ko`chaga chiqib edi... (M.Ismoiliy). Ular bir partada o`tirishar, birga dars tayyorlashar, maktabni bitirgandan keyin qayerga o`qishga borish haqida maslahatlashar, xayol surishar edi (S.Zunnunova).
2) ekan to`liqsiz fe’l qatnashgan shakllarda o`tmishda yuz bergan voqeahodisaning so`zlovchiga keyinchalik ma’lum bo`lganligi va uning davomi ekanligi anglashiladi: Aytishingizdan, oradan hech gap o`tmagan ekan (A.Qahhor).
3) emish to`liqsiz fe’li esa noaniqlik, gumon, eshitilganlik ma’nolarini bildiradi: O`zgarmagan, ammo negadir ikkovining ham bo`yi juda uzun bo`lib ketgan emish (S.Ahmad).
To`liqsiz fe’llar boshqa so`z turkumlari bilan ham birikib keladi. Bu holda ot kesim tarkibida kelib, bog`lama vazifasini bajarib, tuslovchi affikslarni oladi: Uy kichkina, lekin yorug` va toza edi (O.) Fe’llarda modal ma’no fe’lning juft va takrorik shakli bilan ham ifodalanadi.
Bunday shakl orqali harakatning davomliligi, takrorlanib turishi, tugallanganlik, harakatning voqe bo`lishiga turlicha munosabat (befarqlik) kabi modal ma’nolar anglashiladi: ayta-ayta, borib-borib, aytsa-aytar, uchadi-ketadi, kelsa-kelibdi, ishlasa-ishlasin kabi


XULOSA
Fe’lning zamon formasini yasash va bilib olish uchun o‘quvchilarni so‘roqlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Bu maqsadga erishish uchun avval kollektiv ravishda ishlanadi va o‘quvchilar e’tibori so‘roq bilan fe’l zamonining bog’lanishini aniqlashga qaratiladi. Zamon formasini hosil qilish uchun fe’lning ikkinchi shaxs-birlik formasi asos qilib olinadi (Boshlang’ich sinflarda fe’lning bosh formasi o‘rganilmaydi). Fe’lga so‘roq berish bilan fe’l zamoni hosil qilinadi. Bir fe’ldan uch zamonni hosil qilib, ularni taqqoslash mashqi fe’lning zamon kategoriyasining mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shuning uchun “Fe’l” mavzusini o‘rganish jarayonida fe’lni zamon qo‘shimchasi bilan o‘zgartirish mashqi muntazam o‘tkazib boriladi. O‘quvchilarni fe’l zamonlarini ongli qo‘llashga o‘rgatish maqsadida matnlardan foydalaniladi. Bunda fe’l zamonini aniqlash va biror fe’l formasidan foydalanishni asoslash, shuningdek, fe’l zamonini o‘zgartirish, fe’llarni muayyan bir zamonda ishlatib hikoya tuzish topshiriladi.
Suhbat asosida xulosa chiqariladi: Fe’llar shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi. Shaxs-son qo‘shimchalari zamon qo‘shimchalaridan keyin qo‘shiladi.

Yüklə 181,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə