Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Yevropa yangi va eng 
yangi tafakkurida hayot 
va o‘lim masalalari
islomiy sivilizatsiyada 
hayot va o‘lim 
masalalari
ii bob. Shaxs
3 – 661
www.ziyouz.com kutubxonasi


66
anglash muammosi 
ikki antropologiyaviy modelda
– tabiiy inson va 
yangi yevropacha inson modellari orqali ifodalandi. agar 
birinchi 
modelda 
inson tabiiy (biologiya, fiziologiya, psixologiya va boshqa) 
fanlar obyekti bo‘lsa, 
ikkinchi modelda
u o‘zini olamning markazi 
sifatida anglagan, aql-idroki va erkinligini o‘zi yo‘naltiradigan, 
o‘z hayotini o‘tmishdan hozirgacha, undan esa kelajakka borishini 
tushungan ijtimoiy mavjudot sifatida baholandi.
Bu fikrlar insonga, uning hayoti mazmuni va maqsadiga ratsional 
yondashishning natijalaridir.
xix asr ikkinchi yarmidan boshlab g‘arb tafakkurida shakllangan 
irratsional yo‘nalishda o‘lim biologiyaviy ma’nodagina tan olinmay, 
inson borlig‘ining nihoyasi sifatida qaraladi. bunday nuqtayi nazarga 
binoan, o‘lim diniy yoki siyqa tabiiy tushunilishdan farqli holda 
subyektivlik sohasi voqeasiga aylanadi. 
F.Nitsshening
so‘zlari bilan 
aytganda, inson o‘limi uning hayotidan ko‘ra ahamiyatliroqdir. ya’ni, 
o‘lim tuyg‘usi inson hayotini mazmun bilan boyitadi. 
Hozirgi vaqtda insonni yigirmaga yaqin ilmiy-falsafiy yo‘nalish 
o‘rganadi. ularning barchasida asosan inson hayotining mohiyati, 
mazmuni va nihoyasi mushohada qilinadi. bu ta’limotlarga ko‘ra, 
inson mohiyati masalasi tahlilida hozirgi sivilizatsiya qadriyatlari 
talablarini hisobga olish muhim ahamiyatga egadir. 
insoniyat hozirgacha erishgan eng yuksak sivilizatsiya – bu 
g‘arb modelidir. bunda tabiiy inson modeli ham singdirilgan. shu 
sababli yangi ijtimoiy-ma’naviy inson modeli yuzaga keldi. hozirgi 
inson ko‘proq shartli mulohazalar asosida yashashga moyilki, uni 
bunday yashash va fikrlash yo‘liga radio, televideniye, kino, teatr, 
badiiy adabiyot va, albatta, o‘zining mustaqil fikr-o‘ylari olib kelgan. 
natijada u o‘limidan keyingi hayotidan ko‘proq tashvishlanmoqda. 
hayot qancha yaxshi, farovon bo‘lsa, kishiga o‘lim shunchalik 
dahshatli ko‘rinadi.
ma’lumki, o‘lim ekzistensial tomondan olinganda inson individual 
hayotining shunchaki yo‘qolib ketishi mumkin emas. O‘lim oldida 
qo‘rquvni yo‘qotish qay tarzda uni ma’noli va hatto hayotning 
ijodiy momenti sifatida anglashdir. darhaqiqat, o‘limga faqat 
tabiiy hodisa sifatidagina qarash mumkin emas. O‘limni har doim 
«madaniyat ko‘zgusi»
, zaruriyat sifatida idrok etish lozim. O‘limni 
madaniyat doirasiga kiritilishdan undan keyingi umrning ma’nosi 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə