Shaxs va jamiyat


-§. o‘lim va undan keyingi mangulik muammolari



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

14-§. o‘lim va undan keyingi mangulik muammolari
inson nima uchun yashaydi? bu savol-
ga kundalik ong darajasidan boshlab 
tafakkurning eng yuqori bosqichlarigacha 
bo‘lgan imkoniyatlar doirasida bir xil javob berib bo‘lmaydi. 
haqiqatan ham hozirgacha mavjud bo‘lgan barcha ilmiy yo‘nalish lar 
va maktablar bu savolni chetlab o‘tmagan bo‘lsa ham, ko‘pchilikni 
qoniqtiradigan darajada yaxlit javob topa olmaganlar. umuman 
olganda, bu savolga uzil-kesil javob berish ham qiyin. lekin bundan 
yuqoridagi savol bema’nidir, degan mulohazaga bormaslik lozim. 
alohida insonga nisbatan uning hayoti, maqsadi ma’lum ma’noga ega. 
ya’ni, 
hayotning ma’nosi insonning har tomonlama barkamollikka 
erishishidan iborat.
bu esa alohida inson hayotini keng qamrovda 
olib, undagi haqiqiy va soxta jihatlarni va, nihoyat, to‘laqonli hayot 
qaysi vositalar yordamida amalga oshishini qarab chiqishni shart qilib 
qo‘ydi.
har qanday jonli mavjudot singari inson hayotining ham nihoyasi 
borligi, boshqa mavjudotlardan farqli o‘laroq, u o‘zining oxir-
oqibatda o‘limga mahkumligini anglashi masalalari, aytish mumkinki, 
mumtoz masalalardandir. Bu – tasodifiy hol emas. Inson hayoti va 
o‘limi masalalari asotirlar va dinlarda ham alohida o‘rinni egallagan. 
kishilarda dastlab o‘limdan qo‘rqish tuyg‘usi kuchli bo‘lgan. keyinroq 
asotiriy, diniy tasavvurlar vositasida bu jarayon «majburiy» ekanligi 
isbotlandi. asotirlarda hayvonlar ham, kishilar ham o‘ladigan tana va 
o‘lmas ruhga ega deb ko‘rsatilgan. Ruh nozik, nomoddiy tabiatga ega 
bo‘lib, o‘zida inson vujudi timsolini gavdalantirgan. u yo‘qolmaydi, 
o‘lmaydi va o‘z makonida yashaydi hamda o‘z joyini almashtirib 
turadi. ba’zi diniy ta’limotlarda tana o‘lgach, ruh bir jonzotdan 
ikkinchisiga o‘tib turishi ko‘rsatilgan. 
turli g‘oyaviy yo‘nalishlar va maktablar hayot va o‘lim 
masalalarini turlicha tushuntiradi. ayrim buyuk faylasuflar bu 
masalaga mantiq, mazmun kiritishda shaxsiy hayot taqdirini hal qilish 
orqali ham erishganlar. masalan, 
Suqrotning 
o‘z o‘limiga roziligi 
haqidagi qarori uning hayoti uchungina emas, balki undan keyingi 
falsafiy muammolar hal etilishi uchun ham muhim ahamiyatga 
ega bo‘lgan. 
Aflotun
suqrotning ushbu qarorida faylasuf uchun o‘z 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə