Shaxs va jamiyat


Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


53
bu shaxsning obyektiv voqelikka nisba-
tan turli darajada va shakllarda ifoda-
lanadigan xatti-harakati, his-tuyg‘ulari, 
fikr-o‘ylari, manfaati, o‘zi a’zo bo‘lgan eng oddiy guruhdan insoniyat 
va jamiyatgacha bo‘lgan barcha bosqichlardagi o‘rni va hokazolarni 
bilib olganligidir. buning natijasida shaxsning turmush faoliyatini 
oqilona boshqarish yo‘lga qo‘yiladi. O‘z navbatida, o‘z-o‘zini 
boshqarish negizida shaxsning o‘zini takomillashtirish, ro‘yobga 
chiqarish ta’minlanadi. 
bunda shaxs faoliyati, ma’naviy olami tahlil obyekti sifatida 
olinsa – bu 
refleksiyadir 
(lotincha: 
orqaga qarash
). unda shaxs 
o‘z ma’naviyatining o‘ziga xos jihatlarini bilishi, o‘z harakatlarini 
mulohaza qilishga, baholashga intilishini ifodalaydi.
shaxs o‘zining tabiati, uni o‘rab turgan olamning mohiyati
mazmuni va holati jihatidan ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan, 
e’tiqodga aylangan, turmush ehtiyojlari bilan uzviy bog‘langan 
qarashlarning umumiy ko‘rinishiga ega bo‘ladi. bular, eng avvalo, 
olam haqidagi yaxlit bilimdir. shaxs bilish jarayonida o‘z faoliyatini 
namoyon etib, qarashlarida voqelikni nafaqat qanday bo‘lsa o‘shanday 
aks ettiradi, balki uni muayyan tarzda 
baholaydi.
demak, shaxsning 
bilimi uning ma’naviy dunyosini boyitadi
bilim-baho
va 
bilim-
munosabat
esa uning ijtimoiy mavqeyi va turmush tamoyillarini 
shakllantirishga ko‘mak beradi. bulardan ko‘rinadiki, shaxs 
qarashlari faqatgina bilimlardan iborat bo‘lmay, balki uning voqelikka 
munosabatini ifodalaydigan 
e’tiqodlar tizimi
hamdir. shaxs qarashlari 
fanga muvofiq, mantiqan izchil, taraqqiyparvar, aql tarozisidan o‘tgan 
(ratsional) yoki fanga zid (irratsional), reaksion bo‘lishi mumkin.
ijtimoiylashuv tufayli inson shaxsi o‘z sifatlarini namoyon etib, 
turmush sharoitini o‘zi yaratadigan mehnatkash, mol-u mulk egasi, 
moddiy va ma’naviy qadriyatlar iste’molchisi, siyosiy-huquqiy 
jarayonlar ishtirokchisi bo‘lgan fuqarolar hamda sotsiumning ilk 
barqaror bo‘g‘ini bo‘lgan oila a’zosi vazifalarini ado etishga qodir 
bo‘ladi.
shaxsni ifodalaydigan muhim jihatlardan 
ayrimlari ma’lum shart-sharoitlar ta’sirida 
shaxsning o‘ziga, tabiatiga zid sifatlarda yuzaga kelishi mumkin. 
natijada shaxsiy yaxlitlikda u o‘z imkoniyatlarini to‘la-to‘kis namoyon 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə