Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Shaxsning tanlov 
erkinligi
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


57
holda, ya’ni, oqilona muqobillik yetishmay turganda ham shaxs o‘z 
erkinligi doirasida yuz berishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlardan 
o‘zini chetga oladi. shaxsning tanlov erkinligini, insoniyat dunyosida 
tutgan o‘rnini jonli tabiatdagi obyektiv saralanish bilan qiyos etish 
mumkin. biroq bular o‘rtasida ma’lum farqlanishlar ham bor. tabiiy 
saralanish bu – obyektiv jarayon. insonning tanlov erkinligi esa amaliy 
xususiyatlar ifodasi bo‘lib ham subyektiv, ham obyektiv tabiatga ega. 
tanlov istagan joyida yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar 
o‘rganilishi, o‘zlashtirilishi va ijodiy takomillashtirilishi mumkin.
inson shaxsining bu jihati faqat individual tabiatga ega bo‘lmay, 
balki keng ijtimoiy mazmunga ham ega. ya’ni, shaxslargina emas, 
balki katta yoki kichik el-elatlar, millatlar va xalqlar ham taqdirlariga 
tegishli hollarning barchasida ijtimoiy tanlov erkinligiga egadir. lekin 
bular shaxs va ijtimoiy kuchlar sof subyektivligining natijasi emas, 
balki pirovardida obyektiv taqozolanganligi oqibatidir.
shaxs erkinligi individual sezgi, subyektiv erkinlik sifatida tanlov 
qilishdan boshlansa-da, insonning tabiatan faolligi tufayli yuqoriroq 
bosqichlarda – maqsadga erishish uchun tanlangan vositalarni ishlatib, 
muayyan xatti-harakatlar qilishda (obyektiv erkinlikda) nihoyasiga 
yetadi.
erkinlikning subyektiv va obyektiv ifodalanishlarida undagi ichki 
va tashqi tomonlarning xususiyatlari, o‘zaro bog‘liqligi va muhim 
farqlarni payqash qiyin emas.
shaxs erkinligining ichki tomoni belgilovchi va tuzilishiga ko‘ra 
ancha murakkab bo‘lib, asosiy unsurlar sifatida maqsad va vositalarni 
tanlash, amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vaziyatlarni bilishni, 
bu bilingan, o‘zlashtirilgan tashqi zaruriyatni ichki e’tiqod bilan 
muvofiqlashtirib olish va, nihoyat, o‘zligini to‘la namoyon etish 
kabilarni o‘z ichiga oladi. bular alohida olinganda ham, birgalikda 
olinganida va nisbiy mustaqil tarzda ham mavjud.
xx asr yevropa mutafakkirlaridan 
M.Xaydegger, K.Yaspers
va 
J.P.Sartr
inson ichki erkinligi masalasida muhim ta’limotlarni ilgari 
surganlar. haqiqiy erkin tanlov – bu individning ichki ehtiyojiga 
muvofiq qilingan tanlovki, uning ichki e’tiqodi, samimiyligi, sofdilligi 
bilan bog‘liqdir. 
tashqi erkinlik – bu, dastavval, mavjud ijtimoiy munosabatlar 
tizimida shaxs o‘rni va ahamiyatining ifodalanishi, uning ichki 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə