Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

o‘zbek xalqi 
tarixida buyuk 
shaxslarning roli
Buyuklik shartlari
ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi


62
g‘arbiy yevropa xalqlarining ijtimoiy taraqqiyoti tezlashuviga ham 
ko‘mak berdi. buni o‘tmishda bo‘lganidek, hozirgi ingliz, fransuz, 
italyan va boshqa xalqlar tarixchilari ham chuqur e’tirof etadilar. bu 
mamlakatlarda ulug‘ amir temur haqida xolis ilmiy tadqiqotlardan 
tashqari, boy badiiy adabiyot ham yaratilgan. amir temur jahon 
rivojlanishining keyingi taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shgan buyuk 
shaxsdir.
temuriylar shajarasidagi ko‘pgina hukmdorlar, xususan, 
Mirzo 
Ulug‘bek, Shohruh, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Bobur
o‘zbek xalqi 
tarixida katta o‘rin tutgan shaxslardir. boburning movarounnahrdan 
hindistonga borib, turli din va tillar sharoitida markazlashgan davlat 
tuzganligiga, boburiylar bu mamlakat tarixida nihoyatda salmoqli 
ishlar qilganligiga hindistonning mashhur siyosiy va davlat arbobi 
Javoharla’l neru juda katta baho bergan edi.
Jahon sivilizatsiyasi tarixida katta o‘rin tutgan buyuk shaxslardan 
biri shoir, mutafakkir, davlat arbobi alisher navoiydir. aqsh sobiq 
prezidenti R.Reygan alisher navoiy haqida gapirar ekan, 
«Boy 
madaniyatga ega bo‘lgan zaminda voyaga yetgan Alisher Navoiyning 
samimiyati va nafosati, buyuk insonparvarlik g‘oyalari va siyosati 
butun insoniyatga tegishli bo‘lgan qadriyatdir»,
degan edi.
O‘zbek xalqi tarixida tutgan o‘rni, o‘z xalqi taraqqiyotiga qo‘shgan 
hissasi bo‘yicha amir temurdan so‘ng muayyan mavqe shayboniylar 
sulolasidan chiqqan abdullaxon ii ga tegishlidir. bu siymo 
movarounnahrda ulkan davlatni tuzib, iqtisodiyot, fan va madaniyat 
ravnaqiga katta e’tibor bergan.
qadimgi rimlik mashhur mutafakkir 
Tatsit
tarixni hodisalarning 
jonli izlaridan borib yozmoq lozim, degan edi. shunday yo‘ldan 
borilsa, tarixning betakror jarayonining mantig‘i ochiladi va bu jarayon 
markazida turgan ijtimoiy kuchlar, uning dohiylari faoliyati obyektiv 
baholanadi. binobarin, xalqimiz o‘tmishidagi buyuk siymolarning 
jamiyatni boshqarish va taraqqiyotga o‘tkazgan mislsiz ta’siri ko‘lami, 
ahamiyati yorqinroq namoyon bo‘ladi. Rossiya mustamlakachiligi 
turkistondagi mavjud ijtimoiy turg‘unlikni chuqurlashtirdi. biroq 
dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning guvohi bo‘lish mahalliy 
ziyolilarni xalq va yurt taqdiri xususida chuqurroq o‘ylashga majbur 
etdi. Jadidlarning maydonga kelishi, xususan, 
Mahmudxo

ja Behbudiy, 
Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho

lpon
va 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə