Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

«Sotsium», «jamoa» 
va «jamiyat» 
tushunchalari
ikkinchi bo‘lim. Jamiyat – sotsiumning tashkiliy shakli
www.ziyouz.com kutubxonasi


71
iii bob. Sotsium dunyosi
boshqa ilmiy tushunchalar orqali ifodalangan. masalan, qadimgi 
yunon mutafakkirlari qarashlarida jamiyat nazarda tutilib shunday 
fikrlar ilgari surilgan: Empedokl (miloddan avvalgi 341–270-yillar) 
fikricha, 
«kishilar o‘z hayotini yo‘lga qo‘yish uchun ongli ravishda 
uyushadilar»

Aflotunning
fikricha (miloddan avvalgi 427–347-yillar), 
«kishilar ehtiyojlariga ko‘ra bir-biriga muhtojdir». 
qadimgi yunonlar qarashlari markazida turli tomondan taxmin 
qilinishi mumkin va lozim bo‘lgan Olamning tarkibiy qismi sifatida 
kishilik dunyosi asosan axloq va davlat fenomenlari misolida tadqiq 
qilingan. ayni ana shu tushunchada kishilar hayotining boshqa sohalari 
ham o‘z aksini topgan. 
kishilik hayoti muammolarini keyinroq maxsus tadqiq etgan 
mutafakkirlar – 
J.Vikoning
(1668–1744, «millatlarning umumiy tabiati 
to‘g‘risida yangi fanning asoslari»), 
I. Gerderning
(1744–1803, «inson 
tarixi falsafasiga doir») asarlarida «jamiyat» atamasi ishlatilmay
«millat»
va 
«insoniyat»
tushunchalari qo‘llangan. xix asrda
 O.Kont, 
G. Spenser
va boshqalarning asarlarida uchray boshladi.
kishilik dunyosi shakllari turli dara-
jalaridan kelib-chiqib, jamiyat to‘g‘risidagi 
yangidan yangi qarashlar ilgari surildi. 
ulardan 
biriga
ko‘ra kishilarni jamiyatga 
ruhiy hayot o‘xshashligi, qadriyatlar 
mohiyatini bir xil tushunishi birlashtiradi. 
Boshqasiga
binoan 
jamiyat – bu:1) o‘zidan katta tizimga kirmagan birlashma; 2) nikohlar 
birlashma a’zolari o‘rtasida tuziladi; 3) birlashma a’zolari bolalar 
hisobiga to‘ldiriladi; 4) hududiga ega; 5) o‘z nomi va tarixiga ega; 
6) o‘z boshqaruv tizimiga ega; 7) o‘zining a’zosi umridan uzoq 
vaqt davomida mavjud bo‘ladi; 8) o‘zining madaniyatiga (odatlari, 
an’analari, me’yorlari, qonunlari, qoidalari va h.k.) ega. 
Uchinchi 
nuqtayi nazar tarafdorlari moddiy-iqtisodiy ishlab chiqarishni kishilik 
hayotining asosiy tashkil etuvchisi, deb hisoblaydilar. 
ko‘rinadiki, «jamiyat» tushunchasining qo‘llanilish ko‘lami, 
tarkibiy jihatlari juda keng va turli-tumandir. mazkur tushunchaga 
keng ma’no berilsa, «jamiyat» 
«tabiat ustida turgan olam», «ijtimoiy-
madaniy borliq», «sotsium»
bilan bir xil ma’noni anglatadi. ma’lumki, 
turli ijtimoiy oqimlar bu tushunchalar yordamida kishilik dunyosi 
umumiy masalalarini xilma-xil ta’limotlarda (ba’zan ular bir-birini 
inkor etishi mumkin) ifodalab keldilar.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə