Shaxs va jamiyat


ma’ruza va referatlar uchun mavzular



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1. inson faoliy
atining mohiyati.
2. Insonning antropogenetik tavsifi.
3. Tadrijiylik nazariyasining asosiy jihatlari tavsifi.
4. koinotiy nazariyada diniy va ilmiy jihatlar nisbati.
5. darvinizm: tarixi va hozirgi zamon.
6. mehnat nazariyasi: yutuq va kamchiliklari.
7. anomal hodisalarining antropogenezdagi o‘rni to‘g‘risida.
8. noan’anaviy nazariyalarning dalillanganligi to‘g‘risida.
Birinchi bo‘lim. inson va uning shaxs tavsifi
www.ziyouz.com kutubxonasi


45
9. Antropogenezning ma’naviy omillari tavsifi.
10. sotsiogenezning mohiyati.
11. Antroposotsiogenezning tavsifi.
12. qurolsozlik faoliyati.
13. Ruhiyat – sotsiogenez omili.
14. til va tafakkur – sotsiogenez omili.
15. tabiiy va ijtimoiy tanlov.
16. Inson kelib chiqishining sinergetik tavsifi.
17. Sotsiogenez bosqichlarining tavsifi.
18. sotsiogenez va irql
ar muammosi.
19. sotsiobiologiya: yutuqlar va kamchiliklar.
Tavsiya etilayotgan adabiyotlar:
1. «qur’oni karim». toshkent, «Cho‘lpon», 2001.
2. «injil». shvetsiya-stokgolm. 1993.
3. a. Choriyev 
«
inson falsafasi
»
. 1-kitob. qarshi, 1997.
4. «Ìèôû íàðîäîâ ìèðà». Ì., 1991.
5. Áåõòåðåâà Í.П. «Ìåõàíèçì óïðàâëåíèÿ ïàìÿòüþ ÷åëîâåêà». 
Ë. , 1989.
6. Àëåêñååâ Â.Ï. «Ñòàíîâëåíèÿ ÷åëîâå÷åñòâà». Ì., 1984.
7. Êëèêñ Ô. «Ïðîáóæäàþùååñÿ ìûøëåíèå у èñòîêîâ ÷åëî­
âå÷åñêîãî èíòåëëåêòà». Ì. 1983.
8. Îêëàäíèêîâ À.Ï., Îêëàäíèêîâà Å.À. «Çàñåëåíèå Çåìëè 
÷åëîâåêîì». Ì. 198
4.
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


46
ii B o B. ShAXS
9-§. «mohir inson» – individ
ko‘rib o‘tilganidek, inson tushunchasi 
bioijtimoiy-ruhiy mavjudlikni ifoda-
laydigan tushuncha. unda insonning 
zohiriy va botiniy sifatlari o‘z aksini topadi. insonning umumiy 
sifatlari uning aniq holat va murakkab hayot sharoitlarida namoyon 
bo‘ladigan xilma-xil kayfiyat, ruhiyat va munosabatlarning 
yig‘indisidir. har bir alohida insondagi bu xususiyatlar betakror
o‘ziga xos holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. shunga ko‘ra 
alohida insonning o‘ziga xos tabiiy-biologik va ijtimoiy ehtiyojlari, 
manfaatlari, aqli, irodasi va hokazolar yig‘indisi ekanligini nazarda 
tutib «individ» tushunchasi qo‘llaniladi. 
individ 
«Mohir odam»
turiga mansub yaxlitlikni o‘zida jamlagan 
alohida insondir. ya’ni, u har doim ko‘plardan biri va har doim 
qiyofaga ega emasligi bilan xarakterlanadi. 
«individ» tushunchasi har xil talqin etiladi. 
Jumladan
, uni 
ayrim olimlar konkret inson kelib chiqqanidan boshlab butun hayoti 
davomida betakror jihatlariga ko‘ra individ sifatida namoyon bo‘ladi, 
deb talqin qilishadi. 
Ikkinchi
xil tushunilishiga ko‘ra, individ sifatida inson o‘zining 
jismoniy mavjudligini ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yadi. har bir 
individ o‘zining ichki dunyosi bilan, aniqrog‘i, biologik mavjudligi 
bilan band bo‘ladi. uning mavjudligi, mustaqilligi va davomiyligi esa, 
o‘zi mansub bo‘lgan urug‘ jamoasi bilan cheklangan bo‘ladi. urug‘ 
a’zolari esa o‘zlarining maqsad va manfaatlarini ajratmagan. 
individ tadrijiy jarayonlarida farqlanish (differensatsiya) va 
yaxlitlanish (integratsiya) holatlari bilan tegishli tarzda yuqoridagi 
xususiyatlarning yo‘qola borishi yuz beradi. bu jihat individlarning 
yashash qobiliyatini saqlab qolishda, ayniqsa, muhimdir. 
urug‘ jamoasining yemirilishi bilan asta-
sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy 
mulkchilik va bir xotinlikka asoslangan 
oilaning qaror topishi inson rivojlanilishida individdan yuksak bo‘lgan 
yangi bosqich kelib chiqishini ta’minladi. lekin bundan individga 
tegishli jihatlar yo‘qolib ketadi, degan ma’no kelib chiqmaydi, balki 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə