Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Asosiy tushunchalar

Erkinlik
– insonning turli muqobilliklarda tanlov imkoniyatini 
beradigan, uning talablariga chuqur singdirilgan holatidan 
iboratdir.

Shaxs xillari
(tiplari)
– insoniyat o‘tmishi turli davrlari shart-
sharoitlari bilan bog‘liq holda shaxsning farqlanishi.

demokratiya
(yunoncha: 
xalq hokimiyati
) – davlat-siyosiy 
tuzumi shakli bo‘lib, uning manbasi xalq hisoblanadi.

oxlokratiya
(yunoncha: 
olomon hokimiyati
) – arastuning 
ta’kidlashicha, demokratiyaning buzilishi shakli bo‘lib, 
ommaning cheklanmagan hukmronligini anglatadi.
Savol va topshiriqlar
1. zaruriyatsiz erkinlik, erkinliksiz zaruriyat bo‘lishi mum-
kinmi?
2. erkinlikning mezonlari bo‘ladimi?
3. insonning ichki erkinligiga misollar keltiring.
4. tashqi erkinlikning shaxsga ta’siri.
5. qaysi soha erkinligi eng zarur hisoblanadi?
6. shaxsning shakllanishida jamiyatning mas’uliyatini qanday 
tushunasiz?
7. shaxsning siyosiy maqomi qanday ta’minlanadi?
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


61
13-§. Buyuk shaxs: asosiy tavsiflar
har bir shaxs – bu muayyan bir siymo. 
demak, u tarixda o‘zining katta yo kichik 
o‘rniga ega. Chunki tarixning o‘zi ham 
shaxslarning birligi va o‘zaro ta’siri, hayot faoliyatining natijasida 
qaror topadi.
Odatda tarixiy jarayonda shaxslarning o‘rni masalasi to‘g‘risida 
gap borsa, buyuk kishilar faoliyati tushuniladi. shaxslarning buyukligi 
o‘zlari mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh, el-elat yoki xalqning fikr-
o‘yini to‘la ifodalab, ularning asosiy maqsad-vazifalarini tarixiy 
jarayon kechishining obyektiv mantiq talablariga mos ravishda amalga 
oshirishda hal qiluvchi ishlarni bajara olishidadir. bunday shaxsda 
dastavval, uni o‘z orasidan yetishtirib chiqargan xalqqa xos sifatlar 
ham bo‘ladi. bu sifatlar ularning betakror shaxsiy xususiyatlariga 
aylanib, bajarishi zarur bo‘lgan yumushlarni kun tartibiga qo‘yishda, 
ularni ro‘yobga chiqarishda mislsiz jasorat, ulkan tashkilotchilik va 
jonbozlik ko‘rsatilishida namoyon bo‘ladi. buyuk shaxs faoliyatida 
o‘z xalqini saodatli qilish, o‘zligini ro‘yobga chiqarish, milliy va 
davlat mustaqilligini himoya qilish, ilg‘or xalqlar darajasiga ko‘tarish, 
natijada insoniyat yalpi taraqqiyotiga baholi qudrat ko‘mak berish 
muhim o‘rin egallaydi.
uzoq tarix saboqlari, bizgacha yetib 
kelgan manbalar, jumladan, yunon tarix-
chisi 
Xerodot
(gerodot) asarlaridan 
ma’lumki, o‘zbek xalqining qadimiy 
ajdodlaridan bo‘lgan massagetlar sardori 
To‘maris
eron shohi kir 
bosqinchiligiga qarshi kurashga boshchilik qilib, uning o‘zini halok 
etib, eng zarur vazifani bajardi – yurtining mustaqilligini saqlab 
qoldi.
buyuk shaxslik xususiyati o‘zbek xalqi tarixida mo‘g‘ul 
bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan Jaloliddin mangu-
berdi, Chingizxon avlodlari qo‘lidan hokimiyatni tortib olib, milliy 
davlatchilikni tiklabgina qolmay, uni jahon miqyosida ravnaq toptirgan 
buyuk bobomiz 
Amir Temurga
ham tegishli. uning markazlashgan 
qudratli davlatida ijtimoiy hayotning barcha sohalari keng rivojlandi. 
O‘z davlati manfaatlarini ko‘zlab olib borgan urushlari slavyan va 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə