Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

nazariy model
iii bob. Sotsium dunyosi
www.ziyouz.com kutubxonasi


74
tomonlar va jarayonlar hamda ular o‘rtasidagi aloqadorlikni ham 
aniqlash mumkin bo‘ladi.
Jamiyatni umumiy tushunishda mavhum-
likdan konkretlikka, aniqlikka borish 
ta’minlanadi. ya’ni, bunda aniq bilimlar, 
masalan, kishilik tarixi rivojlanishining 
o‘tmishiga tatbiqan antik davr jamiyati
undan keyingi asrlar jamiyati va hokazo bosqichlarni farqlashga imkon 
beradi.
Jamiyatning tahlili har qanday sharoitda ham muayyan tamoyillar 
va tushunchalar tizimiga tayanadi. 
Faoliyatlilik
eng asosiy tamoyil sifatida jamiyatni tashkil etgan 
kuchlarning aktivligi tufayli maqsadga muvofiq ravishda tevarak-
atrofni va o‘z-o‘zini o‘zgartirishni anglatadi. bunda faoliyat tarkibi 
ilgari surilgan maqsad, tanlangan vositalar, erishilgan natija va
tabiiyki, jarayonning o‘zidan ham iborat bo‘ladi.
Jamiyatga faoliyatlilik pozitsiyasidan yondashish asosida 
ishlab chiqilgan ma’lum tushunchalar tizimida kishilik hayotining 
eng umumiy aloqadorliklari va xususiyatlari ifodalanadi. bular 
jumlasiga 
«ijtimoiy munosabat», «ijtimoiy aloqa», «ijtimoiy ishlab 
chiqarish», «ijtimoiy jarayon», «obyektiv omil», «tarixiy qonuniyat», 
«sivilizatsiya», «madaniyat», «qadriyat», «maqsad», «manfaat», 
«shaxs», «oila»
va h.k. tushunchalar kiradi. 
bu tushunchalar jamiyatning konkret sohalarida o‘ziga xos konkret 
ko‘rinishda olinadi. xususan, iqtisodiyot sohasi tushunchalariga 
«mulk», «iste’mol», «texnika», «texnologiya», «fan-texnika inqi-
lobi»
va boshqalar kiradi. 
«Ma’naviyat», «g‘oya», «qadriyat», 
«ma’naviy ehtiyoj», «ma’rifat», «mafkura», «e’tiqod»
va hokazolar 
ma’naviy soha tushunchalaridir. siyosiy soha tushunchalari o‘z 
ichiga 
«siyosat», «hokimiyat», «siyosiy guruh», «millat», «davlat», 
«tashkilot», «boshqaruv», «demokratiya»
va hokazolarni oladi. bu 
tushunchalarning chegarasi doimiy emas.
mazkur tushunchalarni ma’lum tartibotlarga keltirishga har qancha 
urinilmasin, ular o‘rtasidagi me’yor hamisha shartlidir. ularda aks 
etadigan jamiyat hodisalari, voqealari va jarayonlari doimo o‘zaro 
ta’sirda bo‘lib, bu chegarani o‘zgartirib turadi. Chunki jamiyatga 
chuqurroq qaralsa, unda kishilar o‘zlarining obyektiv va subyektiv 
ehtiyojlariga ko‘ra bir-biri bilan ko‘pdan ko‘p munosabatlarni 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə