Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Filogenez va ontogenez 
jarayonlari
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


42
ko‘rinib turibdiki, bularda insonning asosiy mohiyati biolo-
giyaviylikdan iborat bo‘lib chiqadi. holbuki, insonning hayvonlar 
to‘dasidan ajralib chiqqanidan beri unda sotsium dunyosiga mansublik 
tobora oshib borishini insoniyatning butun tarixi tasdiqlab kelmoqda. 
Faqatgina tibbiyot (bu 

sotsium hodisasi) rivojlanishi tufayli inson 
umri hozir o‘rtacha 75

78 yoshni tashkil etmoqda. bu qadimgi 
g‘arbiy yevropada 20

22, xviii asrda 30, xx asr boshida 56 yoshdan 
iborat edi.
hozirgi vaqtda qator ilmiy-tadqiqot markazlari miya muammo-
larini o‘rganmoqda. ma’lum bo‘lishicha, miya tarkibiga 14 milliard 
neyron to‘qimasi kirar ekan. ular yordamida tananing turli a’zolaridan 
keladigan va tashqaridan olinadigan axborotlarni to‘plash, saqlash 
hamda qayta ishlash amalga oshiriladi.
antroposotsiogenez, xususan, uning yakuni doirasida hozirgi 
vaqtda g‘arbda keng tarqalgan sotsiobiologiya ilmiy yo‘nalishidir. 
uning tarafdorlari insonga xos xatti-harakat va holatlarning aksariyat 
qismini hayvonot olamida borligiga e’tiborni qaratadi. ular kishilarga 
xos umumiyliklarni, jumladan, asalarilar oilasida, chumolilar guruhida, 
bo‘rilar to‘dasida ham mavjud deb hisoblaydilar. lekin ularga qarshi 
chiqayotgan sotsiologlar, antropologlar ixtiyorida ham ancha asosli 
dalillar bor. 
z. Freyd va uning tarafdorlari biologik 
determinizm pozitsiyasida turib insonni 
tushuntirishning ruhiy tahlil nazariyasida 
inson mavjudligini uch omildan — «u», «men» va «supeR 
men»dan iborat, deb biladi. agar «u» instinktlikni, ongsizlikni 
ifodalasa, undan ajralgan «men» tashqi muhitga moslashish 
jarayonida ongni bildiradi. «supeR men» esa insoniyat kelib 
chiqishi davrida maydonga kelib, «men» faoliyatini yo‘naltiradigan, 
cheklaydigan, instinktiv intilishni bosib turadigan bosqich hisoblanadi. 
bu nazariyaga ko‘ra kishilar anglab bo‘lmaydigan va tajovuzkor 
intilishlarni o‘z ichiga olgan ruhiy hayot sohasidagi doimiy, to‘xtovsiz 
kurash holatida bo‘ladilar.
insonning biologik maqomini umumiy darajada bo‘lsa-da aniqlab 
olish natijasida ko‘rinadiki, 
Mohir odam
turi kelib chiqqanidan beri 
o‘zining holatini asosan o‘zgartirmagan. shu bilan birga, insonning 
sotsiogenez bilan bog‘liq tadriji to‘xtamaydi deyishga ham yetarli 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə