Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Shaxs ideali
Shaxs va kishilik 
dunyosi (sotsium)
ii bob. Shaxs
www.ziyouz.com kutubxonasi


50
va odillik kabi aqliy, axloqiy, jismoniy sifatlari ideal hisoblangan. 
sanoatlashgan jamiyatlar rivojlanishi sharoitlarida, deylik, yevropada 
ishbilarmon, tadbirkor inson shaxsi ideali markaziy o‘rin tutadi.
shaxsning madaniy ideali u mansub bo‘lgan millat, ijtimoiy 
guruhda amalda bo‘lgan qadriyatlar doirasida shakllanadi va 
rivojlanadi. bu yerda shuni ta’kidlash joizki, shaxsning ideali millat 
yoki undagi turli guruhlar uchun tirik bo‘lgan idealdan farq qilinmog‘i 
lozim. madaniy idealda sotsium rivojlanishi o‘z aksini topgan bo‘ladi. 
shunga ko‘ra, shaxsning madaniy ideali uning jamiyat hayotining turli 
sohalaridagi faoliyati «ohang»lari va maqsadini o‘z ichiga qamrab 
oladi.
shaxs o‘z madaniy idealini ro‘yobga chiqarishi uchun turli-tuman 
ijtimoiy guruhlar doirasida muayyan mavqega ega bo‘lishi va muayyan 
vazifalarni, rollarni o‘zgalardan farqli holda bajarishi lozim. bular esa 
shaxsning guruhlar orasidagi betakror faolligi tufayli yuz beradi.
Faollik
obyektiv ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, inson hayotining 
barcha jihatlarini qamrab oladi va u har qanday holatda ham harakat 
va munosabatdan boshlanadi.
shaxsning jamoa o‘rtasidagi vazifasi 
va o‘rni to‘g‘risidagi masala bevosita 
uning huquq va majburiyatlari bilan 
ham bog‘liq. bularda sotsium tarkibiy 
qismlarini tashkil etgan ijtimoiy guruh a’zolari rioya qilishi zarur 
bo‘lgan qoidalar belgilangan. guruhda qabul qilingan qonunlarga 
ko‘ra har bir shaxs boshqalar bilan tegishli huquqiy munosabatda 
bo‘lishi kerak. majburiyatlar esa shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan 
guruhda egallab turgan vazifalarga muvofiq keladigan xatti-harakatlar 
qilishdan iborat bo‘ladi. boshqacha qilib aytganda, shaxsning ijtimoiy 
vazifalarni bajarishi – bu faqat unga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarini 
ham namoyon etishdir. masalan, rahbar (lider) vazifasini bajarish 
uchun shaxs irodali, dadil, o‘ziga ishongan bo‘lishi bilan birga 
hormay-tolmay ishlashi, fidoyilik ko‘rsatishi lozim. Shuningdek
o‘quvchi, ota-ona, harbiy xizmatchi, shoir, tabib, me’mor, jamoat 
arbobi va boshqalarning ham o‘z shaxsiy va kasbiy fazilatlari, fe’l-
atvorlari, bajaradigan o‘z vazifalari mavjud.
ijtimoiy guruhlar o‘z a’zolarining xatti-harakatlarini hech vaqt 
nazoratsiz qoldirmaydi. balki ularni doimo baholab boradi. bu esa 
shaxsdan o‘z ijtimoiy mas’uliyatiga jiddiy munosabatda bo‘lishni talab 
etadi. ayni vaqtda, vazifalarning bajarilishi g‘oyat murakkab kechadi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə