Shaxs va jamiyat



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/215
tarix01.04.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#103926
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   215
Shaxs va jamiyat (Shodmonqul Azizov)

Porshnev va Kliks 
nazariyalari
Sotsiogenez 
bosqichlari
i bob. Antroposotsiogenez
www.ziyouz.com kutubxonasi


38
bular va boshqa ko‘pgina jarayonlar natijasi o‘laroq turli ijtimoiy 
me’yorlar qaror topishiga sharoit tug‘ildi, til va tafakkur rivojlana 
boshladi. sotsiumning shakllanishi bilan inson areali, ya’ni, odamning 
yer yuzining turli qismlariga tarqalishi yuz berdi. boshqa o‘rinlarda 
bo‘lganidek, bu borada ham javoblarni afsonaviy-diniy va ilmiy 
ko‘rinishlarda olish lozim bo‘ladi.
ilmiy nuqtayi nazarlarning biriga ko‘ra, 
inson yer sharining faqat bir qismida
(Ch. darvin, v.p.alekseyev va bosh-
qalarning qarashlari) – 
Afrikada,
l.valua – 
Mesopotamiyada
kelib 
chiqib, keyinroq dunyoning boshqa qismlarini o‘ziga areal tutgan.
bu nazariya insonning avstraliya qit’asiga qanday kelib qolganligini 
va irqlar masalasini tushuntirib berolmaydi.
1938-yili v.vaydenrayx insonning to‘rt joyda – 
Afrikada, 
Osiyoning janubi sharqida, Osiyoning sharqida
va 
Yevropada
kelib chiqqanligi to‘g‘risida o‘zining qarashlarini bayon qilgan edi. 
i.g.podoplichko inson uch joyda – 
Afrikaning markazi va shimoli, 
Yevropaning markazi va janubi,
Osiyoning markazi va janubida, 
m.F.nestrux – ikki joyda – 
Afrikaning shimoli,
Osiyoning janubi 
sharqida kelib chiqqanligi to‘grisidagi nazariyani ilgari suradi. 
insonning ilk vatani to‘g‘risidagi masala garchi bir qator 
jihatlari bilan hal etilgan bo‘lsa-da, hali-hamon fanda aniq xulosalar 
chiqarilmagan.
inson qadimgi ilk ajdodining yer yuzining faqat bir qismida 
yoki bir necha joyida kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalarga 
qo‘shimcha ravishda uning o‘ziga oykumen – yashash joyi tanlashi, 
boshqacha aytganda, sayyoraning quruqlik qismida joylashganligi va 
tarqalganligi masalalarini ham aniqlash lozim bo‘ladi.
kishilar sonining ko‘payishi bilan manzilgohlar yaqinidagi 
ovlanadigan mavjudotlarning kamayishi obyektiv ravishda yangi 
hududlarni o‘zlashtirishga olib keldi. Ovchilar asta-sekin shimoliy 
yevropa va Osiyoning sahro yerlariga, muzliklardan bo‘shagan 
quruqlikka borib joylasha boshlaganlar. so‘nggi paleolit davrida 
sibir va markaziy germaniya o‘zlashtirildi. Osiyo qit’asidan bering 
bo‘g‘ozi orqali bundan 
20 ming
yil avval odamlar shimoliy amerikaga 
o‘tganlar. keyinroq avstraliyaga ham kelib joylashgan.
insoniyat taraqqiyoti boshqa qator sohalarda bo‘lganidek, 
quruqlikni tobora egallab, o‘zlashtirib borishda ham ko‘rinadi.

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə